Mirzo Ulug‘bek tumanida 2 nafar shaxs o‘zga bir fuqaroning uyi oldidagi daraxtni yashirin ravishda kesib ketdi. Ular qo‘lga olingan, tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Olti oyda ov qilish qoidalarini buzgan 298 nafar shaxsga nisbatan jami 957 mln so‘mlik jarima belgilandi. Qator hududlarda muddati o‘tgan ov yo‘llanmalardan foydalanilgani aniqlandi.
O‘zbekistonda Turizm sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish markazi tashkil qilinadi. 2024/2025 o‘quv yilidan davlat oliy ta’lim muassasalarida turizm va mehmonxona xo‘jaligi sohalarida kadrlar tayyorlash tizimi uch yillik oliy ta’lim dasturlari asosida yo‘lga qo‘yiladi
Sariosiyo tumanida Damas avtomobili qarama-qarshi yo‘ldagi Nexia 3 bilan to‘qnashib, jarlikka quladi. Oqibatda undagi 17 yoshli yo‘lovchi shifoxonaga yotqizildi.
Davlat tomonidan bir qator ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari ijtimoiy karta orqali amalga oshiriladi. 2025-yil 1-apreldan boshlab nogironligi bo‘lgan shaxs, talaba yoki urush qatnashchisining holatini tasdiqlash aynan shu karta orqali bo‘ladi, tegishli guvohnomalarning qog‘oz shakli bekor qilinadi.
O‘zbekistonning yangi turizm brendi uchun tanlov, infoqalloblarga qarshi qonun, tartibga keltirilayotgan psixologlik faoliyati, Mudofaa vazirligining yangi harbiy transportlari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Samarqand shahridagi bog‘chada qo‘shimcha bino qurish vaqtida 30 tup qimmatbaho, 1 tup kam qimmatli daraxtni kesib tashlagan korxona tabiatga 260 mln so‘m zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi. Tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Poytaxt hokimligi va “Toshkent invest” kompaniyasi shahar aholisini Mirobod tumanidagi Kulolchilik bog‘i konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha so‘rovnomada ishtirok etishga chaqirdi.
O‘zbekiston deputatlari aldov yo‘li bilan pul ishlab olmoqchi bo‘lgan “soxta trener va lektorlar”ning ma’ruzalari ko‘paygani sababli ma’rifiy faoliyatni tartibga solish bo‘yicha qonun qabul qildi. Deputatning aytishicha, bunday tadbirlar, jumladan, ko‘pxotinlilik, jinsiy kamsitish va feminizmni targ‘ib qiladi.
Professor, sotsiologiya fanlari doktori Abdulaxat Qahhorov Toshkentdagi xonadonidan o‘lik holda topildi. Bosh prokuratura gumonlanuvchi qo‘lga olinganini ma’lum qildi va qasddan odam o‘ldirish moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Toshkent viloyatida 19 yoshli qiz Instagram’da salbiy fikr bildirgan kuzatuvchilariga javob tariqasida behayo so‘zlar bilan viloyatliklarni haqorat qildi. Sud unga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinladi. Bu iyul oyining o‘zida viloyatliklarni haqorat qilganlarga chora ko‘rish bilan bog‘liq 3-holatdir.
O‘zbekistonda psixologik yordam ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanishdan avval psixologiya mutaxassisligi uchun qayta tayyorlovdan o‘tish kerakligi belgilanmoqda. Psixologik yordam ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan ushbu faoliyat bilan shug‘ullanganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.
Mudofaa vazirligi mahalliy ishlab chiqaruvchining zirhli “Arslon” transportyori va “Tarlon” mashinasini sinovdan o‘tkazmoqda. Ular tez orada mamlakat qo‘shinlariga yetkaziladi. Transportyor yuqori aniqlikda o‘t ochishga mo‘ljallangan, “Tarlon” esa ekipaj va qo‘shinlarni o‘qotar qurollardan himoya qiladi. (foto, video)
Samarqand arxeologiya instituti xodimlari Urgutdagi Qo‘rg‘ontepa yodgorligidan VII-VIII asrlarga oid ibodatxona o‘rni va devoriy suratlarni topdi. Hozirda qazuv ishlari davom etmoqda. Devoriy suratlarni saqlash va nusxa ko‘chirish ishlari boshlandi.
OTMlarga kirishda davlat granti uchun qabul kvotalari, vazir bilan reklama roligi sabab jarimaga tortilgan kiyim do‘koni, yaqin qarindoshlar nikohini taqiqlash taklifi, ikkita shamol elektr stansiyasini qisman sotgan ACWA Power va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Toshkent tumanidagi tezkor tadbirda 22 yoshli shaxs mashinasida taxminiy narxi 1 mlrd so‘m bo‘lgan 1,4 kg mefedron sintetik moddasini sotish maqsadida saqlab kelayotgani aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ekologlar ikki holatda Qashqadaryo daryosi o‘zanidan noqonuniy tarzda qum qazib olinganini aniqladi. Umumiy hisobda tabiatga 6,3 mlrd so‘m zarar yetgan. To‘plangan hujjatlar prokuraturaga yuborildi.
Toshkent viloyati Qibray tumanida uyidagi 8 to‘plam mayning qurilmasini umumfoydalanishdagi elektr tarmog‘iga noqonuniy ulab, 1,2 mlrd so‘m zarar yetkazgan fuqaro qo‘lga olindi. Shu kabi holat Yuqori Chirchiq tumanida ham aniqlandi.
O‘zbekistonda ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi darajadagi yon shajara bo‘yicha qarindoshlar o‘rtasidagi nikohni taqiqlash rejalashtirilmoqda. 2023-yilda tug‘ma nuqson va irsiy kasalliklar bilan tug‘ilgan bolalarning 9,7 foizi yaqin qarindoshlar o‘rtasida bo‘lgan.
Gulistonda QR-kodli chek so‘ragan 12 yoshli bolaga tarsaki tushirgan do‘kon sotuvchisi 15 sutkaga qamaldi. Avvalroq Soliq qo‘mitasi raisi “chek talab qilish mayda-chuyda narsa emas” deya bolaga minnatdorchilik bildirgandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting