Jamiyat

15-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
15 may 2024, 23:14

15-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Yoshlarni terrorizm ta’siridan himoya qilish choralari, O‘zbekistonda ochiladigan beshinchi Coca Cola zavodi, XVJning daromadlar deklaratsiyasi bo‘yicha tavsiyasi, aholi yashash hududiga kirib qolgan ayiq va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun davlat xizmatlaridan foydalanish qanchalik imkonli?
15 may 2024, 18:46

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun davlat xizmatlaridan foydalanish qanchalik imkonli?

Monitoring DXMlarning nogironligi bo‘lgan shaxslarga xizmat ko‘rsatishga shaylik darajasi turlicha ekanini ko‘rsatdi. Nima uchun bir shaharda davlat xizmatlari turlicha taqdim etiladi? “Gazeta.uz” kolumnisti Dilmurod Yusupov yagona standartlarni joriy etish orqali muammoni hal qilish mumkin, deb hisoblaydi.

Samarqandda xandaq qazilgani ortidan qo‘shni uy qulab tushdi (video)
15 may 2024, 18:04

Samarqandda xandaq qazilgani ortidan qo‘shni uy qulab tushdi (video)

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi noturar joyda xandaq qazilishi oqibatida qo‘shni uy qulab tushdi. Keltirilgan zarar yoki jabrlanish holatlari haqida ma’lumot berilmadi.

Surxondaryoda turar joy va maktab hududiga kirgan ayiq otib o‘ldirildi
15 may 2024, 15:55

Surxondaryoda turar joy va maktab hududiga kirgan ayiq otib o‘ldirildi

Sariosiyo tumanidagi mahallaga kelib qolgan ayiq otib o‘ldirildi. Ekologiya vazirligi hayvon IIB xodimiga jarohat yetkazgani, maktabga kirib, o‘quvchilar hayotiga xavf solgani uchun “tezkor chora ko‘rish talab qilinganini” bildirdi.

Farg‘onada diniy ekstremistik oqim a’zosi 12 yilga qamaldi
15 may 2024, 14:16

Farg‘onada diniy ekstremistik oqim a’zosi 12 yilga qamaldi

Oltiariq tumanida “Hizb at-tahrir al-islomiy” diniy ekstremistik oqimi a’zosi qo‘lga olindi. U Rossiyadan qaytib, Telegram`dagi turli guruhlarda aqidaparastlik g‘oyalarini tarqatib kelgan. Bag‘dod tumani sudi uni 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum etdi.

To‘qqizta hududda sel kelishi kutilmoqda
15 may 2024, 12:43

To‘qqizta hududda sel kelishi kutilmoqda

O‘zbekistonning 9 ta viloyatidagi tog‘li joylarda 16−22-may kunlari sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Yomg‘ir suvlari to‘planishi oqibatida hududlarni suv bosishi ehtimoli bor.

Farg‘onadagi “zapravka”da 3,6 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
15 may 2024, 11:28

Farg‘onadagi “zapravka”da 3,6 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

Rishton tumanidagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchasi kompressor agregatlariga noqonuniy ulanib, 2,7 mln kVt soat elektr energiyasini ishlatgani ma’lum bo‘ldi. Bu 3,6 mlrd so‘mga teng. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Farg‘onada 200 dollarga qalbaki haydovchilik guvohnomasini yasab bergan shaxslar ushlandi
15 may 2024, 10:45

Farg‘onada 200 dollarga qalbaki haydovchilik guvohnomasini yasab bergan shaxslar ushlandi

Oltiariq tumanida 200 AQSh dollari evaziga qalbaki haydovchilik guvohnomasi yasab bergan shaxslar qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

YIDXP nogironligi borlar uchun portaldan foydalanish imkonini yaxshilash maqsadida so‘rovnoma o‘tkazmoqda
15 may 2024, 10:44

YIDXP nogironligi borlar uchun portaldan foydalanish imkonini yaxshilash maqsadida so‘rovnoma o‘tkazmoqda

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ishlab chiquvchilari nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazmoqda.

Xorazmda 17 yoshli yigit 5-qavatdan tushib ketdi
15 may 2024, 10:06

Xorazmda 17 yoshli yigit 5-qavatdan tushib ketdi

Urganch shahrida 17 yoshli yigit 5-qavatdan avtomashina ustiga quladi. Jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizildi. Hodisa sabablari aniqlanmoqda.

Qashqadaryoda otasining tazyiqlariga uchragan qizlarga xolasi vasiy bo‘ldi
15 may 2024, 00:13

Qashqadaryoda otasining tazyiqlariga uchragan qizlarga xolasi vasiy bo‘ldi

Qashqadaryoda otasining zo‘ravonligiga uchragan 16 va 14 yoshli qizlarning vaziyati bolalar ombudsmani nazoratiga olingandi. Surayyo Rahmonovaning ma’lum qilishicha, Qarshi shahri hokimi qarori bilan ularga xolasi vasiy etib tayinlangan.

Farg‘onada maktab o‘quvchisiga tarsaki tushirgan Milliy gvardiya xodimi ishdan olindi
14 may 2024, 23:34

Farg‘onada maktab o‘quvchisiga tarsaki tushirgan Milliy gvardiya xodimi ishdan olindi

Farg‘onadagi maktabda o‘quvchini urgan Milliy gvardiya xodimi lavozimidan ozod etildi. U maktabda inspektor-psixolog lavozimida ishlagan, hozirda uni boshqa lavozimga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

14-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
14 may 2024, 22:43

14-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Osiyo xotin-qizlari forumining ilk kuni, AJ shakliga o‘tkazilgan Humo, “So‘nggi qo‘ng‘iroq"ni o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar, ayrim mahsulotlar eksporti uchun minimal narxlar va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

2024-yilgi “Oltin qalam” mukofotining g‘olib va sovrindorlari aniqlandi
14 may 2024, 22:32

2024-yilgi “Oltin qalam” mukofotining g‘olib va sovrindorlari aniqlandi

Jurnalistika sohasidagi “Oltin qalam” XVIII milliy mukofoti uchun g‘olib va sovrindorlar taqdirlandi. Bosh milliy mukofot g‘olibi — “UzReport TV” telekanali jamoasiga Tracker avtomobili topshirildi.

Samarqandda Damas piyodalar o‘tish joyida 11 yoshli qizni urib ketdi
14 may 2024, 17:05

Samarqandda Damas piyodalar o‘tish joyida 11 yoshli qizni urib ketdi

Pastdarg‘om tumanida Damas piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 11 yoshli qizni urib yubordi. Qiz tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi.

Dubayda ikki o‘zbekistonlik yo‘lovchi ayol samolyotda janjallashdi
14 may 2024, 17:00

Dubayda ikki o‘zbekistonlik yo‘lovchi ayol samolyotda janjallashdi

Dubay aeroportida noqulay ob-havo tufayli reys kechikkach, o‘zbekistonlik ayol janjal ko‘tardi. U bortdagi boshqa bir ayol bilan ham janjallashdi. Oqibatda parvoz yana kechikdi, boshqa qatnovlar vaqti ham o‘zgardi va ayollar reysdan qoldirildi. Uzbekistan Airways ko‘rgan 5037 dollar zarar ulardan undirib olindi.

Endi transport kartalari UzPost aloqa bo‘limlaridan sotib olinadi
14 may 2024, 16:40

Endi transport kartalari UzPost aloqa bo‘limlaridan sotib olinadi

15-maydan Toshkent shahrida transport kartalari sotuvchi shoxobchalar faoliyati tugatiladi. Yo‘lovchilar ATTO transport kartalarini UzPost aloqa bo‘limlaridan xarid qilishi mumkin bo‘ladi.

Nukusdagi ko‘zi ojizlar kutubxonasida talon-torojliklar va o‘zlashtirish holatlari aniqlandi
14 may 2024, 15:15

Nukusdagi ko‘zi ojizlar kutubxonasida talon-torojliklar va o‘zlashtirish holatlari aniqlandi

Nukus shahridagi ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasida binoni qayta qurish va jihozlashga ajratilgan pullarning 530,4 mln so‘mi talon-toroj qilingani aniqlandi. Shuningdek, Brayl printerlari va ovoz yozish studiyasiga ajratilgan 140 mln so‘m o‘zlashtirib yuborildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

“Toshkent-3” terminaliga kirish yo‘lagidagi qoidabuzarliklarni aniqlaydigan kameralar 15-maydan ishga tushadi
14 may 2024, 14:36

“Toshkent-3” terminaliga kirish yo‘lagidagi qoidabuzarliklarni aniqlaydigan kameralar 15-maydan ishga tushadi

15-maydan boshlab mahalliy aviaqatnovlar terminalining kirish yo‘lagiga o‘rnatilgan yo‘l kameralari ishga tushadi. Kirish yo‘lagida ruxsat etilgan to‘xtash vaqtidan oshiq turgan haydovchilar avtomatik ravishda jarimaga tortiladi. Jarimalar avtomatik tarzda transport egasiga yuboriladi.

Bir yarim yil ichida magistratura: IT Park University`da noyob dastur amal qilmoqda
14 may 2024, 13:00

Bir yarim yil ichida magistratura: IT Park University`da noyob dastur amal qilmoqda

IT Park University Solution Architecture va Cloud and DevOps kabi yo‘nalishlarda bir yarim yillik magistrlik dasturini taklif etadi. Istovchilar 9-sentabrgacha hujjatlarini topshirishi mumkin.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting