Jamiyat

IQMK banklarga ipoteka kreditlari uchun resurslar ajratish to‘xtatilganini rad etdi
22 may 2024, 18:04

IQMK banklarga ipoteka kreditlari uchun resurslar ajratish to‘xtatilganini rad etdi

Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi banklarga ikkilamchi uy-joy sotib olish bo‘yicha kreditlar berish uchun imtiyozli resurslar ajratish to‘xtatilmaganini ma’lum qildi.

Namanganda obodonlashtirish xodimlarini aldab, ularning nomiga kredit olgan shaxs ushlandi
22 may 2024, 17:11

Namanganda obodonlashtirish xodimlarini aldab, ularning nomiga kredit olgan shaxs ushlandi

Namangan viloyatida o‘zini hokimlik ishchisi sifatida tanishtirib, obodonlashtirish boshqarmasining 4 nafar ayol xodimasini aldab, ularning nomiga kredit rasmiylashtirgan shaxs qo‘lga olindi. U 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

“Asakabank” “Yil brendi 2023” mukofoti bilan taqdirlandi
22 may 2024, 17:00

“Asakabank” “Yil brendi 2023” mukofoti bilan taqdirlandi

18 va 19-may kunlari “Yil brendi 2023” mukofoti bilan taqdirlash marosimida “Asakabank” AJ “Moliya.Banklar” yo‘nalishi bo‘yicha mukofotni qo‘lga kiritdi.

23−26-may kunlari tog‘li va tog‘oldi hududlarda sel toshqini xavfi mavjud
22 may 2024, 16:57

23−26-may kunlari tog‘li va tog‘oldi hududlarda sel toshqini xavfi mavjud

23−26-may kunlari O‘zbekistonning tog‘li va tog‘oldi hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ib, sel va toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin.

31-may, 1−2-iyun kunlari Toshkentdan Samarqandga qo‘shimcha “Afrosiyob” poyezdlari qatnaydi
22 may 2024, 16:53

31-may, 1−2-iyun kunlari Toshkentdan Samarqandga qo‘shimcha “Afrosiyob” poyezdlari qatnaydi

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan 31-may, 1−2-iyun kunlari Samarqand — Toshkent — Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha “Afrosiyob” elektropoyezdi harakati yo‘lga qo‘yiladi.

Turkolog va tarjimon Ramiz Asqar vafot etdi
22 may 2024, 16:50

Turkolog va tarjimon Ramiz Asqar vafot etdi

Yozuvchilar uyushmasi faxriy a’zosi, turkolog va tarjimon Ramiz Asqar 70 yoshda vafot etdi. U Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asari va “Xamsa”sini ozarbayjon tiliga tarjima qilib, Bokuda chop ettirgan. “Do‘stlik” ordeni sohibining ozarbayjonchaga o‘girgan “Boburnoma” asari Islom Karimovga sovg‘a qilingan.

Samarqandda 70 yoshli mast haydovchi 2-sinf o‘quvchisini urib yubordi
22 may 2024, 16:06

Samarqandda 70 yoshli mast haydovchi 2-sinf o‘quvchisini urib yubordi

Narpay tumanida mast holda mashina boshqargan 70 yoshli erkak 2-sinf o‘quvchisini urib yubordi. Oqibatda uning qo‘li sindi. Erkak avval ham spirtli ichimlik ichib mashina boshqargani uchun haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilgandi. “Endi ichmayman, mashina ham haydamayman”, — dedi u.

Toshkent viloyatida mahkumni boshqa koloniyaga ko‘chirishni va’da qilganlar ushlandi
22 may 2024, 15:41

Toshkent viloyatida mahkumni boshqa koloniyaga ko‘chirishni va’da qilganlar ushlandi

Ichki ishlar vazirligi xodimlari 1000 dollar olayotgan ikki shaxsni qo‘lga oldi. Ular mahkumni tanishi orqali Bo‘ka tumanidagi 43-sonli manzil koloniyadan Ohangaron yoki Olmaliqdagi koloniyaga ko‘chirishni va’da qilgan.

Farruh Mirazizov tibbiyotda innovatsiyalarning muhim roli haqida gapirdi
22 may 2024, 15:00

Farruh Mirazizov tibbiyotda innovatsiyalarning muhim roli haqida gapirdi

Farmatsevtika sohasining yetakchi mutaxassislaridan biri Farruh Mirazizov ma’lumotlarni tahlil qilish, yangi dori vositalarini izlash va tadqiqot jarayonlarini optimallashtirish loyihasini joriy etdi.

“Toza havo sari” shiori ostida IT ECO FEST bo‘lib o‘tdi
22 may 2024, 13:00

“Toza havo sari” shiori ostida IT ECO FEST bo‘lib o‘tdi

4−5-may kuni Toshkentda an’anaviy bahorgi IT ECO FEST 2024 eko-festivali bo‘lib o‘tdi. Festival “Toza havo qani?” va “Toza havo sari” shiorlari ostida tashkil etildi.

O‘zbekistonda mahallalar faoliyatini rag‘batlantirish jamg‘armasi tashkil etilmoqda
22 may 2024, 12:41

O‘zbekistonda mahallalar faoliyatini rag‘batlantirish jamg‘armasi tashkil etilmoqda

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi huzurida Mahallalar faoliyatini rag‘batlantirish jamg‘armasi tashkil etilmoqda. Uyushmaga mahallalar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha aholining murojaatlari uchun call-markaz ochish topshirildi.

DXX fuqarolarni Hajga noqonuniy yuborishga uringanlarni qo‘lga oldi
22 may 2024, 12:31

DXX fuqarolarni Hajga noqonuniy yuborishga uringanlarni qo‘lga oldi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Toshkent shahri va Farg‘ona viloyatida fuqarolarni Haj safariga noqonuniy yuborishga uringanlarni qo‘lga oldi.

Toshkentda transport vaznini 2 tonna ko‘p yozib, 791 mln so‘mlik imtiyozni o‘zlashtirmoqchi bo‘lganlar aniqlandi
22 may 2024, 12:07

Toshkentda transport vaznini 2 tonna ko‘p yozib, 791 mln so‘mlik imtiyozni o‘zlashtirmoqchi bo‘lganlar aniqlandi

Bojxona xodimlari yoqilg‘i tashish mashinasini hujjatlarda vazni 18 tonnadan 20,6 tonnaga o‘zgartirib yozib, 791 million so‘mlik bojxona imtiyozlarini o‘zlashtirishga uringan shaxslarni aniqladi. 2025-yil 1-yanvargacha 20 tonnadan oshadigan maxsus va yuk transport vositalari bojxona to‘lovlaridan ozod etiladi.

Toshkentda tunda daraxt qo‘porib olgan shaxslar 5 sutkaga qamaldi
22 may 2024, 10:47

Toshkentda tunda daraxt qo‘porib olgan shaxslar 5 sutkaga qamaldi

Yunusobod tumanida tunda ekskavator yordamida bir tup daraxtni qo‘porib olgan ikki shaxsga sud hukmi o‘qildi. Ularga 5 sutka qamoq va jarima jazosi tayinlandi, 27,8 mln so‘m zarar undirib olindi.

“Vazirlikning 2 mlrd so‘m tikkani hammaning ko‘ziga ko‘rinyapti”. Ozodbek Nazarbekov — “Ovoz” loyihasi haqida
22 may 2024, 10:19

“Vazirlikning 2 mlrd so‘m tikkani hammaning ko‘ziga ko‘rinyapti”. Ozodbek Nazarbekov — “Ovoz” loyihasi haqida

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov budjet taqchilligi sharoitida “Ovoz” teleloyihasi uchun salkam 2 mlrd so‘m, “Bobolarim” kino-klipiga esa 2,7 mlrd so‘m ajratilganiga munosabat bildirdi. Uning aytishicha, boshqa sohalarni bo‘lgani kabi san’at va madaniyatni ham qo‘llab-quvvatlash kerak.

O‘zbekistonda 2023-yilda muzeylarga 5,7 mln kishi tashrif buyurgan
22 may 2024, 10:18

O‘zbekistonda 2023-yilda muzeylarga 5,7 mln kishi tashrif buyurgan

2023-yilda O‘zbekistondagi 140 ta muzeyga 5,7 mln kishi tashrif buyurgan. Registon ansambli va Samarqand davlat muzey qo‘riqxonasining har biriga milliondan ortiq odam kelgan.

Toshkent xalqaro aeroportida avtomobillarni ijaraga olish nuqtasi ochildi
22 may 2024, 09:22

Toshkent xalqaro aeroportida avtomobillarni ijaraga olish nuqtasi ochildi

Toshkent xalqaro aeroportida 20-maydan Europcar brendi ostidagi avtomobillarni ijaraga olish imkoniyati yaratildi. U yerda ishlab chiqarilgan yili 4 yildan, yurgan masofasi 80 ming kilometrdan oshmaydigan avtomobillar ijaraga beriladi.

Chery 2024 Fortune China ESG Impact List`ga kiritildi
22 may 2024, 09:00

Chery 2024 Fortune China ESG Impact List`ga kiritildi

13-mayda e’lon qilingan 2024 Fortune China ESG Impact List ro‘yxatida Chery kompaniyasining ESG sohasida erishgan yutuqlari e’tirof etildi.

World2Fly aviakompaniyasi O‘zbekistonga yo‘lovchi reyslarini yo‘lga qo‘yadi
22 may 2024, 00:10

World2Fly aviakompaniyasi O‘zbekistonga yo‘lovchi reyslarini yo‘lga qo‘yadi

Ispaniyaning World2Fly aviakompaniyasi Urganch va Toshkent shaharlaridan Madridga charter reyslarni yo‘lga qo‘yadi. Ilk parvoz 23-mayda amalga oshiriladi.

Farg‘onada gaz “zapravka” 1,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
21 may 2024, 23:47

Farg‘onada gaz “zapravka” 1,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Farg‘ona tumanida joylashgan AGTKSH tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish oqibatida davlatga 1 mlrd 136 mln so‘mlik zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi. Qoidabuzar iste’molchiga chora ko‘rish uchun hujjatlar tegishli organlarga taqdim qilindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting