Jamiyat

Farg‘onada qo‘rqitib qo‘yish uchun yosh bolani mashina yukxonasiga qamab qo‘ygan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
17 may 2024, 21:26

Farg‘onada qo‘rqitib qo‘yish uchun yosh bolani mashina yukxonasiga qamab qo‘ygan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida uyi derazasini tosh otib sindirgan qo‘shni bolani qo‘rqitib qo‘yish uchun mashinasi yukxonasiga solib harakatlangan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tabiiy chang — Toshkent havosi ifloslanishining asosiy sababi — Ekologiya vazirligi
17 may 2024, 20:46

Tabiiy chang — Toshkent havosi ifloslanishining asosiy sababi — Ekologiya vazirligi

Ekologiya vazirligi Toshkent atmosferasida PM2,5 zarrachalari ko‘payishining sabablarini sanadi. JB hamkorligidagi o‘rganishlarda havo ifloslanishi asosan tabiiy chang (36 foiz) tufayli yuzaga kelayotgani aniqlangan. Bundan tashqari, issiqlik ta’minoti, transportlar va sanoat korxonalari ham o‘z ulushiga ega.

Qozog‘istonda Rossiya qonunchiligini buzgan O‘zbekiston fuqarolarini hibsga olish boshlandi
17 may 2024, 19:52

Qozog‘istonda Rossiya qonunchiligini buzgan O‘zbekiston fuqarolarini hibsga olish boshlandi

Qozog‘iston hukumati Rossiya qonunchiligini buzgan yoki jarima to‘lamagan O‘zbekiston fuqarolarini hibsga olishni boshladi. Avvalroq TIV Qozog‘iston va Rossiya ma’muriy va jinoiy ishlar bo‘yicha qarorlarni o‘zaro tan olish va ijro etishga kelishib olgani haqida ogohlantirgan edi.

“Qancha emas, qanday yashash muhim”. To‘quvchi Feruza Shodjonova hikoyasi
17 may 2024, 19:04

“Qancha emas, qanday yashash muhim”. To‘quvchi Feruza Shodjonova hikoyasi

U opasi kabi orqa mushak atrofiyasi tashxisi bilan tug‘ilgan. Shu kasallik sabab 12 yoshida opasidan ayrilgan — shifokorlar uning ham ko‘p yashamasligini aytgan. Ammo u hayotga tashnaligi sabab, to‘qish bahona, o‘z o‘rnini topishga muvaffaq bo‘ldi. Bu hikoya — “Iroda” loyihasining ilk qahramoni Feruza Shodjonova haqida.

“Iste’molchilarning ichimlik suvidan 1 trln so‘m qarzi mavjud” — “O‘zsuvta’minot”
17 may 2024, 18:15

“Iste’molchilarning ichimlik suvidan 1 trln so‘m qarzi mavjud” — “O‘zsuvta’minot”

O‘zbekistonda iste’molchilarning ichimlik suvidan qarzdorligi 1 trln so‘mni tashkil etmoqda. Shundan 740,5 mlrd so‘mi jismoniy, qolgani esa yuridik iste’molchilar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. “O‘zsuvta’minot” vakiliga ko‘ra, eng ko‘p qarzdor hududlar Toshkent shahri, Andijon va Toshkent viloyatlari hisoblanadi.

O‘zbekiston fuqarolari 2023-yilda avvalgi yilga nisbatan 16,7 foiz ko‘proq Shengen vizalarini oldi
17 may 2024, 17:48

O‘zbekiston fuqarolari 2023-yilda avvalgi yilga nisbatan 16,7 foiz ko‘proq Shengen vizalarini oldi

Yevrokomissiya ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda O‘zbekiston fuqarolari Shengen vizasini olish uchun 46,5 mingta ariza topshirdi (+17,7 foiz), shundan 38,33 ming nafar murojaatchi ijobiy javob oldi, bu 2022-yilgi ko‘rsatkichdan 16,7 foizga ko‘proq. Shuningdek, rad etilgan arizalar ulushi biroz oshgan.

“Bu — ham bolalikdan qiziqish, ham ota kasb”. 22 yoshli traktorchi qiz bilan suhbat
17 may 2024, 17:39 1

“Bu — ham bolalikdan qiziqish, ham ota kasb”. 22 yoshli traktorchi qiz bilan suhbat

Soyibobodlik 22 yashar Ziyoda Jo‘raboyevani Guliston tumanida ko‘pchilik taniydi. U besh yildan beri traktor haydaydi. “Odam hayotga bir marta keladi, shu bois o‘z qiziqishi bilan yashashi kerak”, — deydi u. “Gazeta.uz” muxbiri Sirdaryoga borib, traktorchi qiz bilan suhbatlashdi.

Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan ikki yoshli qizcha O‘zbekistonga qaytarildi
17 may 2024, 17:25

Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan ikki yoshli qizcha O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan o‘zbekistonlik ikki yoshli qiz vataniga qaytarildi. U yordam so‘rab bolalar ombudsmaniga murojaat qilgan buvisining qaramog‘iga topshirildi.

Uzbekistan Airways Haj mavsumi uchun 124 ta charter yo‘lovchi parvozini amalga oshiradi
17 may 2024, 17:01

Uzbekistan Airways Haj mavsumi uchun 124 ta charter yo‘lovchi parvozini amalga oshiradi

Uzbekistan Airways “Haj-2024” dasturi doirasida 124 ta charter yo‘lovchi parvozini amalga oshiradi. 15 ming 130 nafar ziyoratchi Boeing 767 samolyotlarida tashilishi, ularga aeroportda ro‘yxatdan o‘tish vaqtida issiq nonushta, parvoz davomida esa maxsus taomlar tarqatilishi rejalashtirilgan.

Iyundan ayrim poyezdlarning qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
17 may 2024, 13:18

Iyundan ayrim poyezdlarning qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

3-iyundan Andijon-Termiz va Toshkent-Andijon, 6-iyundan esa Andijon-Qo‘ng‘irot yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar qatnay boshlaydi.

Toshkent viloyatida 5 tup chinor kesganlar qamaldi
17 may 2024, 12:47

Toshkent viloyatida 5 tup chinor kesganlar qamaldi

O‘rta Chirchiq tumanida 5 nafar shaxs 5 tup chinor daraxtini kesib, bozorda sotmoqchi bo‘lgani aniqlandi. Sud ularning ikki nafariga 2 yil, uch nafariga esa 1 yildan ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Dam olish kunlari harorat pasayib, yomg‘ir yog‘adi
17 may 2024, 12:26

Dam olish kunlari harorat pasayib, yomg‘ir yog‘adi

O‘zbekistonda dam olish kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Harorat +17…+22 darajagacha pasayadi. Joylarda shamol tezligi kuchayishi mumkin.

DXX Toshkentda jangovar qurollar saqlagan shaxslarni qo‘lga oldi
17 may 2024, 11:41

DXX Toshkentda jangovar qurollar saqlagan shaxslarni qo‘lga oldi

Toshkent shahrida Rossiyadan olib kelingan 3 dona Makarov, 1 dona TT pistoleti va patronlarini saqlab kelgan shaxslar ushlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi ochildi.

Jizzaxda uchta yuk mashinasi to‘qnashdi
17 may 2024, 11:23

Jizzaxda uchta yuk mashinasi to‘qnashdi

Sharof Rashidov tumanida 2 ta Howo va Sany yuk mashinalari o‘rtasida YTH sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘q.

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jomart Toqayevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi
17 may 2024, 10:42

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jomart Toqayevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev telefon orqali Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayevni tavallud kuni bilan tabrikladi. O‘zbekiston prezidenti unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, qardosh qozoq xalqiga tinchlik va ravnaq tiladi.

“11 metrdan tepolmaganning o‘rnida o‘zim bo‘lsam dedim”. Prezident U-23 finalini esladi
17 may 2024, 09:08

“11 metrdan tepolmaganning o‘rnida o‘zim bo‘lsam dedim”. Prezident U-23 finalini esladi

Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha Yaponiyaga qarshi U-23 finalini eslab, jamoa penaltidan unumli foydalana olmay, mag‘lub bo‘lgach, 3 kun uxlamay chiqqanini aytdi. “Uning o‘rnida o‘zim bo‘lsam dedim. Bittagina to‘p-a!” degan prezident jamoaning Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olganini katta yutuq deb atadi.

O‘zbekistonda ELLE xalqaro nashri ish boshlaydi
17 may 2024, 08:05

O‘zbekistonda ELLE xalqaro nashri ish boshlaydi

O‘zbekiston bozoriga ELLE media brendi kirib keladi. ELLE Oʻzbekiston xodimlarni ishga qabul qilishni boshladi.

Andijonda 80 sotix yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
17 may 2024, 00:39

Andijonda 80 sotix yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida 80 sotix noturar yerni 160 ming dollarga, Samarqand viloyati Payariq tumanida 2,1 gektar yerni 36 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqarolar qo‘lga olindi. Ularga nisbatan ikkita modda bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Toshkentda o‘gay onasining qiynoqlari sabab uyidan chiqib ketgan bolaga yordam ko‘rsatildi
17 may 2024, 00:21

Toshkentda o‘gay onasining qiynoqlari sabab uyidan chiqib ketgan bolaga yordam ko‘rsatildi

Toshkentda o‘gay onasining qiynoq va zulmlari sabab uyidan chiqib ketgan voyaga yetmagan bola ijtimoiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirildi. Bola qarovsiz qolishi natijasida uning ta’lim olishi va tarbiyasi izdan chiqib ketgan, deb yozdi IHMA.

O‘zbekistonda “Tirik tarix” turkum filmlari yaratiladi
17 may 2024, 00:01

O‘zbekistonda “Tirik tarix” turkum filmlari yaratiladi

O‘zbekistonda eng qadimgi o‘tmishdan to yaqin tarixgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan “Tirik tarix” turkum filmlari yaratiladi. “Agar tariximizni dunyoga tarannum etmoqchi bo‘lsak, xalqimizning milliy g‘ururini ko‘tarmoqchi bo‘lsak, buni birinchi navbatda kino yordamida amalga oshirishimiz kerak”, — dedi prezident.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting