Toshkent viloyatida ikki ming yillik “Qanqa shahristoni” yodgorligiga 3 kishi tomonidan umumiy 13,9 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi. Gumonlanuvchilarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Rejissyor Ruslan Soliyevning jadidchilik tarixi haqida hikoya qiluvchi “Armon” filmi YouTube’ga chiqarildi. Yuzlab ijodkorlar ishtirokida ikki yil tayyorlangan filmning suratga olish ishlari O‘zbekistondan tashqari Rossiya va Turkiyada bo‘lib o‘tgan. Unda qo‘shni mamlakat san’atkorlari ham suratga tushgan.
19-noyabr kuni O‘zbekiston davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan 16 ta shaharda Yangi Nafas sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda 150 ming dan ortiq o‘zbekistonliklar ishtirok etishdi.
Maktablar oldi va kamida to‘rt tasmali yo‘llardagi piyodalar o‘tish joylarida tezlikni oshirish, piyodalarni o‘tkazmaslik va fuqarolarning yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tishi kabi qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus foto-video qayd etish vositalari o‘rnatiladi.
Tarmoqlarda ayol 3 nafar kichik yoshdagi bolalarga ularni va o‘zini yoqib yuborish bilan tahdid qilgani aks etgan video tarqaldi. Bolalar ombudsmani holat alohida nazoratiga olinganini bildirdi.
O‘zbekistonga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi hisobiga 22−23-noyabr kunlari tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqini hodisalari yuz berishi mumkin.
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi immunizatsiya dasturini raqamlashtirish va chiqindilarni boshqarishni takomillashtirish maqsadida UNICEF va Gavi kompaniyalaridan 3,4 mln dollarlik uskunalarni qabul qilib oldi.
Baraka Market do‘konlar tarmog‘i xaridlardan qanday qilib 16 foizgacha keshbek olish mumkinligini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda hafta boshida havo iliq bo‘lib, harorat +24…+27 darajagacha ko‘tariladi. Chorshanba kuni nam havo massasi tarqaladi va respublikaning katta qismida yomg‘ir yog‘adi. 23−24-noyabr kunlari harorat kechasi +3…+6 iliqqacha, shimolda −1…−3 daraja sovuqqacha pasayadi.
Yunusobod tumanida 32 yoshli erkak ko‘p qavatli uyning 15-qavatidan sakrab, joniga qasd qildi. Voqeadan ikki kun oldin u xotiniga “osmonda uchgisi kelayotgani”ni aytgan. Bosh prokuratura erkak 2020-yildan buyon ruhiy asab kasalliklari shifoxonasida ro‘yxatda turishini bildirdi.
Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi Vazirlar Mahkamasi xodimlari “Yashil makon” loyihasi doirasida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida ko‘chat ekdi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, suxandon O‘tkir Siddiqov 78 yoshida vafot etdi. U boshlovchi sifatida 8 mingga yaqin konsert va tadbirda ishtirok etgan.
Poytaxtda chaqiriqqa borgan tez yordam feldsheri bemorga uyatsiz harakatlar qilgani aytilmoqda. Tez tibbiy yordam markazi rahbariyati “Gazeta.uz”ga xodim faoliyati bo‘yicha tekshiruv tayinlangani va ishchi guruh ekpertiza o‘tkazayotganini ma’lum qildi. SSV vakili “Bu ochiq qoladigan masala emas”, deya ta’kidladi.
Poytaxtdagi 217-maktabda ikki sinfdosh janjal oqibatida mushtlashdi. Direktor bolalarning biriga tanbeh berarkan, uni tepib, haqorat qildi va yuziga tarsaki tushirdi. Holatni huquq-tartibot idoralari o‘rganyapti. Maktab boshqarmasi voqeani qoralab, bu “pedagog obro‘siga putur yetkazishini” ta’kidladi.
“Adolat” partiyasi Chilonzor tumanidagi uy va do‘konlarda “renovatsiya” o‘tkazish haqidagi qaror loyihasiga munosabat bildirdi. Partiya “renovatsiya”ning mustahkam qonunchilik asoslari bo‘lmaguncha uning asosida Toshkent shahrida yangi qurilishlarni amalga oshirishga qarshi chiqdi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, kinorejissyor Xayrulla Jo‘rayev 78 yoshida vafot etdi. U 1992−1996-yillarda Davlat kinokompaniyasining raisi, prezidentning davlat maslahatchisi va madaniyat ishlari vaziri lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Shuxrat Sadikov Advokatlar palatasi raisi etib saylandi. U shu paytga qadar palata raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.
Samarqandda Instagram orqali moliyaviy piramida tashkil etganlikda gumonlangan shaxslar qo‘lga olindi. Ular 20 foiz to‘lov qilib, 5 xil turdagi kreditlarni uzoq muddatga olish mumkinligi haqida e’lonlar berib kelgani aytilmoqda. 45 nafar fuqarodan dastlabki to‘lov sifatida 479 mln so‘m olgani aniqlandi.
1991-yil 18-noyabr kuni O‘zbekiston ramzlaridan biri — Davlat bayrog‘i qabul qilingan edi. Ushbu tarixiy sana munosabati bilan “Gazeta.uz” bayroqlar haqida test tayyorladi.
Prezident Toshkent shahridagi Yangi O‘zbekiston ko‘chasi va 4R12 avtomobil yo‘li chorrahasida bunyod etiladigan yo‘l o‘tkazgich loyihasi bilan tanishdi. Loyihaga ko‘ra, 1 ta ko‘prik, 3 ta tunnel, 4 tadan aylanma va qo‘shimcha yo‘llar quriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting