Bo‘stonliq tumanida avtomobil ehtiyot qismi ichidan taxminiy narxi 4,8 mlrd so‘m bo‘lgan 6 kg sintetik giyohvandlik vositasi topildi. Moddalar Telegram bot yordamida Qirg‘izistondan yetkazib berilgani aniqlandi.
Qizlarga texnologiya sohasida o‘z yo‘lini topishga yordam berish Women in Tech Tashkent jamiyatining asosiy maqsadidir.
Sirdaryoda Captiva haydovchisi mashinasini qasddan bir guruh odamlar orasida keskin boshqarib, ularni bosib ketishga harakat qildi. IIB unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
FNQIZ uchun to‘liq summani to‘lamagan Saneg, Toshkentga keltirilgan yangi metro poyezdlari, futzal bo‘yicha JCh muxlislari uchun transport chegirmalari, O‘zbekistonga vizasiz rejim joriy qilgan Tailand va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Toshkent shahri Sergeli tumanida King Long avtobusi teplovoz bilan to‘qnashdi. Hodisada jarohatlanganlar yo‘q. YTHga temiryo‘l kesishmasining nazoratchi xodimi voqea joyida bo‘lmagani sabab qilib ko‘rsatildi.
Namangandagi jazoni ijro etish muassasasida giyohvand moddalar savdosi sabab qamalgan 24 yoshli mahkum o‘zini osib, vafot etdi. Marhumning onasi o‘g‘lining tanasida qiynoq izlari borligini aytdi, Bosh prokuratura esa ma’lumotni rad etmoqda.
Toshkentdagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘i 1-iyun kuni plyajiga 10 mingta o‘yinchoq o‘rdak tushirmoqchi. Ekologiya vazirligi bu kabi holatlar javobgarlikka sabab bo‘lishini bildirib, yangilikni “keskin qoraladi”.
Jizzax viloyati Zarbdor tumanida “KamAZ” haydovchisi do‘kon yonida turgan Spark mashinasining orqasiga kelib urgan. Oqibatda mashinaga ham, do‘konga ham jiddiy zarar yetgan. Holat viloyat IIB tomonidan o‘rganilmoqda.
Poytaxtdagi turli sayyohlik firmalari xodimlari fuqarolarni soxta hujjatlar orqali Haj safariga yuborish evaziga ulardan pul olgan vaqtda ushlandi. Qo‘qon shahrida kuzatilgan ikkita holatda ham bunday xizmat uchun fuqarolardan 6000 dollardan so‘ralgani aniqlandi.
Uzum Market milliy marketpleysi mijozlarga buyurtmalarni UzPost bo‘limlaridan olish imkoniyatini taqdim qildi. Bugungi kunda xizmat Toshkent va Samarqand shaharlarida mavjud.
Mirzo Ulug‘bek tumanida Monza va Nexia-1 avtomobillari to‘qnashdi. Oqibatda Nexia haydovchisi jarohat oldi.
Xorazm viloyatida qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari narxi oshirildi. Endilikda Urganch shahri va Urganch tumani aholisi xizmat uchun bir oyda 5880 so‘m, Xiva shahri va viloyatning boshqa tumanlari aholisi esa 4592 so‘m to‘laydi.
Toshkent metrosiga to‘rt vagonli 3 ta metro poyezdi olib kelindi. Ular 7−10 kun sinovdan o‘tkazilgach, “Yer usti halqa yo‘li” yo‘nalishida harakatga chiqariladi. Bungacha shunday poyezdlardan 5 tasi keltirilgandi.
Jamoatchilikning AES qurilishi yuzasidan savollari, Moskvaga qaytib ketgan Putin, soliq tushumlari keskin kamaygan “O‘ztransgaz”, davlat tashkilotlari sotib olgan 6,6 mlrd so‘mlik telefonlar va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Jizzax viloyati G‘allorol tumanida Nexia-2 mashinasiga o‘rnatilgan gaz balloni portladi, oqibatda uning ichidagi 4 kishi voqea joyida halok bo‘ldi.
Dunyoga mashhur katta kompaniya, Xalqaro olimpiya qo‘mitasining hamkori bo‘lgan Procter & Gamble O‘zbekiston Olimpiya qo‘mitasi bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi.
O‘zbekistonda iyun oyining birinchi besh kunligi yog‘ingarchiliksiz o‘tishi kutilmoqda. Oy davomida harorat kunduzi +28…+40, kechalari +14…+20 daraja atrofida bo‘ladi. Sinoptiklarga ko‘ra, oyning ikkinchi o‘n kunligida qisqa muddatli yomg‘irlar yog‘ishi ehtimoli katta.
O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma arxeologik ekspeditsiya a’zolari Uzun tumanida 4 ming yillik tarixga ega qabrlar va 2 ming yillik shahar qoldiqlarini topdi. Dastlabki xulosalarga ko‘ra, topilmalar miloddan avvalgi II — milodiy III asrlarga tegishli ekani aytilmoqda.
Jizzaxda quriladigan “hayotiy ahamiyatga ega” kichik AES, O‘zbekistonda ochiladigan ikkita Rossiya oliygohi filiali, mehnat migratsiyasini tartibga keltirish kerakligini aytgan prezident, ta’lim krediti ajratishning yangicha tizimi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Samarqandda o‘tgan asr 80 yillarida qurilgan markaziy suv quvuri teshilishi oqibatida ko‘chalarni suv bosdi. Nosozlik tufayli 20 ta ko‘cha va ularga tutash mahallalar ichimlik suvisiz qoldi. Video.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting