O‘zbekistonning turli hududlarida yashovchi uch bolakay yangi qo‘l protezlariga ega bo‘ldi. Protezlar xayriya fondlari va homiylar mablag‘i evaziga Rossiyaning “Motorika” kompaniyasi tomonidan tayyorlab, o‘rnatilgan. Ushbu ishlab chiqaruvchining kiberprotezlari 2022-yildan beri 13 o‘zbekistonlikka berildi.
Samarqand shahrida tug‘ilganiga 4−5 kun bo‘lgan 2 chaqaloq ko‘p qavatli uyning kirish yo‘lagida qoldirib ketildi. Sumkaga solingan qiz chaqaloqlarni hudud hamshirasi topib oldi. Ularning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda. Bolalarni kim qoldirib ketgani hozircha noma’lum.
Bolalarning ommaviy zaharlanishiga sabab bo‘lgan, yod tarkibli “Antistrumin” tabletkalarini ishlab chiqargan Samo MCHJ qo‘pol qonunbuzilish holatiga yo‘l qo‘ygani aniqlanib, uning litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi.
O‘zbekistonda 1-iyuldan skuter va mopedlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda davlat raqamlarini berishni joriy etish rejalashtirilmoqda. 2025-yildan esa ularni ro‘yxatdan o‘tkazmasdan boshqarishni taqiqlash taklif qilinyapti.
Moskva viloyatida terakt sodir etilgani haqidagi xabarlardan so‘ng Rossiyaning Toshkentdagi elchixonasiga gullar keltirila boshlandi.
Uzbekistan Airways Domodedovo va Vnukovo xalqaro aeroportlaridan parvoz qiladigan yo‘lovchilarni Moskva aeroportlariga belgilangan vaqtdan oldinroq kelishlarini so‘radi. Hozircha parvozlar jadvalida o‘zgarishlar bo‘lgani yo‘q.
Payshanba kuni Surxondaryo viloyatining turli hududlari jumladan, Qumqo‘rg‘on tumanida kuchli yomg‘ir sabab sel-suv toshqinlari bo‘ldi. Yuzlab xonadon va turar joylarga suv kirdi. Viloyat hokimligi toshqin oqibatlarini bartaraf etmoqda. Tabiiy ofat oqibatida jarohat olganlar yo‘q, deyiladi xabarda.
Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev bir guruh soha vakillarini orden va medallar bilan mukofotlash to‘g‘risida farmon imzoladi.
Navro‘z bayrami hamda Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasidagi bir nechta o‘tish punktlaridagi rekonstruksiya munosabati bilan odamlar to‘planib, avtomobillar tirbandligi kuzatilmoqda, deya izoh bermoqda Qozog‘iston chegara xizmati.
Juma kuni ertalab Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila Toshkent shahri, Sirdaryo (2 ball) va vodiy viloyatlarida ham sezildi (2−3 ball).
Qishloqlarda ko‘klamning kirib kelishi an’anaviy o‘yinlar bilan nishonlanadi. Ko‘pkari — shulardan biri. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Xolida Musulmon Jizzaxda ko‘pkariga borib, erkaklar nega uloq chopishi, g‘oliblarga qanday sovg‘alar berilishi va nega unda ayollar qatnashmasligi haqida hikoya tayyorladi.
Toshkent Fotosuratlar uyida “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z” nomli ko‘rgazma ochildi. Unda Navro‘z bayramiga oid Kinofotofono hujjatlari milliy arxivida saqlanayotgan va O‘zA taqdim etgan 120 dan ortiq fotosuratlar namoyishga qo‘yilgan. Ko‘rgazma 28-martgacha davom etadi.
Musulmonlar Ramazon oyini Dubayda qanday o‘tkazishlari, qanday diqqatga sazovor joylarga borgan va qanday taomlarni tatib ko‘rgan ma’qulligi haqida amirlikning Iqtisodiyot va turizm departamenti gapirib berdi.
Prezident mahallalarda futbol infratuzilmasini rivojlantirishga doir qarorni imzoladi. Unga ko‘ra, turli yoshdagi ayol va erkaklarning “mahalla terma jamoalari” tashkil etilib, ular o‘rtasida “Mahalla ligasi” o‘tkaziladi. Unda o‘zini ko‘rsatgan yoshlar futbol maktabi va akademiyalariga yo‘naltiriladi.
Tarmoqlarda Tahoe va BYD Song Plus avtomobillari Toshkentdagi ko‘chada soatiga 170−180 km tezlikda harakatlangani aks etgan video tarqaldi. Haydovchilar (26 va 35 yosh) jarimaga tortildi, shuningdek, ular bilan “profilaktik suhbat” o‘tkazildi.
Turkiyaning Anadolu klinikasi saraton kasalligiga chalingan bemorga qanday yordam bergani haqida o‘rtoqlashdi. O‘zbekistonlik bemorlar shifoxonaning Toshkentdagi vakolatxonasida bepul konsultatsiyaga yozilishlari mumkin.
Server qurilmalarini ko‘chirish ishlari sabab 21−24-mart kunlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) xizmatlari amalga oshirilmaydi. Davlat xizmatlari, notariuslar, litsenziyalash va tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish markazlari tizimlari vaqtincha ishlamaydi.
Havo sifatini monitoring qiluvchi Air Tashkent portali, O‘zbekistonning baxtli davlatlar reytingidagi o‘rni, Raqobat qo‘mitasining BYD so‘roviga munosabati, poyezd vagonlari ishlab chiqish bo‘yicha tanlov va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Ombudsmanning Qoraqalpog‘istondagi vakili 27-sonli manzil koloniyada monitoring o‘tkazdi. Barcha mahkumlar tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilganda ularning 47 nafariga “Osteomiyelit”, “Osteoxondroz” tashhislari qo‘yildi. Ularga statsionar davo muolajalari buyurildi.
O‘zbekiston World Happiness Report`ning eng baxtli mamlakatlar reytingida 7 pog‘ona ko‘tarilib, 47-o‘rinni egalladi. Mamlakat MDH davlatlari orasida eng yuqori baxt darajasiga ega. O‘zbekistonliklarning eng baxtlilari keksalar, eng baxtsizlari esa 30−44 yoshdagilardir (aksar mamlakatlarda buning teskarisi).
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting