Jamiyat

Surxondaryodagi “zapravka”da “Jiguli” portlashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
23 oktabr 2023, 11:56

Surxondaryodagi “zapravka”da “Jiguli” portlashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Denov tumanidagi gaz quyish shoxobchasida “VAZ-2106” avtomashinasining gaz balloni portladi. Oqibatda yonilg‘i quyish shoxobchasi xodimi va bir haydovchi halok bo‘ldi.

Hafta o‘rtasigacha havo iliq bo‘ladi, payshanba kuni esa yana yomg‘ir yog‘adi
23 oktabr 2023, 11:19

Hafta o‘rtasigacha havo iliq bo‘ladi, payshanba kuni esa yana yomg‘ir yog‘adi

24−25-oktabr kunlari O‘zbekistonning barcha hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat ko‘tarilib, +22…+25 darajagacha isiydi. Ammo payshanba kuni Volgabo‘yidan nam havoning yangi qismi kirib kelib, ayrim hududlarda yana yomg‘ir yog‘adi, harorat +15…+20 darajagacha pasayadi.

Toshkentdagi 160-maktab o‘qituvchilari prezidentga murojaat qildi
23 oktabr 2023, 10:57

Toshkentdagi 160-maktab o‘qituvchilari prezidentga murojaat qildi

Toshkentdagi 160-maktab o‘qituvchilari asossiz tekshiruvlar ortidan maktab direktori ishdan bo‘shatilganini aytib, prezidentga murojaat qildi. Maktab ta’limi boshqarmasi ta’lim-tarbiya jarayoni sifati keskin pasaygani va tekshiruvlar prokuratura tomonidan o‘tkazilganini qayd etdi.

Navoiyda mayning ferma davlatga 24 mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazgani aniqlandi
23 oktabr 2023, 10:40

Navoiyda mayning ferma davlatga 24 mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazgani aniqlandi

Navoiy viloyatida davlat manfaatlariga 24,4 mlrd so‘mdan ziyod zarar keltirgan noqonuniy mayning ferma aniqlandi.

Toshkent viloyatida oltita mashina to‘qnashib ketdi (video)
23 oktabr 2023, 09:19

Toshkent viloyatida oltita mashina to‘qnashib ketdi (video)

Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida oltita avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, hech kim jiddiy jarohat olmagan.

O‘zbekiston Qahramoni Jonsaid Turdiyev vafot etdi
22 oktabr 2023, 09:19

O‘zbekiston Qahramoni Jonsaid Turdiyev vafot etdi

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tizimida qariyb 30 yil ekskavator mashinisti sifatida ishlagan O‘zbekiston Qahramoni Jonsaid Turdiyev 69 yoshida vafot etdi.

MDIS Tashkent abituriyentlar uchun qishki qabulni boshladi
21 oktabr 2023, 17:00

MDIS Tashkent abituriyentlar uchun qishki qabulni boshladi

25-noyabrgacha MDIS Tashkent`da 2023−2024 o‘quv yillari uchun qishki qabul davom etadi. Shuningdek, 4,5 — 5,0 ballik IELTS sertifikatiga ega abituriyentlar intensiv tayyorlov kurslariga yozilishlari mumkin.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 24/7 rejimida ishlashni to‘xtatdi
21 oktabr 2023, 15:15

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 24/7 rejimida ishlashni to‘xtatdi

20-oktabrdan Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona tunu kun ishlash rejimini to‘xtatdi. Ma’muriyatning “Gazeta.uz”ga bildirishicha, qaror kuz-qish mavsumida elektrni tejash, tunda ishlash uchun qo‘shimcha shtatlar ajratilmagani, shuningdek, foydalanuvchilarni nazorat qilish imkoni cheklangani uchun qabul qilingan.

Bolalar bog‘chasiga yo‘llanma olish tartibi soddalashdi
21 oktabr 2023, 10:41

Bolalar bog‘chasiga yo‘llanma olish tartibi soddalashdi

Bolalar bog‘chasiga yo‘llanma olish uchun endi Davlat xizmatlari markaziga borish shart emas. Yo‘llanmani shakllantirishda ota-onaga bog‘cha rahbariga ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan SMS kod yuboriladi. Bu vaqtni va hisob-kitoblarga ko‘ra, yiliga 6 tonna qog‘ozni tejaydi.

Nima tayyorlaymiz: Non
21 oktabr 2023, 09:50

Nima tayyorlaymiz: Non

Nonni faqat tandirda emas, qozonda ham yopish mumkin. Qovurilgan piyoz solib yoki xamirturushsiz tayyorlasa ham bo‘ladi. Zira.uz turkcha, irlandcha, yaponcha sutli nonlarni tayyorlash usullarini taqdim etadi. Retsept.

O‘zbekistonda saytlarni buzish holatlari bo‘lganmi? Xavfsizlik bo‘yicha ekspert izohi
20 oktabr 2023, 23:00

O‘zbekistonda saytlarni buzish holatlari bo‘lganmi? Xavfsizlik bo‘yicha ekspert izohi

O‘zbekistonda qator saytlardan foydalanuvchi ma’lumotlari sizib chiqqani ma’lum bo‘ldi. ONESEC direktori Dmitriy Paleyevning “Gazeta.uz”ga aytishicha, gap buzib kirish haqida emas, balki stilerlar — brauzerlardan autentifikatsiya ma’lumotlarini o‘g‘irlaydigan viruslarning eski bazasi haqida bormoqda.

Toshkentda dam olish kunlari qayerlarga borish mumkin?
20 oktabr 2023, 20:05

Toshkentda dam olish kunlari qayerlarga borish mumkin?

Oltita kinopremyera, Eco-niyat yarmarkasi, Offroad-tadbiri, Rhythm of the Dance shousi, Mot konserti, Tashkent Modernism. Index ko‘rgazmasi, bolalar uchun ko‘ngilochar dasturlar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

Shahar ko‘chalarida kunduzi yuk mashinalar harakatlanishini cheklash taklif etilmoqda
20 oktabr 2023, 17:59

Shahar ko‘chalarida kunduzi yuk mashinalar harakatlanishini cheklash taklif etilmoqda

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida mahalliy ahamiyatga ega umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, shaharlar va boshqa aholi punktlarining ko‘chalarida og‘ir yuklarni tashuvchi avtotransport vositalari harakatini soat 08:00 dan 22:00 ga qadar cheklash taklif etilmoqda.

MUNIS loyihasi amalga oshirilishiga qaratilgan panel sessiya bo‘lib o‘tdi
20 oktabr 2023, 17:00

MUNIS loyihasi amalga oshirilishiga qaratilgan panel sessiya bo‘lib o‘tdi

InnoWeek.Uz-2023 xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida “MUNIS loyihasining amalga oshirilishi: joriy va kelgusi rejalar” mavzusidagi panel sessiyasi tashkil qilindi.

Toshkent aeroporti estakadasida belgilangan vaqtdan ko‘p turgan mashinalarga jarima yoziladi
20 oktabr 2023, 16:38

Toshkent aeroporti estakadasida belgilangan vaqtdan ko‘p turgan mashinalarga jarima yoziladi

1-noyabrdan Toshkent aeroporti estakadasida belgilangan vaqt (yengil avtomobillar 5 daqiqa, turistik avtobus va mikroavtobuslar 10 daqiqa)dan ko‘p turgan mashinalarga jarima yoziladi. Jarima sariq chiziqda to‘xtagan haydovchilarga ham belgilanadi.

“Dok-1 Maks” ishi: O‘zbekistonlik mansabdor Hindistonning yana 11 ta dorisini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 88 ming dollar so‘ragani aytildi
20 oktabr 2023, 16:23

“Dok-1 Maks” ishi: O‘zbekistonlik mansabdor Hindistonning yana 11 ta dorisini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 88 ming dollar so‘ragani aytildi

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sudda o‘zbekistonlik amaldorlar hindistonlik yana bir ishlab chiqaruvchining 11 ta dori vositasini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 88 ming dollar talab qilib, oldindan 50 ming dollar olgani ma’lum qilindi.

Qishloq xo‘jaligidagi suvning 36 foizi tuproqli kanal va ariqlarda yo‘qoladi — prezident
20 oktabr 2023, 15:58 1

Qishloq xo‘jaligidagi suvning 36 foizi tuproqli kanal va ariqlarda yo‘qoladi — prezident

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida yil davomida 39 mlrd kub metr suv iste’mol qilingan. Shundan 36 foizi yoki 14 mlrd kub metri tuproq o‘zanli kanal va ariqlarda yo‘qolgan, dedi prezident. Yana 5−6 mlrd kub metr suv sug‘orishning eskirgan usullari tufayli yo‘qotilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahriga tashrif buyurgan Xavfsizlik kengashlari kotiblariga murojaat yo‘lladi
20 oktabr 2023, 12:52

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahriga tashrif buyurgan Xavfsizlik kengashlari kotiblariga murojaat yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev “mintaqaviy xavfsizlikka qarshi tahdidlar kuchayib, yangi xatarlar vujudga kelayotgan” davrda Toshkentda o‘tkazilayotgan Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining 2-yig‘ilishi ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi.

Foto: AQSh universitetlari yarmarkasi Toshkent yoshlarida katta qiziqish uyg‘otdi
20 oktabr 2023, 12:06

Foto: AQSh universitetlari yarmarkasi Toshkent yoshlarida katta qiziqish uyg‘otdi

Ilk bor Toshkentda AQShda o‘qishga qiziquvchi yoshlar uchun EducationUSA mintaqaviy forumi va Amerikaning 50 dan ortiq universitetlari ishtirokida yarmarka bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 1200 ga yaqin yoshlar qatnashdi.

Samarqandda 3 nafar farzandini o‘ldirgan erkak umrbod ozodlikdan mahrum qilindi
20 oktabr 2023, 11:31

Samarqandda 3 nafar farzandini o‘ldirgan erkak umrbod ozodlikdan mahrum qilindi

Samarqand viloyatida Isroilda ishlab kelayotgan turmush o‘rtog‘i bilan telefon orqali janjallashgandan so‘ng 3 nafar voyaga yetmagan farzandini o‘ldirgan 36 yoshli erkak umrbod ozodlikdan mahrum qilindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting