Dehqonobod tumanida 43 ta echkiemar esa o‘ldirilib, terisi shilib olgan shaxs aniqlandi. Unga nisbatan 3 yil ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi.
Toshkent shahar hokimligi poytaxtdagi noqonuniy bino va inshootlarni demontaj qilish ishlari boshlanganini ma’lum qildi. Hokimlik shahar hududida maishiy va tijorat binolariga ega bo‘lgan aholini hujjatlarning shaharsozlik me’yorlariga muvofiqligini yana bir bor sinchiklab tekshirishga chaqirdi.
Poytaxt markazidagi “Moskva” ko‘p qavatli uylari aholisiga binolarning tashqi qiyofasini yangilash rejalari haqida ma’lumot berilgani ularda xavotir va savollar tug‘dirdi. Shahar hokimligining “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, ko‘rsatilgan eskizlar hali tasdiqlanmagan va loyiha aholi bilan muhokama qilinadi.
Farg‘ona shahri hayvonot bog‘idagi zebra nobud bo‘ldi. 12 yil yashagan jonzot qarib o‘lgani aytilmoqda. Mazkur bog‘da yil boshida jirafa ham nobud bo‘lgandi.
Toshkent xalqaro aeroportida beshinchi rasmiy spotting-tur bo‘ldi. Unda O‘zbekistonning turli shaharlaridan, shuningdek, Rossiya, Qozog‘iston va Belarusdan 50 ga yaqin spotter qatnashdi. Foto.
O‘zbekiston maktablarida kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi. II chorak o‘qishning birinchi kuni 10-noyabrga to‘g‘ri keladi.
Qashqadaryo viloyatining Sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabariga ko‘ra, avtobusdagi portlash oqibatida 8 kishi kasalxonaga yotqizilgan, ulardan 4 nafari reanimatsiyada. 16 nafar jabrlanganlarga ambulator yordam ko‘rsatildi.
Shavkat Mirziyoyev Butunjahon turizm tashkiloti (YUNVTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasi ochilish marosimida ishtirok etish uchun Samarqandga tashrif buyuradi.
O‘zbekistonda hafta oxirigacha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat ko‘tarilib, haftaning ikkinchi yarmida +22…+25 darajagacha iliq bo‘ladi. Kechasi va ertalab ham havo ancha iliq, +7…+12 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Muborak tumanida Isuzu avtobusining gaz balloni portlab, 4 kishi o‘rta og‘ir darajada jarohat oldi. Hodisa sababli hech kim halok bo‘lmagan, deyiladi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabarida.
Singapurda o‘tgan First Global Challenge robototexnika chempionatida o‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Isroilning Xolon texnologiya institutida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar vatanga qaytarildi. Ular o‘qishni onlayn davom ettirishadi.
“Gazeta.uz” e’tibor qaratgan Qashqadaryodan 60 tonna chigit olib chiqishda taqiqqa uchragan jizzaxlik tadbirkor muammosi hal etildi. Bu haqda Biznes ombudsman ma’lum qildi. Avvalroq deputatlar shu masala yuzasidan viloyat hokimligi va IIVga so‘rov yuborgandi.
Huquq-tartibot idoralari iyul oyi oxirida tovlamachilikda ayblanib hibsga olingan bloger Olimjon Haydarov ustidan tergovni yakunlab, ishni sudga yuborgan. Unga tuhmat va haqorat kabi yangi ayblovlari qo‘yilgan.
Toshkentdagi piyodalar o‘tish joyida 18 yoshli Spark haydovchisi Hindistonning uch nafar fuqarosini urib yubordi. Piyodalar turli tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizildi.
Sosiska va pishloqli yoki pomidor va mol go‘shtidan qilingan vetchinali pitsa, yopiq “Salzone”, “Sezar”, “Margarita” hamda “Pepperoni” va boshqalar — ZIra.uz mazali pitsa tayyorlash retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Jizzaxlik tadbirkor Qashqadaryodan 60 tonna chigitini olib chiqishda taqiqqa uchragani haqida yozgandik. Holat yuzasidan O‘zLiDeP deputatlari To‘lqinjon Karimov va Batirbek To‘razoda Qashqadaryo viloyati hokimligi va Ichki ishlar vazirligiga deputatlik so‘rovi yubordi.
Toshkentning Yunusobod tumanida Spark haydovchisi piyodalar o‘tish joyida 70 yoshli ayolni urib yubordi. Jabrlanuvchi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan, tergovga qadar tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qashqadaryoning Mirishkor tumanida bir erkak baliq ovlash vaqtida cho‘kib ketdi. Uning jasadi Sechanko‘l sun’iy suv omboridan topilgan. Sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Poytaxtda havo harorati keskin pasayib, +10 darajagacha tushdi. 13-oktabrga o‘tar kechasi yomg‘ir yog‘ib, kunduzi tomchilab turdi. Salqin tushishi bilan haqiqiy kuz kirib kelganini his qilish mumkin. Toshkentning kuzgi ko‘chalari — “Gazeta.uz” fotomuxbiri Yevgeniy Sorochin obyektivida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting