Jamiyat

Samarqand viloyatida kuchsiz zilzila sodir bo‘ldi
6 may 2024, 11:03

Samarqand viloyatida kuchsiz zilzila sodir bo‘ldi

Samarqand viloyatining Urgut tumanida 4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Uning 2−3 balli ta’siri qo‘shni tumanlar, shuningdek, Qashqadaryoda sezildi.

Samarqandda o‘quvchi qizga shilqimlik qilgan o‘qituvchi 3 sutkaga qamaldi
6 may 2024, 10:58

Samarqandda o‘quvchi qizga shilqimlik qilgan o‘qituvchi 3 sutkaga qamaldi

Urgut tumanidagi maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlovchi 27 yoshli yigit o‘quvchi qizga nisbatan shahvoniy xususiyatga ega bo‘lgan harakatlar qilishda ayblanib, 3 sutkaga qamaldi. Sudda yigit hech kimga shilqimlik qilmagani, faqat o‘quvchisiga tanbeh berganini aytib ko‘rsatuv berdi.

Ro‘yxat: Hukumat qarori bilan davlat muhofazasiga olingan mozaikalar
6 may 2024, 09:04

Ro‘yxat: Hukumat qarori bilan davlat muhofazasiga olingan mozaikalar

Vazirlar Mahkamasining mart oyidagi qarori bilan O‘zbekiston hududidagi 157 ta binodagi mozaika va pannolar madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritildi va davlat muhofazasi olindi. “Gazeta.uz” ularning ro‘yxati va manzillarini taqdim etadi.

Namangan viloyatida kuchsiz zilzila sodir bo‘ldi
5 may 2024, 13:30

Namangan viloyatida kuchsiz zilzila sodir bo‘ldi

Namangan viloyati Kosonsoy tumanida zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi 3 ballni tashkil etdi. Yer silkinishi viloyatning Yangiqo‘rg‘on, Chortoq, To‘raqo‘rg‘on va Namangan hududlarida ham sezildi.

Veolia Energy Tashkent daraxt qulashi oqibatida halok bo‘lgan qiz voqeasi ortidan ish jarayonini o‘zgartirmoqchi
5 may 2024, 11:10

Veolia Energy Tashkent daraxt qulashi oqibatida halok bo‘lgan qiz voqeasi ortidan ish jarayonini o‘zgartirmoqchi

Veolia Energy Tashkent ustiga daraxt qulashi oqibatida halok bo‘lgan bir yoshli qizning oilasiga yordam ko‘rsatishini ma’lum qildi. Kompaniya ish jarayonlariga, jumladan, ta’mirlash ishlariga o‘zgartirishlar kiritishni rejalashtirmoqda.

Toshkentdagi bog‘chada bolalarni qo‘rqitib, qo‘pollik qilgan tarbiyachi ishdan olindi
5 may 2024, 09:44

Toshkentdagi bog‘chada bolalarni qo‘rqitib, qo‘pollik qilgan tarbiyachi ishdan olindi

Yunusobod tumanidagi 414-sonli davlat bog‘chasida tarbiyachi bolalarga qo‘pol muomalada bo‘lib, ularni qo‘rqitib, kuch ishlatgani aniqlandi. Poytaxt maktabgacha ta’lim boshqarmasi tarbiyachi ishdan bo‘shatilganini bildirdi.

Chery Buxoro viloyatidagi avtomobil egalarini WCWL loyihasi doirasida birlashtirdi
4 may 2024, 15:00

Chery Buxoro viloyatidagi avtomobil egalarini WCWL loyihasi doirasida birlashtirdi

ADM Global kompaniyalar guruhi 27-aprel kuni Buxoro viloyatida With Chery With Love tadbiri doirasida Chery Tiggo 8 Pro va Chery Tiggo 8 Pro Max avtomobillari egalarini jamladi.

Toshkent viloyatida ekoinspektorlarga hujum qilgan 2 brakoner ushlandi
4 may 2024, 13:57

Toshkent viloyatida ekoinspektorlarga hujum qilgan 2 brakoner ushlandi

Toshkent viloyatidagi Sirdaryo qirg‘og‘ida ekologiya inspektorlariga hujum qilgan ikki brakoner ushlanib, ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Huquqbuzarlar ikki inspektorni suvga yiqitib, rezina qayiqlarni yoqib yuborgandi.

Toshkentda bir yoshli qizning ustiga daraxt qulashiga nima sabab bo‘ldi?
4 may 2024, 11:58

Toshkentda bir yoshli qizning ustiga daraxt qulashiga nima sabab bo‘ldi?

Chilonzor tumanida daraxt qulab, 1 yoshli qiz vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tekshiruvda suv quvurlarini ta’mirlaganlar qazish ishlarini olib borishi oqibatida bir tup daraxt ildizi ochilgani va o‘z vaznini ko‘tara olmay, yiqilgani aniqlandi. Hodisa sababli bitta avtomobilga ham zarar yetgan.

Onix TJMda kapital ta’mirlangan kottejlarni oldindan bron qilish boshlandi
4 may 2024, 11:00

Onix TJMda kapital ta’mirlangan kottejlarni oldindan bron qilish boshlandi

Onix turar joy majmuasidagi kottejlar uchun kapital ta’mirlash va kadastr bilan erta bron qilish imkoniyati mavjud.

Ohangarondagi to‘qayzor yoqib yuborilishi oqibatida tabiatga salkam 460 mln so‘m zarar yetgan
4 may 2024, 09:48

Ohangarondagi to‘qayzor yoqib yuborilishi oqibatida tabiatga salkam 460 mln so‘m zarar yetgan

Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi to‘qayzorda oldin taxmin qilinganidek 1500 ta emas, 775 ta daraxt va buta yoqib yuborilgani aniqlandi. Oqibatda tabiatga 459,6 mln so‘m zarar yetgan. Ekologiya bo‘limi yerni auksiondan olib, davlatga qaytarish bo‘yicha prokuraturaga so‘rovnoma yubordi.

Toshkentdagi maktabda dars paytida qarta o‘ynagan o‘quvchilarning ota-onasi jarimaga tortildi
4 may 2024, 09:39

Toshkentdagi maktabda dars paytida qarta o‘ynagan o‘quvchilarning ota-onasi jarimaga tortildi

Yunusobod tumanidagi 235-maktabning 4 nafar 8-sinf o‘quvchisi dars paytida qarta o‘ynagani uchun ularning ota-onalari javobgarlikka tortildi. Sinf rahbariga esa intizomiy chora ko‘rildi.

Xitoy kompaniyasi O‘zbekistondagi birinchi chiqindilarni yoqish zavodini quradi
4 may 2024, 00:00

Xitoy kompaniyasi O‘zbekistondagi birinchi chiqindilarni yoqish zavodini quradi

O‘zbekistondagi birinchi chiqindilarni yoqish zavodini qurish bo‘yicha China CAMC Engineering kompaniyasi bilan kelishuvga erishildi. Zavodning dastlabki loyihasini ishlab chiqish uchun Xitoydan ekspert guruh yuboriladi. O‘zbekiston chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi olishni maqsad qilgan.

3-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
3 may 2024, 23:10

3-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Matbuot erkinligi reytingida 11 o‘rin pastlagan O‘zbekiston, Qirg‘izistonning Toshkentdagi yangi elchixonasi, to‘qimachilik sohasidagi tadbirkorlarga imtiyozlar, gaz transporti tizimini modernizatsiya qilish zarurati va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Zo‘ravonlik qurbonlariga mahalla, tuman va viloyat miqyosida yordam ko‘rsatiladi
3 may 2024, 22:14

Zo‘ravonlik qurbonlariga mahalla, tuman va viloyat miqyosida yordam ko‘rsatiladi

Mahallalarda zo‘ravonlikka uchragan ayollarga ijtimoiy yordam berilmayapti, deyiladi prezident bilan uchrashuvda. Buni o‘zgartirish rejalashtirilmoqda. “Inson” markazlari tomonidan tuman miqyosida yordam ko‘rsatiladi. Zo‘ravonlikka qarshi kurash ta’lim va mehnat munosabatlari sohalarida ham ko‘rib chiqiladi.

Nega O‘zbekistonda “kvartplata”larning minimal miqdori joriy etilmoqda?
3 may 2024, 20:21

Nega O‘zbekistonda “kvartplata"larning minimal miqdori joriy etilmoqda?

Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Xidoyatov nega ijara haqining eng kam miqdori joriy etilganini tushuntirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar boshqaruv organi minimal tarifdan past miqdorni belgilasa, uyni tegishli holatda saqlab turolmaydi.

Toshkentda ko‘chadagi qizga bezorilik qilib, yuziga urgan shaxs 2,5 yilga qamaldi
3 may 2024, 19:44

Toshkentda ko‘chadagi qizga bezorilik qilib, yuziga urgan shaxs 2,5 yilga qamaldi

Toshkentda “tanishib, keyin turmush qurish” maqsadidagi erkak 17 yoshli qizga teginib, qarshilik ko‘rsatganida, yuziga urdi. Jabrlanuvchi boshqalarga o‘rnak bo‘lishi uchun unga eng qattiq jazoni berishni so‘radi. Sud uni 2,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

O‘zbekistonda jismoniy shaxsning bankrotligi to‘g‘risidagi ish bo‘yicha da’vo ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi
3 may 2024, 19:00

O‘zbekistonda jismoniy shaxsning bankrotligi to‘g‘risidagi ish bo‘yicha da’vo ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi

Zamonaviy Himoya kompaniyasi (Sovremennaya Zashchita MCHJ) advokatlar bilan hamkorlikda jismoniy shaxsning bankrotlik to‘g‘risidagi ishini qo‘llab-quvvatlashga kirishdi.

Toshkentda ustiga daraxt qulagan 1 yoshli qiz halok bo‘ldi
3 may 2024, 17:23

Toshkentda ustiga daraxt qulagan 1 yoshli qiz halok bo‘ldi

Chilonzor tumanida enagasi bolalar aravachasida olib ketayotgan 1 yoshli qizning ustiga daraxt quladi. Oqibatda bola voqea joyida halok bo‘ldi.

O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi
3 may 2024, 15:25

O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi

O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida qo‘shma qo‘mitaning birinchi yig‘ilishi Toshkentda o‘tkazilishi kutilmoqda. Unda O‘zbekiston fuqarolarini Qatarda ish bilan ta’minlash bo‘yicha o‘zaro muzokaralar bo‘lib o‘tadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting