Jamiyat

Toshkent viloyatida gaz ta’minoti bosh muhandisi pora olishda gumonlanmoqda
10 iyul 2024, 09:22

Toshkent viloyatida gaz ta’minoti bosh muhandisi pora olishda gumonlanmoqda

“O‘rta Chirchiq tumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi bosh muhandisi 8,5 ming dollar pora olishda gumonlanib ushlandi. U tadbirkorga sexni gaz tarmog‘iga ulashga ruxsat berishini va elektron hisoblagich o‘rnatib berishini aytgan.

9-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
9 iyul 2024, 23:02

9-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Endi xalq deputatlari kengashi raisi bo‘lolmaydigan hokimlar, JB vakolatxonasi rahbarining O‘zbekistonga tavsiyalari, jarimalar miqdorini ko‘rib chiqish taklifi, Afg‘oniston bilan yuk tashuvlar to‘lovini kamaytirish bo‘yicha muzokaralar va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Agrippina Shin Toshkentdagi Puchon universiteti rektori bo‘ldi
9 iyul 2024, 21:32

Agrippina Shin Toshkentdagi Puchon universiteti rektori bo‘ldi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri birinchi o‘rinbosari, maktabgacha ta’lim vaziri lavozimlarida ishlagan Agrippina Shin Toshkentdagi Puchon universiteti rektori etib tayinlandi.

Bir oy Toshkentdan deyarli barcha poyezdlar Janubiy vokzal orqali jo‘naydi
9 iyul 2024, 21:04

Bir oy Toshkentdan deyarli barcha poyezdlar Janubiy vokzal orqali jo‘naydi

Toshkent Markaziy (Shimoliy) vokzali orqali harakatlanuvchi deyarli barcha poyezdlar 15-iyuldan 15-avgustgacha Janubiy vokzaldan jo‘naydi. Olmaota, Novosibirsk, Samara va Xo‘jakentga reyslar — istisno.

Yunusoboddagi quvur yorilishi oqibatida qariyb 85 ming kub metr ichimlik suvi yo‘qotilgan
9 iyul 2024, 20:39

Yunusoboddagi quvur yorilishi oqibatida qariyb 85 ming kub metr ichimlik suvi yo‘qotilgan

Yunusobodda suv quvuri yorilishi oqibatida 80−85 ming kub metr ichimlik suvi yo‘qotilgan. Bu poytaxtga bir kunda uzatiladigan ichimlik suvining 3,2 foizini tashkil qiladi. “Yo‘qotilgan suv zarari iste’molchilar tomonidan qoplanmaydi”, — dedi “O‘zsuvta'minot” vakili.

Toshkentda yosh bola suv quvuriga tushib ketib halok bo‘ldi
9 iyul 2024, 19:48

Toshkentda yosh bola suv quvuriga tushib ketib halok bo‘ldi

Poytaxtda 6 yoshli bola suv bilan to‘ldirilgan kanalizatsiya qudug‘iga tushib ketib halok bo‘ldi. Bosh prokuraturaning xabar berishicha, issiq suv quvurini ta’mirlayotgan ishchilar kovlagan chuqur ochiq va to‘siqsiz qoldirilgan.

Toshkentdagi 1-shahar klinikasi binosiga zarar yetdi. Bemorlar boshqa tarafga ko‘chirildi
9 iyul 2024, 18:13

Toshkentdagi 1-shahar klinikasi binosiga zarar yetdi. Bemorlar boshqa tarafga ko‘chirildi

Poytaxtdagi Ibn Sino nomidagi 1-sonli shahar klinik shifoxonasi binosining to‘siniga darz ketdi. Bemorlarning bir qismi boshqa tarafga ko‘chirildi. Beton konstruksiyalar tushirib tashlandi, bosh shifokor “muassasa o‘z funksiyasini to‘liq bajarayotganini” bildirdi.

Samarqandda ayiqlar chorvaga hujum qilib, 4 ta echkini yeb qo‘ydi
9 iyul 2024, 16:49

Samarqandda ayiqlar chorvaga hujum qilib, 4 ta echkini yeb qo‘ydi

Urgut tumanida 3 ta ayiq chorvaga hujum qilib, 4 bosh echkini yeb qo‘ydi. Cho‘ponlarga yoki ayiqlarga talafot yetmagan. Holat nazoratga olingan.

Ma’muriy jarimalarning huquqbuzarliklarga mutanosibligini qayta ko‘rib chiqish taklif etilmoqda
9 iyul 2024, 15:06

Ma’muriy jarimalarning huquqbuzarliklarga mutanosibligini qayta ko‘rib chiqish taklif etilmoqda

Strategik islohotlar agentligi ma’muriy jarimalar miqdorining huquqbuzarliklarga mutanosibligini qayta ko‘rib chiqishni taklif qildi. Masalan, avtomobil oynalarini ruxsatsiz qoraytirganlik uchun 8,5 mln so‘m, mashinalarning piyodalar yo‘laklarida harakatlangani uchun 170 ming so‘m jarima solinadi.

Qashqadaryoda mast haydovchi pichoqlagan IIB katta inspektori vafot etdi
9 iyul 2024, 14:56

Qashqadaryoda mast haydovchi pichoqlagan IIB katta inspektori vafot etdi

Ko‘kdala tumani IIB katta inspektori mast haydovchining pichoq bilan jarohat yetkazgani oqibatida vafot etdi. Holat yuzasidan Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, gumonlanuvchi ushlandi.

Toshkent viloyatida tog‘da jarohat olgan fuqaro qutqarildi
9 iyul 2024, 12:15

Toshkent viloyatida tog‘da jarohat olgan fuqaro qutqarildi

Bo‘stonliq tumanida “Qulosoy” sharsharasi yaqiniga sayohatga chiqqan uch fuqarodan biri oyog‘idan jarohatlandi. Ular FVB tomonidan xavfsiz hududga olib tushilib, jarohat olgan kishiga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda unga uyiga ruxsat berilgan.

Yandex Go Toshkent shahrida elektrosamokatlarni ijaraga bera boshladi
9 iyul 2024, 11:59

Yandex Go Toshkent shahrida elektrosamokatlarni ijaraga bera boshladi

Yandex Go Toshkentda elektrosamokatlarni ijaraga berish xizmatini ishga tushirdi. Odamlar gavjum joylarda skuterlar tezlikni avtomatik ravishda pasaytiradi. Ularni 18 yoshdan boshlab ijaraga olish mumkin. Sayohat paytida foydalanuvchilarning hayoti va sog‘lig‘i sug‘urtalanadi.

HET elektr iste’moli uchun ijtimoiy normani hisoblash tartibini tushuntirdi
9 iyul 2024, 10:45

HET elektr iste’moli uchun ijtimoiy normani hisoblash tartibini tushuntirdi

Tarmoqlarda iste’molchilarning elektr energiyasini hisobga olish uskunalari iste’molni ijtimoiy norma doirasida noto‘g‘ri hisoblayotgani haqidagi shikoyatlari tarqalmoqda. HET nima uchun bunday bo‘layotganini tushuntirdi.

Samarqandda Nexia kanalga tushib ketdi (video)
9 iyul 2024, 09:15

Samarqandda Nexia kanalga tushib ketdi (video)

Samarqand shahridan oqib o‘tuvchi Siyob kanaliga Nexia 2 avtomobili tushib ketdi. Voqeaga haydovchining boshqaruvni yo‘qotishi sabab bo‘lgan. FVB xodimlari mashinani chiqarib oldi.

Abituriyentlarga ruxsatnomalar berish boshlandi
9 iyul 2024, 08:45

Abituriyentlarga ruxsatnomalar berish boshlandi

9-iyuldan abituriyentlarga ruxsatnomalar berish boshlandi. Uni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport ma’lumotlarini kiritgan holda olish mumkin.

Farg‘onada Lacetti va “Jiguli” to‘qnashuvida haydovchilardan biri halok bo‘ldi
8 iyul 2024, 23:41

Farg‘onada Lacetti va “Jiguli” to‘qnashuvida haydovchilardan biri halok bo‘ldi

Farg‘ona viloyati Quva tumanida boshqaruvni yo‘qotgan Lacetti qarshisidan kelayotgan VAZ-2101 bilan to‘qnashdi. Oqibatda “Jiguli” haydovchisi voqea joyida halok bo‘ldi. Yana bir haydovchi va yo‘lovchi shifoxonaga yotqizildi.

8-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
8 iyul 2024, 22:06

8-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

O‘g‘itlar narxini asossiz oshirgan Maxam-Chirchiq, Toshkentda ochiladigan Yandex Uzbekistan ofisi, Yunusobodda “reyd” o‘tkazgan hokim, “Mening bog‘im” loyihasi g‘oliblari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

“Fransiya o‘zbek fotosuratchisi nigohida” nomli ko‘rgazmadan reportaj
8 iyul 2024, 20:10

“Fransiya o‘zbek fotosuratchisi nigohida” nomli ko‘rgazmadan reportaj

Toshkent Fotosuratlar uyida balet san’atini suratga tushirishi bilan tanilgan Bobur Alimxo‘jayevning “Fransiya o‘zbek fotosuratchisi nigohida” nomli ko‘rgazmasi ochildi. Bunda ijodkorning faqat plyonkali fotoappartda olingan 44 ta ishi namoyishga qo‘yilgan.

Andijonda Cobalt “peshexod”dan o‘tayotgan 10 yoshli qizni urib yubordi
8 iyul 2024, 19:57

Andijonda Cobalt “peshexod"dan o‘tayotgan 10 yoshli qizni urib yubordi

Andijon shahrida Cobalt haydovchisi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan voyaga yetmagan qizni urib yubordi. Jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizildi.

Tojikistonda yuz bergan zilzila kuchi O‘zbekiston janubida ham sezildi
8 iyul 2024, 18:28

Tojikistonda yuz bergan zilzila kuchi O‘zbekiston janubida ham sezildi

Tojikistonda soat 18:04 da sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryo viloyati tumanlarida ham sezildi (2−3 ball).


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting