Dam olish kunlari O‘zbekistonda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat +20…+25 daraja atrofida bo‘ladi. Ayrim joylarda shamol kuchayib, chang-to‘zonlar kuzatiladi.
Toshkent shahri “Eski jo‘va” bozorida joylashgan zargarlik do‘konidan 49 million so‘mlik tilla buyumlar o‘g‘irlab ketishda gumonlangan 12 yoshli bola va uning onasi qo‘lga olindi.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri birinchi o‘rinbosari Sherzod Xidoyatov nima uchun “kvartplata”dan qarzdor xonadon egalarini elektrdan uzish reja qilinayotganini tushuntirdi. Yangi tizim eksperiment tariqasida Navoiydan boshlanadi, ammo buning uchun qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish talab etiladi.
Toshkentda “Ziki eski shahar” laqabi bilan tanilgan, dekabr oyida o‘tkazilgan reyd chog‘ida hibsga olingan Lutfilla Umarov 6 yil 2 oyga ozodlikdan mahrum qilindi.
Rossiyaga kirishda O‘zbekiston va Qirg‘izistondan borgan migrantlar chegarada ushlab turilgani, telefonlari olib qo‘yilib, ovqat va suvsiz qoldirilgani haqida xabarlar tarqaldi. O‘zbekiston Migratsiya agentligi Rossiyadagi vakolatxona bilan bog‘lanilganini bildirib, bunday holatlar bo‘layotganini rad etdi.
1-maydan birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratishda ipoteka predmetini sug‘urta xavflaridan sug‘urta qilish talabi bekor qilindi.
“Chegara bilmas muxbirlar” tashkilotining matbuot erkinligi reytingida O‘zbekiston 2023-yilgi o‘rnidan 11 pog‘ona pastlab, 180 ta davlat orasida 148-o‘rinni egalladi. Mamlakatda OAV erkinligi bilan bog‘liq vaziyat “murakkab”dan “juda jiddiy” bosqichga o‘tdi.
Ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturi doirasida hududlarda 100 mingta kvartiradan iborat bo‘lgan ko‘p qavatli uy-joylar quriladi. Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan shaxslarga 120 mln so‘mgacha ipoteka krediti beriladi.
“Chirchiq shag‘al saralash” korxonasi direktori Yuqori Chirchiq tumanidagi g‘alla va chorvachilik uchun ajratilgan 260 gektar yerni 400 ming dollarga sotishga uringanlikda gumonlanmoqda. U 40 ming dollarni bo‘nak sifatida olayotganida qo‘lga tushdi.
Moliya institutlarini Qambarota GES-1 loyihasida ishtirok etishga chaqirgan bosh vazir, investorlarni O‘zbekistonga chorlagan prezident, quruvchi tashkilotlarning uy shartnomalaridagi narxlari, YTTB ko‘magida xususiylashtiriladigan “Asakabank” va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Musulmonlar idorasi ko‘magida “Toshkent Qur’oni” nomi bilan mashhur bo‘lgan Usmon mus’hafini konservatsiya va restavratsiya qilish rejalashtirilmoqda. Loyihada xorijlik mutaxassislar va restavratorlar ishtirok etadi.
Endi kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga my.gov.uz orqali onlayn ariza berish mumkin. Xizmatdan foydalanish bepul.
Yil oxirigacha Yandex O‘zbekistonning ikki shahrida bolalar uchun dasturlash maktablari va informatika o‘qituvchilari uchun bepul dasturlash kurslarini ochishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi.
Uchta tumanga tayinlangan hokimlar, pensiyaning yangi eng kam miqdorlari, Osiyo va Okeaniya kubogi chempioni bo‘lgan o‘zbekistonlik hokkeychilar, birinchi chorakda 5 baravar ko‘p foyda ko‘rgan UzAuto Motors va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
O‘zbekistonda 1-maydan boshlab ish staji to‘liqsiz chog‘dagi yoshga doir pensiya va boquvchisini yo‘qotgan oilaning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz a’zosi uchun pensiya miqdori 4,3 foizga oshiriladi. Bu miqdor minimal iste’mol xarajatlari ko‘rsatkichi (kambag‘allik chegarasi) darajasiga yetkazildi.
Toshkent viloyatidagi Sirdaryo qirg‘og‘ida noqonuniy baliq ovlayotgan erkaklar ikki nafar ekologiya inspektoriga hujum qildi. Ular inspektorlarni suvga itarib, rezina qayiqlarini yoqib yuborgan va qochib ketgan.
3, 4, 5-may kunlari Samarqand−Toshkent−Samarqand yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yilmoqda.
O‘zbekistonda FAO va Yevropa Ittifoqi ko‘magida xavfli kimyoviy moddalarni boshqarishni ta’minlash loyihasi amalga oshirilmoqda. 4 mln yevrolik loyiha xavfli pestitsidlarni suv va tuproq tarkibidan ajratish, kimyoviy chiqindilarni tozalash, zararkunandalarga qarshi kurash va boshqalarni nazarda tutadi.
Ekologiya vazirligi Chirchiq daryosidan qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida tabiatga 83,3 mlrd so‘m zarar yetkazilganini aniqladi. Aybdorlarga chora ko‘rish maqsadida hujjatlar Bosh prokuraturaga yuborildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting