O‘zbekiston va Qozog‘iston transchegaraviy suv sarfini o‘lchash uchun bir-biriga hisoblagich o‘rnatadi. Tomonlar ma’lumotlarni onlayn tarzda almashib boradi. Avvalroq O‘zbekiston va Tojikiston chegarasida ham xuddi shu maqsadda gidropostlar o‘rnatilgan edi.
Buxoro viloyati Kogon tumanida yuk mashinasi va avtobus ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan yana bir o‘quvchi vafot etdi. Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari shifoxonaga borib, o‘quvchilar bilan uchrashdi.
Dronlarni noqonuniy olib kirish va ulardan foydalanish uchun qo‘llangan jazolarni yengillashtiruvchi qonun joriy jazoning nomutanosibligini tan oladi. Fuqarolar va sayyohlarning e’tirozlari asosli deb hisoblanadi. Endi birinchi qoidabuzarlik uchun ozodlikdan mahrum qilish emas, jarima jazosi qo‘llanadi.
O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari 21-martdan bahorgi ta’tilga chiqadi. IV o‘quv chorak darslari 28-mart kunidan boshlanadi.
Shavkat Mirziyoyev poytaxtning Sergeli tumanida tashkil etilayotgan 75 gektarli Yoshlar bog‘iga ilk ko‘chatni o‘tqazdi. Bog‘da jami 20 ming tup daraxt ekilishi, ming o‘rinli ochiq amfiteatr, milliy va xalqaro gastronomik zonalar tashkil etilishi reja qilinmoqda. Foto.
O‘zbekistonda pensiyaning minimal miqdori eng kam iste’mol xarajatlari darajasidan oz bo‘lmasligini belgilandi. Qonun bilan pensiyalar miqdorini yil davomida iste’mol narxlari indeksi darajasining o‘sish sur’atlarini inobatga olib oshirib borish tartibi aniqlashtirildi.
Ko‘kdala tumanida o‘tkazilgan sayilda gaz balloni portladi. Oqibatda 37 kishi jarohatlandi, ulardan 7 nafari shifoxonaga yotqizildi. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochildi.
Bo‘ka tumanida mashhur brendlar nomi ostida qalbaki kosmetika mahsulotlari ishlab chiqaradigan sex aniqlandi. Qiymati 10 mlrd so‘mlik 280 ming donadan ortiq sifatsiz mahsulot vaqtincha saqlovga olindi.
Baraka Market do‘konlar tarmog‘i Baraka Club mobil ilovasining yangi versiyasini ishga tushirdi va sodiqlik dasturini yangiladi.
Bandixon tumanida voyaga yetmaganga uylanishini aytib shilqimlik qilgan 22 yoshli yigit 5 sutkaga qamaldi. Sudda yigit qizni yaxshi ko‘rib qolgani, lekin qizga shilqimlik qilmaganini aytib ko‘rsatuv berdi.
O‘zbekistonda 100 yoshga to‘lgan yoki undan oshgan 514 nafar fuqaro pensiya va nafaqa oladi. Ularning 78,6 foizi (404 nafari) ayollardir. Bir asrdan beri umr ko‘rayotganlarning eng ko‘pi Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent, shuningdek, vodiy viloyatlarida yashaydi.
Farg‘onada “Agrobank” filiali sobiq xodimlari uchta holatda salkam 4 mlrd so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi. Ularga nisbatan sud hukmi o‘qilib, tegishli jazolar tayinlangan.
“Gazeta.uz” maqolasidan bir necha soat o‘tib, Toshkentning Amir Temur xiyoboni yonidagi reklama konstruksiyasi demontaj qilindi. Avvalroq u yerda reklama joylashtirish noqonuniy ekani, sababi yaqin atrofda madaniy meros obyektlari borligi haqida yozgandik. Holatga rasmiy izoh berilganicha yo‘q. Foto.
Navro‘z bayrami munosabati bilan dam olish kunlari deya e’lon qilingan 21, 22, 23 va 24-mart kunlari Toshkentda avtobuslar yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida harakatlanadi.
Miltillovchi ekran, girlyanda va chiroqlar Toshkentda “yorug‘lik xaosi"ni keltirib chiqarmoqda. Bu energiya iste’molini oshiradi, hayot sifati va ekologiyani yomonlashtiradi. “Gazeta.uz” mutaxassislar bilan suhbatlashib, yorug‘lik dizayni nima ekani va tungi Toshkentni qanday maftunkor qilish mumkinligiga qiziqdi.
Surxondaryodagi bir mahalla ko‘p yillardan buyon elektr, suv, yo‘l muammolaridan qiynalardi. 2020-yili shu mahallada yashovchi Oybek Usanov “Tashabbusli budjet”da omadini sinashga qaror qiladi. Bu tajriba aholi hayotini qanchalik o‘zgartirgani va odamlarni qanday birlashtirgani — Jahongir Azimov reportajida.
Toshkentdagi Amir Temur xiyoboni oldidagi ajratuvchi orolchalarga reklama konstruksiyalari o‘rnatilmoqda, holbuki madaniy meros obyektlari yonida bunday qurilmalarni o‘rnatish taqiqlangan (xiyobonda yettita madaniy meros obyekti bor). Konstruksiyalar binolar manzarasini to‘sadi va haydovchilarga xalal beradi.
Toshkent shahrida yashovchi ayol ikki yoshli nabirasini Rossiyadan olib kelishda yordam so‘rab, bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonovaga murojaat qildi. Onasi uni enaga bilan qoldirib, olib ketgani kelmaganidan keyin qizaloq vasiylik organiga topshirilgan.
Rossiyadagi prezident saylovi, Putinni tabriklagan Mirziyoyev, Afg‘oniston vertolyoti urib tushirilgani haqidagi yolg‘on xabar, Yangi Toshkent qurilayotganining sabablari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
O‘zbekistonning 2024-yildagi ilk chaqiriluvchilari muddatli harbiy xizmatni o‘tash joylariga yo‘l oldi. Barcha hududlardagi yig‘ish punktlarida tantanali kuzatuv marosimlari boshlandi. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Yevgeniy Sorochin samarqandlik chaqiriluvchilar va ular orasidagi o‘z ukasini armiyaga kuzatdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting