Koson tumanida 4 nafar mast erkak mashinada yo‘ldan o‘tib ketayotgan YPX xodimlarini haqoratlab videoga oldi va uni Telegram`da tarqatdi. Sud hukmi bilan ularning har biriga 10 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Madaniy meros obyektlari, vokzallar, jamoat transporti va poyezdlarda harakatlanish imkoniyati cheklangan kishilar uchun lift, pandus va tutqichlar o‘rnatiladi. 2027-yilgacha ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxsning sayohat xarajatlarining 50 foizini davlat qoplaydi. Mehmonxonalar uchun ham subsidiyalar beriladi.
Shavkat Mirziyoyev bosh vazirga Nukus, Jizzax, Bekobod shaharlari, Sharof Rashidov, Dehqonobod, Uchqo‘rg‘on, Urganch tumanlarida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda o‘sish bo‘lmagani munosabati bilan ushbu 7 ta hudud hokimlarining lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqishni topshirdi.
2024-yil yakunigacha O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari huzurida o‘zbek tili kurslari tashkil etiladi. Shuningdek, xorijiy davlatlarda “O‘zbek akademiyasi” (“Uzacademy”) internet platformasi ishga tushiriladi.
Kechasi va ertalab Toshkentning ayrim joylarini quyuq tuman qopladi. Tongga kelib, ba’zi hududlarda tuman tarqadi. “Gazeta.uz” muxbiri Iskandar Mirzahmedov bu paytda shahar qanday ko‘rinishda bo‘lganini suratga muhrladi.
Uchtepa tumanida er-xotin va ularning 3 nafar qizi uyidan hushsiz holda topildi. Oilaning 3 a’zosi vafot etdi, 2 nafari jonlantirish bo‘limiga yotqizildi. Bosh prokuratura holatga nima sabab bo‘lganini o‘rganmoqda.
Xalqaro standartlarni joriy qilish sohasini tartibga solmasa, adliya vaziri Akbar Toshqulov lavozimidan ozod etilib, Texnik tartibga solish agentligi rahbari etib tayinlanishi haqida ogohlantirildi. Agentlik to‘liq isloh qilinib, Hukumat tarkibiga o‘tkazilishi belgilandi.
O‘zbekistonda 2024-yildan har ikki yilda bir marta mukofot jamg‘armasi 2 mln dollar bo‘lgan xalqaro “O‘zbekiston ipak matolari” moda haftaligi o‘tkaziladi. Shuningdek, “Zomin”, “Chimyon” va “Amirsoy”da boj olinmaydigan (“duty free”) yirik savdo komplekslari quriladi.
Prezident raisligidagi videoselektorda investitsiyalar sohasida chorak yakunigacha o‘zgarish qilmasa, kompleks uchun mas’ul bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayevning lavozimiga loyiqligi ko‘rib chiqilishi ma’lum qilindi.
Yog‘ingarchilik hamda havo haroratining keskin o‘zgarishi sababli 19−21-yanvar kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi mavjud.
Payshanba tongidagi qalin tuman Toshkent aeroporti faoliyatini cheklab qo‘ydi. Bir qancha reyslar Samarqand, Farg‘ona, Namangandagi muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi. Uzbekistan Airways aviakompaniyasi parvozlar kechikib amalga oshirilishini ma’lum qildi.
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi ta’sis konferensiyasida mahalla faollariga murojaat qilindi. Unda mahalla “odamlarga eng yaqin xalqchil tuzilmaga, chinakam xalq vijdoni”ga aylanib borayotgani ta’kidlanib, faoliyatni “sifat jihatdan yangi bosqichga” ko‘tarish zarurligi qayd etildi.
Toshkentdagi ekovaziyatni yaxshilash rejalari, xususiylashtirilayotgan “Paxtakor”, Xitoy taklif qilayotgan g‘ildirakli tramvaylar, boshqa ishga o‘tgan Qahramon Quronboyev va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Poytaxtning Bektemir tumanida ichida qurilish materiallari bo‘lgan konteynerda yong‘in sodir bo‘ldi. Uzum Market marketpleysi kompaniya ombori yonayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi — yong‘in qo‘shni hovlida sodir bo‘lgan.
Xitoyning CRRC korporatsiyasi vakillari Toshkent hokimligiga g‘ildirakli tramvaylarni namoyish etdi. Ularni Shota Rustaveli ko‘chasi bo‘ylab “yashil transport yo‘lagi” loyihasi doirasida poytaxt transport tizimiga birlashtirish taklif qilinmoqda.
Sanepidqo‘mita Toshkent havosi tarkibida ko‘paygan PM2,5 zarrachalari salomatlikka qanday ta’sir qilishi bo‘yicha ma’lumot hamda havo sifati yomonlashganda nimalar qilish kerakligi haqida tavsiyalar berdi.
Farg‘ona shahrida 11 yoshli qizning murdasi zo‘rlash alomatlari bilan topilgandi. Sud ish bo‘yicha uch nafar gumonlanuvchiga nisbatan hukm chiqardi. Ularning ikkisi 13 va 14 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Biriga nisbatan esa 2 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Bosh prokuratura Nuz.uz jurnalisti Mixail Dovlatovni ushlab, uning faoliyatiga to‘sqinlik qilgan huquq-tartibot idoralari xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi boshlanganini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda endi fuqarolar o‘z huquq va manfaatlarini buzayotgan mansabdor shaxslar qarorlari ustidan ma’muriy sudga murojaat qilganda davlat boji to‘lamaydi.
O‘zbekiston poytaxtida ertalab havo yana “zararli” darajaga yetdi. O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, РМ2,5 zarralari tarkibi JSST tavsiyalaridan 23,8 barobar oshdi. IQAir reytingida shahar 8-o‘ringa chiqdi. Rasmiylar bunday holatlar bo‘yicha ogohlantirishlar yoki tavsiyalarni hanuzgacha e’lon qilgani yo‘q.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting