Shavkat Mirziyoyev 2025-yilda Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari o‘tkaziladigan Olimpiya shaharchasini borib ko‘rdi. 100 gektarli hududda 10 ming o‘rinli stadion, velodrom, suv sporti saroyi va jamoaviy o‘yinlar majmualari quriladi. Shaharcha ilmiy, amaliy, o‘quv-mashg‘ulot markazi bo‘lishi rejalashtirilgan.
Ringdagi o‘zbekistonlik bokschilar jangini kuzatgan Evander Xolifild va Rufat Risqiyev, Bahodir Jalolovga g‘oliblikni taqdim qilgan nokaut, to‘qnashuvlarni sharhlagan Mayk Tayson va hayajonlarga boy Toshkent professional boks kechasidan — “Gazeta.uz” fotoreportaji.
O‘zbekistonda eng katta hisoblangan “Kattaqo‘rg‘on” poligonida 17-noyabrda Mi-8 vertolyoti quladi, uning butun ekipaji halok bo‘lgan. Bu oxirgi 20 yilda O‘zbekistonda harbiylar jabrlangan yagona aviahalokat emas. “Gazeta.uz” O‘rtachirchiq, Farg‘ona va Sherobodda yuz bergan baxtsiz hodisalarni yodga oladi.
Singapur instituti va Toshkent bojxona boshqarmasi oldida “doimiy yuzaga keladigan tirbandliklarni hisobga olib”, “zamonaviy” yo‘l o‘tkazgich qurish taklif etilyapti. “Gazeta.uz” avvalroq qurib bo‘lingan yo‘l o‘tkazgichlar misolida ular qancha joy egallashi va shahar muhitini yomonlashtirishini ko‘rsatib bergandi.
5 ta kinopremera, “Humo” xokkey klubi o‘yinlari, Drag Racing, “Yangi nafas” yugurish musobaqasi, Avaz Oxun konserti, ko‘rgazmalar, spektakllar, ijodiy mahorat darslari, “SAHNA” stendap klubidagi yumoristik shoular va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Limonli muss-chizkeyk, keks, glazurli yoki malina qo‘shilgan limonli pechenye, tvorojnik yoki pirog — Zira.uz limon solib tayyorlangan pishiriqlar retseptini taqdim etadi.
Toshkentda ko‘cha rassomi Inkuzart Falastin-Isroil urushiga bag‘ishlangan rasm chizdi. Unda qo‘liga qurol olgan Isroil harbiy xizmatchisi va yuragini unga taqdim etayotgan bolakay aks etgan.
Veolia Energy Tashkent 1-dekabrdan poytaxtdagi budjet tashkilotlari va yuridik shaxslar uchun issiqlik ta’minotining yangi tariflari kuchga kirishini ma’lum qildi.
Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligiga qarashli Mi-8 vertolyoti Kattaqo‘rg‘on poligonida o‘quv-mashg‘ulot parvozini amalga oshirayotgan vaqtida halokatga uchradi. Butun ekipaj halok bo‘ldi.
Hukumat qarori bilan Toshkentning Chilonzor tumanida RSHTYOIM qarshisidagi uy va do‘konlarda “renovatsiya” o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bunda bir qavatli uylar o‘rniga ko‘p qavatlilari quriladi. Qatortol ko‘chasini turizm ko‘chasiga aylantirish, yerto‘lalarni ta’mirlashga kredit ajratish ham taklif etilmoqda.
Yetti yilik faoliyati davomida Oson ikki mln dan ortiq sodiq foydalanuvchilarga erishdi. Hozirda kompaniya xorijiy investorlar bilan muzokaralar bosqichida.
Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish sezilarli darajada kamaygan bo‘lsa-da, u yerda opioidlar o‘rnini bosuvchi metamfetamin ham yetishtiriladi. Shu munosabat bilan O‘zbekistonga metamfetamin yetkazib berish ko‘payishi mumkin, deya ogohlantirdi Markaziy Osiyoda narkotik moddalar tarqalishining oldini olish dasturi.
YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi sobiq rahbari Munir Mamedzade “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida ijtimoiy sektor ehtimoliy favqulodda chaqiriqlarga hozircha tayyor emasligi va nima uchun mamlakatga sog‘liqni saqlashning barcha masalalarini qamrab oluvchi yagona axborot tizimi kerakligini tushuntirdi.
Xalqaro ta’lim instituti ma’lumotlariga ko‘ra, 2022−2023 o‘quv yilida AQSh universitetlarida o‘zbekistonlik 1000 dan ortiq talaba tahsil olgan. Bu oldingi yilga nisbatan 72,6 foizga ko‘p.
2024-yildan Surxondaryoning Sariosiyo tumanidagi aeroportga yo‘lovchi samolyotlari qatnay boshlaydi, Sariosiyo va Toshkent o‘rtasida poyezd qatnovi amalga oshiriladi, dedi Shavkat Mirziyoyev. Shuningdek, u Boysunda ochiq osmon muzeyini tashkil etish rejasini ham ma’lum qildi.
Prezident farmoni bilan 1-dekabrdan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdori 7 foizga oshiriladi. Shuningdek, bazaviy hisoblash miqdori (BHM) 340 ming so‘m etib belgilanmoqda.
18-noyabr kuni Yunusobod, Olmazor, Shayxontohur va Mirzo Ulug‘bek tumanlarining ayrim hududlarida issiq suv va issiqlik ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi.
Toshkent shahri hokimligi Amir Temur xiyoboni atrofidagi ta’mirlash ishlari yuzasidan ma’lumot berdi. U yerda piyodalar yo‘laklariga yotqizilgan bruschatkalar va yo‘lning asfalt qoplamasi yangilanmoqda. Hokimlik hudud ko‘rinishi keskin o‘zgarib ketmasligiga ishontirdi.
Prezident Termizdagi Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasiga bordi. U Surxondaryo yoshlarining sportga qobiliyati zo‘rligi, ammo ular shug‘ullanayotgan sport turlari cheklanganini aytib, bu sohaga 30 mlrd so‘m ajratilishini bildirdi. Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga esa 50 mln dollar yo‘naltiriladi.
Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi majlisida Samarqandda voyaga yetmaganlarning huquqbuzarligi ortgani aytildi. Xususan, huquqbuzarlik 2021-yilda 1331 tani, 2022-yilda 3941 tani hamda 2023-yilning 8 oyi davomida esa 3128 tani tashkil etgan. Jinoyatlar soni esa 40 foizga ortgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting