Jamiyat

Toshkentdan Chorvoqqa avtobuslar qatnovi yana boshlandi
30 aprel 2024, 15:48

Toshkentdan Chorvoqqa avtobuslar qatnovi yana boshlandi

Toshkentdan Chorvoqqa kuniga ikki mahal avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Avtobuslar “Mashinasozlar” metro bekatidan ertalab 8:00 va kechki 18:00 da jo‘naydi, Xumsondan 6:00 va 16:00 da qaytadi. Yo‘lkira — 20 ming so‘m.

ANORBANK va XSRIK O‘zbekistonda Islom bankini yaratish bo‘yicha kelishuvga erishdi
30 aprel 2024, 15:00

ANORBANK va XSRIK O‘zbekistonda Islom bankini yaratish bo‘yicha kelishuvga erishdi

ANORBANK Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tayotgan Islom taraqqiyoti bankining yillik anjuman yig‘ilishida ishtirok etmoqda. Tadbirlar doirasida bank hamda XSRIK O‘zbekistonda Islom bankini tashkil etish loyihasini hamkorlikda amalga oshirishga kelishib oldi.

Marg‘ilon aholisi ombudsmanga murojaat qilib, gavjum chorrahaga svetofor o‘rnatishga erishdi
30 aprel 2024, 14:15

Marg‘ilon aholisi ombudsmanga murojaat qilib, gavjum chorrahaga svetofor o‘rnatishga erishdi

Marg‘ilon shahridagi “Xo‘ja porso” MFY aholisi avtohalokat xavfi yuqori bo‘lgan chorrahaga svetofor o‘rnatishga ko‘mak berishni so‘rab ombudsmanga murojaat qildi. Ombudsmanning “tegishli tashkilotlar”ga murojaatidan so‘ng masala ijobiy hal etildi.

O‘zbekistonga ayrim mahsulotlarni olib kirishda fitosanitariya sertifikati talabi bekor qilinishi mumkin
30 aprel 2024, 13:17

O‘zbekistonga ayrim mahsulotlarni olib kirishda fitosanitariya sertifikati talabi bekor qilinishi mumkin

Chet elda fitosanitariya sertifikati talab etilmaydigan va fitosanitar xavfi past bo‘lgan karantin ostidagi mahsulotlarni xorijdan olib kirishda fitosanitariya sertifikatini talab qilish bekor qilinmoqda. Deputatlar tegishli qonun loyihasini birinchi o‘yishda qabul qildi.

O‘zbekiston aholisining markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 77 foizga yetdi
30 aprel 2024, 13:15

O‘zbekiston aholisining markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 77 foizga yetdi

O‘zbekistonda aholining markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 77 foizni tashkil etmoqda. 2024-yil yakunigacha ko‘rsatkich 81 foizga yetkazilishi reja qilinmoqda.

Toshkent hayvonot bog‘ida navbatdagi vasiylik dasturi ochildi
30 aprel 2024, 12:19

Toshkent hayvonot bog‘ida navbatdagi vasiylik dasturi ochildi

Toshkent hayvonot bog‘ida jonzotlarning yashash sharoitini yaxshilash uchun navbatdagi vasiylik dasturi ochildi. Bunda korpuslarni ta’mirlash, o‘yinchoq, ovqat olib berish, davolatish va boshqalar amalga oshiriladi. Bu davrda vasiy va uning oilasiga imtiyozlar, jumladan, zooparkka bepul kirish imkoni beriladi.

Toshkent va Qarshida 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasi hamda 1 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan sexlar aniqlandi
30 aprel 2024, 11:47

Toshkent va Qarshida 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasi hamda 1 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan sexlar aniqlandi

Toshkentda 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mebel sexi, shuningdek, Qarshida 1 mlrd so‘mlik gazni qonunga xilof ravishda ishlatgan korxona aniqlandi. Holatlar yuzasidan jinoiy ishlar qo‘zg‘atildi.

Toshkentda may-avgust oylarida “Bitiruvchi va talaba-yoshlar” loyihasi o‘tkaziladi
30 aprel 2024, 11:06

Toshkentda may-avgust oylarida “Bitiruvchi va talaba-yoshlar” loyihasi o‘tkaziladi

Toshkent shahrida may-avgust oylarida 1 mln kishini qamrab olishi kutilayotgan “Bitiruvchi va talaba-yoshlar” loyihasi o‘tkaziladi. Bunda yoshlarning bandligiga ko‘maklashish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, IT va zamonaviy biznes sohalariga yo‘naltirishga oid 60 dan ortiq tadbir o‘tkazish belgilangan.

Toshkentning qaysi hududlarida may oyida issiq suv ta’minotida uzilishlar bo‘ladi? — ro‘yxat
30 aprel 2024, 10:38

Toshkentning qaysi hududlarida may oyida issiq suv ta’minotida uzilishlar bo‘ladi? — ro‘yxat

Veolia Energy Tashkent kompaniyasi Toshkent shahrida, jumladan, 6 ta tumanda may oyi uchun issiq suv ta’minotidagi uzilishlar bo‘yicha yangilangan jadvalni e’lon qildi.

Toshkentdagi markaziy ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
30 aprel 2024, 10:15

Toshkentdagi markaziy ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi

Toshkentdagi Istiqbol ko‘chasida asfalt o‘pirilib tushdi. Xabarda bunga issiqlik quvurida avariyaviy holat yuz bergani sabab bo‘lgani aytilgan. Hokimlik muammoni bartaraf etish choralari ko‘rilayotganini ma’lum qildi.

Namanganda o‘quvchi boshqaruvchidagi Lacetti urib yuborgan talaba vafot etdi
30 aprel 2024, 09:40

Namanganda o‘quvchi boshqaruvchidagi Lacetti urib yuborgan talaba vafot etdi

Yangi Namangan tumanida 17 yoshli o‘quvchi boshqaruvida bo‘lgan Lacetti yo‘l chetidagi 4 nafar talabani urib yubordi. YTH oqibatida ulardan biri jarohat oldi, biri shifoxonada vafot etdi. “Bolamning berkitib mashina minib kelishidan xabarim yo‘q edi”, — dedi o‘quvchining onasi.

Ohangarondagi bog‘da 1500 ga yaqin daraxt yoqib yuborilgani aytilmoqda
30 aprel 2024, 01:13

Ohangarondagi bog‘da 1500 ga yaqin daraxt yoqib yuborilgani aytilmoqda

Toshkent viloyati Ohangaron tumanida noma’lum shaxs 1500 ga yaqin mevali va manzarali daraxtni yoqib yuborgani aytilmoqda. Ekologiya boshqarmasining ma’lum qilishicha, to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilgan.

29-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
29 aprel 2024, 22:36

29-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Ta’tildan qaytgan prezident, Olimpiya yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston yoshlar jamoasi, xususiylashtirilayotgan UzIMEI, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash choralari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Toshkent viloyatining 6 ta tumanida foto va videokameralar o‘rnatiladi
29 aprel 2024, 18:22

Toshkent viloyatining 6 ta tumanida foto va videokameralar o‘rnatiladi

Toshkent viloyatining Qibray, Yangiyo‘l, Chinoz, Zangiota, Toshkent va Oqqo‘rg‘on tumanlarida YTHlarning oldini olish maqsadida foto va video dasturiy-texnik vositalari o‘rnatiladi.

Toshkentda nogironligi bo‘lgan shaxslar ishlab chiqargan mahsulotlarning savdo ko‘rgazmasi o‘tkaziladi
29 aprel 2024, 15:24

Toshkentda nogironligi bo‘lgan shaxslar ishlab chiqargan mahsulotlarning savdo ko‘rgazmasi o‘tkaziladi

1−2-may kunlari “O‘zekspomarkaz”da imkoniyati cheklangan shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning savdo ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Unda mebel, to‘qimachilik, poyabzal, maishiy texnika va oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etiladi.

Samarqandda jami 1 mlrd so‘mdan ortiq gazdan noqonuniy foydalangan ikki issiqxona aniqlandi
29 aprel 2024, 15:20

Samarqandda jami 1 mlrd so‘mdan ortiq gazdan noqonuniy foydalangan ikki issiqxona aniqlandi

Samarqand viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan ikki issiqxona aniqlandi. Ulardan biri 688,9 mln so‘mlik, ikkinchisi esa 329,6 mln so‘mlik tabiiy gazni qonunga xilof ravishda ishlatgan.

Yunusobod tumanidagi ayrim ko‘chalarni nomlashda takliflar qabul qilinmoqda
29 aprel 2024, 12:31

Yunusobod tumanidagi ayrim ko‘chalarni nomlashda takliflar qabul qilinmoqda

Toshkent shahri aholisi geonom.tashkent.uz sayti orqali 13-maygacha Yunusobod tumanidagi 212 ta ko‘cha va obyektni nomlash bo‘yicha o‘z takliflarini yo‘llashi mumkin.

O‘zbekistonda uch oyda nikohlar soni kamaydi
29 aprel 2024, 12:26

O‘zbekistonda uch oyda nikohlar soni kamaydi

2024-yil yanvar-mart oylarida qariyb 48,6 mingta nikoh qayd etildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 900 taga kam. Nikohlarda ayollarning o‘rtacha yoshi 23,3 yoshni, erkaklarning o‘rtacha yoshi esa 28,2 yoshni tashkil etdi. Nikohdan ajralishlar soni 2020-yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobarga ko‘paygan.

O‘zbekistonda tug‘ilish kamayib, o‘lim holati ko‘paygan
29 aprel 2024, 11:35

O‘zbekistonda tug‘ilish kamayib, o‘lim holati ko‘paygan

O‘zbekistonda yanvar-aprel oylarida 205 713 nafar chaqaloq tug‘ildi, bu o‘tgan yilga nisbatan 4,3 foizga kam. O‘lim holatlari esa o‘tgan yilga nisbatan 3,1 foizga o‘sib, 40 197 nafarni tashkil etdi. Statistika agentligi dastlabki chorakdagi demografik ko‘rsatkichlarni e’lon qildi.

Hafta davomida harorat isib boradi
29 aprel 2024, 11:13

Hafta davomida harorat isib boradi

Dam olish kunlaridagi salqin havodan so‘ng hafta davomida harorat ko‘tarila boshlaydi va +24…+31 darajagacha isiydi. Kechalari +10…+15 daraja atrofida bo‘ladi. Ayrim hududlarda shamol kuchayib chang-to‘zon kuzatiladi. Tog‘li hududlarda yomg‘ir va qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting