Toshkentda fuqarolarning yangi qurilgan xonadonlar uchun to‘lagan pullarini o‘zlashtirganlikda gumonlanayotgan ikki shaxs qidiruvga berildi. Uylar tegishli ruxsatnomalarsiz qurilgani aytilmoqda. MCHJ rahbari qamoqqa olindi.
Dubay iqtisodiyot va turizm departemanti san’at muxlislari uchun diqqatga sazovor joylar va madaniy tadbirlar xaqida ma’lumot berdi.
Sirdaryo tumanida bir oiladan uch nafar shaxsning kuygan jasadi qotillik alomatlari bilan topildi. Holat yuzasidan o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan odam o‘ldirish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkentda tog‘asi bilan birga yurgan o‘g‘lini olib ketishga urinib, uni kaltaklagan erkak 5 sutkaga qamaldi. Aniqlanishicha, yigit ota-onasining muntazam janjallari sababli ular bilan yashashni istamagan. Fevral oyida bolaning onasiga himoya orderi ham berilgani ma’lum bo‘ldi.
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi yong‘in vaqtida o‘zbekistonlik ko‘cha tozalovchisi Olimjon Ibrohimov trubada uchinchi qavatga ko‘tarilib, bir necha kishini qutqarib qoldi. U bir vaqtlar desantchi bo‘lib xizmat qilgani haqida gapirib berdi. “Yordam berish burchimizdir, Xudo hammani ko‘rib turibdi”, — dedi u.
Toshkent hokimi “Gazeta.uz” muxbirining “Poytaxt ekologiyasi sizni xavotirga soladimi?” degan savoliga javoban shunday dedi: “Xavotirga solgani uchun 75 gektarda istirohat bog‘larini qurdik, hozir yana 25 gektarda yashil hududlar barpo etyapmiz. Har bir quruvchiga daraxt va buta ekishni majbur qilib qo‘ydim”.
Toshkent shahri hokimi Shavkat Umurzoqov yo‘llarni yaxshilash uchun 500 mln dollarlik loyiha ishlab chiqilgani, shuningdek, bekatlar va tirbandlikni keltirib chiqarayotgan 30 ta eng katta chorrahani tartibga solish rejasi borligini bildirdi. Hokim odamlarni mikromobillikka o‘rgatish muhimligini ham ta’kidladi.
Navoiy viloyatida Matiz avtomashinasida uch nafar maktab o‘quvchisi YTHga uchradi. Ulardan ikki nafari voqea joyida vafot etdi, biri og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi.
Chilonzor tumani sudi 40 yoshli ayolni firibgarlik bilan 80 dan ortiq kishining nomiga kredit evaziga texnika mahsulotlarini xarid qilib kelgani uchun 5 yilu 2 oyga ozodlikdan mahrum etdi. U bungacha ham 12 marta sudlangan. Shuningdek, bu ishda ayolga yordam bergan ikki yigit 5,5 yilga qamaldi.
Legallashtirilgan bukmekerlik faoliyati, AQSh qora ro‘yxatidan chiqarilgan O‘zbekiston, davlat parklarning menejeri bo‘lishi kerak emasligini aytgan hokim, 1966-yilgi Toshkent zilzilasi xotiralari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
O‘zbekistonda 2025-yil 1-yanvardan tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish va bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beriladi. Bu qimor o‘yinlariga qaramlikning oldini olish va unga qarshi kurashish, mablag‘larning mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan, deb yozdi ILMA.
Toshkent shahri hokimi “Gazeta.uz”ga Qodiriy va Do‘stlik bog‘larining ijaraga berilishini izohlar ekan, bog‘larga davlat menejer bo‘lmasligi kerakligini aytdi. “Butun dunyoda shunaqa”, — dedi u. Uning so‘zlariga ko‘ra, yashil hududning kvadrat metrini saqlash 20−50 dollar turadi — bu davlat budjeti uchun katta yuk.
Taniqli ortoped-jarroh, Sent-Luis (AQSh) universiteti klinikasi professori Jo‘ldas Quljanov qanday qilib 18 yoshida 1966-yilgi zilzila oqibatlarini bartaraf etishda yordam berish uchun Toshkentga kelgani va bir yarim yil qurilishda ishlagani haqida “Gazeta.uz"ga so‘zlab berdi.
Poytaxtning Yakkasaroy tumani hokimiyati huquqshunosi tumanda joylashgan maktabdagi basseynda cho‘milganda ahvoli yomonlashib vafot etdi. Bosh prokuratura o‘lim sababini aniqlash uchun sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinladi.
1966-yilgi zilzila Toshkentdagi o‘nlab jamoat binolarini vayron qilgan. Ular orasida Toshkent xalq kutubxonasi ham bor edi. “Gazeta.uz” ushbu muassasa xodimlari qanday qilib vayronalar ostidan nodir kitoblar, qo‘lyozmalar, notalar va bosma nashrlarni olib chiqqani haqida hikoya qiladi.
Tarmoqlarda Toshkent shahrida yosh bolalar orasida isitma va tomoq og‘rig‘i ortib, shifoxonalarga murojaatlar ko‘paygani haqida video tarqaldi. SSBB bu xabarlar asossiz ekani, bemorlar soni tunda birmuncha ko‘p bo‘lishi va ular boshqa kasalliklar bo‘yicha ham murojaat qilayotganini ma’lum qildi.
Dam olish kunlari respublikaning katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi. Harorat kunduzi +18…+25 daraja bo‘ladi, kechasi +8…+13 darajagacha pasayadi. Joylarda shamol tezligi kuchayib, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatiladi.
Andijon va Qashqadaryo viloyatlarida fuqarolarga yer maydonlarini mansabdor tanishlari orqali noqonuniy ravishda sotishga uringan shaxslar aniqlandi. Ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Toshkent xalqaro aeroportida oltinchi marta rasmiy spotting-tur o‘tkazildi. Unda O‘zbekistonning turli shaharlaridan, shuningdek, Rossiya, Qozog‘iston va Belarusdan 30 dan ortiq spotter qatnashdi. Foto.
Qashqadaryoda yigit voyaga yetmagan qizni yechinishga majburlab, jinsiy tegajog‘lik qilgani va kaltaklagani videosi tarqaldi. Holat bolalar ombudsmani nazoratiga olinib, yigit va jarayonni videoga olgan shaxsga nisbatan jinoiy ish ochildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting