Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida 16−18-dekabr kunlari qor ko‘chishi mumkin.
Bir necha yillar davomida Smart Ecosystem tadbirkorlarga biznesni sodda, tez va oson yuritish imkonini beruvchi yechimlarni taklif etib kelmoqda.
Tarmoqlarda Urganchdagi bog‘chada tarbiyachilar bolalarni tepib, tayoq bilan urgan holda mashg‘ulot o‘tgani aks etgan video tarqaldi. Viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasiga ko‘ra, voqea ortidan 2 xodim ishdan olindi.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Nizomga ko‘ra, davlat mulkini ijaraga berish jarayoni har qanday jismoniy va yuridik shaxs tashabbusi asosida boshlanishi mumkin.
Shahrixon tumanida avtomashinadagi yuklar ustini to‘sish uchun davlat bayrog‘idan foydalangan haydovchi 1 mln so‘mdan oshiqroq jarimaga tortildi.
“Vonka” va yana beshta kinopremyera, muzdagi shou, ko‘rgazmalar, spektakllar, “Sahna” stendap klubidagi yumoristik tadbirlar, Fashion show, ijodiy mahorat darslari, do’konlardagi chegirmalar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Marg‘ilon shahrida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib harakatlangan Tahoe o‘z yo‘nalishida kelayotgan Tico bilan to‘qnashdi. Hodisa oqibatida ikki kishi jarohatlandi.
Toshkent metrosining “Yerusti halqa yo‘li” yo‘nalishidagi 2 ta yangi — “Turon” va “Qipchoq” bekatlarida sinov tariqasida (yo‘lovchilarsiz) poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi. Yo‘lovchilar uchun xizmat ko‘rsatish qachondan boshlanishi haqida ma’lumot sinov natijalaridan so‘ng ma’lum qilinadi.
Toshkentning Yangihayot tumanidagi ko‘p qavatli uy lifti elektr o‘chishi oqibatida qulagani haqida xabar tarqaldi. Tuman hokimligi tok o‘chgach generator ishlagani, lift ichidagi qizaloq pastga xavfsiz tushganini ma’lum qildi.
DXX xodimlari va bojxonachilar Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan 27,5 kg “gashish” va salkam 4 kg “opiy”ning O‘zbekistonda sotilishiga chek qo‘ydi. Bundan tashqari, Andijon viloyatida Qirg‘izistondan olib kelingan 4,5 kg dan ortiq “Mefedron” aniqlanib, musodara qilindi.
O‘zbekistondan sovuq antitsiklon tez chekinmoqda. Juma va yakshanba kunlari kunduzi mamlakatning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat +7 darajagacha isiydi. Shanba esa biroz yomg‘ir va qorli o‘tishi, tuman tushishi kutilmoqda.
Nyu-Yorkdan Toshkentga uchayotgan samolyot yo‘lovchining zo‘ravonligi tufayli Sankt-Peterburgga favqulodda qo‘ngani uchun Uzbekistan Airways kompaniyasi 22 ming dollardan ko‘proq zarar ko‘rdi.
“O‘zbekkosmos” “Chegara bilmas daryolar” koalitsiyasi ekspetlarining Qo‘shtepa kanali qirg‘og‘i Amudaryodan olinayotgan suv oqimi oqibatida yuvib ketilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlarini rad etdi. Agentlik aniqlashicha, sizib chiqqan suv — sizot suvlari.
Pastdarg‘om tumanida davlatga 2 mlrd 237 mln so‘m keltirgan mayning ferma aniqlandi. Korxona 25 dona mayning qurilmasini elektr tarmog‘iga yashirin ravishda ulab, noqonuniy foydalanib kelgan.
Navoiy shahridagi 6-maktabda o‘qituvchi krossovkada kelgan bolalarga tanbeh berdi. Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi o‘quvchilarning ta’lim muassasasiga sport poyabzalida kelmasligi kerak, degan talab mavjud emasligini bildirdi.
Boysun tumanida yuk mashinasi urib yuborgan 4 yoshli bola vafot etdi. Uni opasi bog‘chadan olib qaytayotgan bo‘lgan va opasini kutmasdan yo‘lning belgilanmagan joyidan yugurib o‘tmoqchi bo‘lganida halokatga uchragan.
Besh oy avval “faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun” ishdan olingan “O‘zbekiston temir yo‘llari” sobiq raisi Husnutdin Xosilov yana sohaga qaytdi. U kompaniyaning bosh muhandisi etib tayinlandi. Prezident u ishdan olingan yig‘ilishda “xiyonat qilganga o‘rin yo‘q”, deya ta’kidlagandi.
UzAuto Motors mijozlarga avtomobillarni dilerlik markazidan 5 ish kuni ichida olib ketishni eslatdi. Aks holda kompaniya avtomobilni navbat tartibi asosida keyingi mijozga berishga majbur bo‘ladi.
Alisher Qodirov yo‘llardagi tirbandliklarni kamaytirishga jamoat transporti jozibadorligini oshirish bilan erishishni, buning uchun esa xususiy transportlardan foydalanish va unga xizmat ko‘rsatishni qimmat qilish kerakligini aytdi. Spiker o‘rinbosari bu borada Xitoy va Singapurni misol qilib keltirdi.
Koreyaning Hanshin universiteti til kursida o‘qiyotgan 22 nafar o‘zbekistonlik talaba mamlakatdan aldov yo‘li bilan chiqarib yuborilgani haqida xabar tarqaldi. O‘zbekistonning Koreyadagi elchixonasiga ko‘ra, ular oliygoh talablariga bo‘ysunmagan, shuningdek, noqonuniy mehnat bilan shug‘ullangan. Holat o‘rganilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting