Jamiyat

Maktab direktorlari va ularning o‘rinbosarlari maoshini oshirish rejalashtirilyapti — prezident
29 avgust 2023, 10:41

Maktab direktorlari va ularning o‘rinbosarlari maoshini oshirish rejalashtirilyapti — prezident

2024-yildan sertifikatsiyadan o‘tgan direktorlar oyligini 50 foizga, ularning o‘rinbosarlari ish haqini esa 30 foizga oshirish reja qilinyapti, deya ma’lum qildi prezident. Og‘ir maktablar uchun davlat granti asosida maqsadli pedagoglarni tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
29 avgust 2023, 10:19

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

30−31-avgust kunlari kutilayotgan yomg‘irlar sababli O‘zbekistonning 7 ta viloyatida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Pxuketdan Moskvaga uchayotgan samolyot Toshkent aeroportiga favqulodda qo‘ndi
29 avgust 2023, 09:40

Pxuketdan Moskvaga uchayotgan samolyot Toshkent aeroportiga favqulodda qo‘ndi

Azur Air aviakompaniyasining Pxuketdan Moskvaga uchayotgan samolyoti Toshkentga favqulodda qo‘ndi. Bunga yo‘lovchining sog‘lig‘i yomonlashgani sabab bo‘ldi. U shifoxonaga yotqizilganidan so‘ng samolyot Moskvaga jo‘nab ketdi.

O‘zbekistonda o‘qituvchilarga malaka toifasini berish 2 bosqichda amalga oshiriladi
29 avgust 2023, 09:24

O‘zbekistonda o‘qituvchilarga malaka toifasini berish 2 bosqichda amalga oshiriladi

O‘zbekistonda o‘qituvchilarga malaka toifasini berish ikki bosqichda — dastlab pedagogning bilimi, so‘ngra metodikasini tekshirish orqali amalga oshiriladi. Oliy ta’lim vazirligida pedagogik ta’limga mas’ul vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi.

Toshkentda restavratsiyadan chiqqan Respublika bolalar kutubxonasi 31-avgust kuni ochiladi
28 avgust 2023, 20:30

Toshkentda restavratsiyadan chiqqan Respublika bolalar kutubxonasi 31-avgust kuni ochiladi

31-avgust kuni Toshkentdagi Respublika bolalar kutubxonasining restavratsiyadan chiqqan tarixiy binosi ochiladi, poytaxt aholisi va mehmonlari ochiq eshiklar kuniga taklif etildi. Kitob fondi 21 ming jild bilan to‘ldirildi, kutubxonada kovorking maydoni va raqamli kontent bilan ishlash studiyasi paydo bo‘ldi.

Maktablarda yuqori sinfda o‘qitiladigan fanlar 16 tadan 11 taga qisqaradi
28 avgust 2023, 18:48 3

Maktablarda yuqori sinfda o‘qitiladigan fanlar 16 tadan 11 taga qisqaradi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston maktablarida yuqori sinfda o‘qitiladigan fanlar 16 tadan 11 taga qisqarishini ma’lum qildi. 10−11 sinf o‘quvchilari uchun esa qaysi oliygohga kirishiga qarab, tegishli fanlar chuqurlashtirib o‘qitiladi. Kasb-hunar ham maktabning o‘zida o‘rgatila boshlanadi.

Mustaqillik bayrami sababli pensiya to‘lovlari oldindan to‘lab beriladi
28 avgust 2023, 15:24

Mustaqillik bayrami sababli pensiya to‘lovlari oldindan to‘lab beriladi

Mustaqillik bayrami munosabati bilan sentabr uchun pensiya va nafaqa to‘lovlari (naqdsiz shaklda) 29−31-avgust kunlari plastik kartalarga o‘tkazib beriladi. Pullar naqd shaklda oluvchilarga 4-sentabrdan yetkazib beriladi.

“Dok-1 Maks” qonuniy ro‘yxatdan o‘tganda ham, undagi zaharli moddalarni aniqlab bo‘lmasdi — sudlanuvchi
28 avgust 2023, 14:07

“Dok-1 Maks” qonuniy ro‘yxatdan o‘tganda ham, undagi zaharli moddalarni aniqlab bo‘lmasdi — sudlanuvchi

Farmatsevtika agentligining sobiq rahbari S.K. “Dok-1 Maks” siropi qonuniy hujjatlar bilan ro‘yxatdan o‘tganda ham, undagi zaharli moddalarni aniqlab bo‘lmasligini ta’kidladi. U O‘zbekistonda dori ishlab chiqarish va tekshirish bo‘yicha belgilangan amaldagi tartibning ishonchsizligiga sha’ma qildi.

“MET” tunda Toshkent xalqaro aeroporti elektr ta’minotidan to‘liq uzilganini rad etdi
28 avgust 2023, 13:30

“MET” tunda Toshkent xalqaro aeroporti elektr ta’minotidan to‘liq uzilganini rad etdi

“Milliy elektr tarmoqlari” Toshkent xalqaro aeroporti tunda elektr ta’minotidan to‘liq uzilganini rad etib, 4 ta tarmoqdan faqat 3 tasida uzilish kuzatilganini ma’lum qildi. “MET” Uzbekistan Airports`ga 35 kVlik hamda zaxira tarmoqning ishchi holatini saqlash maqsadga muvofiqligini ham tushuntirdi.

“Dok-1 Maks” ishi. Sudlanuvchi — $33 ming pora haqida
28 avgust 2023, 13:21

“Dok-1 Maks” ishi. Sudlanuvchi — $33 ming pora haqida

Farmatsevtika agentligining sobiq xodimi “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sudda agentlik sobiq rahbari ikkita kompaniyaga tayinlangan inspeksion tekshiruvni bekor qilish bo‘yicha topshiriq berganini aytdi. Amaldor esa buni inkor qilib, hujjatga bilmasdan imzo qo‘yib yuborgan bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

“Darslarni paltoda o‘tkazmaslikni orzu qilamiz”. O‘zbekiston qishloq maktablari qanday isitilmoqda va bolalarni issiqlik bilan ta’minlash mumkinmi?
28 avgust 2023, 11:50

“Darslarni paltoda o‘tkazmaslikni orzu qilamiz”. O‘zbekiston qishloq maktablari qanday isitilmoqda va bolalarni issiqlik bilan ta’minlash mumkinmi?

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilarining 60 foizdan ortig‘i qishda dars mashg‘ulotlarini kurtka va bosh kiyimlarda o‘tkazadi, chunki sinfxonalar sifatsiz ko‘mir yordamida isitiladi. Energiya inqirozi davrida sinfxonalarni ekologik xavfsiz tarzda isitishning imkoni bormi? “Gazeta.uz” reportaji.

Hafta davomida havo iliq bo‘lishi kutilmoqda
28 avgust 2023, 11:35

Hafta davomida havo iliq bo‘lishi kutilmoqda

O‘zbekistonda hafta davomida iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Harorat +25…+30 daraja atrofida bo‘ladi. Ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib o‘tishi mumkin.

Afg‘onistondagi zilzila kuchi O‘zbekistonning qator viloyatlarida sezildi
28 avgust 2023, 09:51

Afg‘onistondagi zilzila kuchi O‘zbekistonning qator viloyatlarida sezildi

Dushanba kuni Afg‘onistonda 5,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi O‘zbekistonning bir necha viloyatlari va Toshkent shahrida sezilib, 2−3 ballni tashkil etdi. O‘zbekistonda ketma-ket 3 kundan beri yer silkinishlari qayd etilmoqda.

Kvartiralar bilan bitimlar majburiy badallar bo‘yicha qarzlar bo‘lmagan taqdirdagina tasdiqlanadi
28 avgust 2023, 09:40

Kvartiralar bilan bitimlar majburiy badallar bo‘yicha qarzlar bo‘lmagan taqdirdagina tasdiqlanadi

2024-yildan O‘zbekistonda notariuslar kvartiralar bilan tuzilgan bitimlarni mulkdorning uy-joyni saqlash uchun majburiy badal yoki to‘lovlar bo‘yicha qarzi bo‘lmagan taqdirdagina tasdiqlaydi.

Toshkent aeroporti shahar podstansiyasidagi avariya tufayli elektrdan vaqtincha uzilib qoldi
28 avgust 2023, 05:54

Toshkent aeroporti shahar podstansiyasidagi avariya tufayli elektrdan vaqtincha uzilib qoldi

Shahar podstansiyasida avariya ro‘y bergani ortidan Toshkent aeroportida qisqa vaqtga elektr ta’minotida uzilish bo‘ldi. Bu parvozlarni ta’minlovchi obyektlar ta’minotiga ta’sir qilmadi. Parvozlarda kechikish kuzatilmadi. 15 daqiqa ichida quvvat tiklandi.

Toshkentda ichimlik suvi rejali o‘chiriladi — ro‘yxat
27 avgust 2023, 15:25

Toshkentda ichimlik suvi rejali o‘chiriladi — ro‘yxat

Toshkentning barcha tumanlarida 11-sentabr-13-oktabr kunlari rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari o‘tkazilishi munosabati bilan ichimlik suvi navbatma-navbat vaqtincha o‘chiriladi. Hududlarga maxsus texnikalarda suv yetkazib beriladi.

Eksportbop toshbaqalar saltanati. Yevropaga sotiladigan toshbaqalar Zangiotada qanday qilib ko‘paytirilmoqda?
27 avgust 2023, 15:00

Eksportbop toshbaqalar saltanati. Yevropaga sotiladigan toshbaqalar Zangiotada qanday qilib ko‘paytirilmoqda?

O‘zbekiston har yili o‘n minglab toshbaqa eksport qiladi. Ko‘pchilik bu toshbaqalar tabiat bag‘ridan yulib olinadi, deb o‘ylaydi. Afsuski, shunday kontrabandachilar ham yo‘q emas. Ammo toshbaqalarni pitomnikda ko‘paytiradiganlar ham bor. “Gazeta.uz” toshbaqalar tutqunlikda qanday ko‘paytirilishi haqida hikoya qiladi.

Toshkent viloyatida 3 ta yuk mashinasi va Cobalt to‘qnashdi
27 avgust 2023, 14:38

Toshkent viloyatida 3 ta yuk mashinasi va Cobalt to‘qnashdi

Angrenda Shacman yuk mashinasi Cobalt avtomobili hamda Volkswagen, Man yuk mashinalari bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida 2 nafar haydovchi va bir yo‘lovchi shifoxonaga yotqizildi.

“Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumiga ovoz berish boshlandi
27 avgust 2023, 13:39

“Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumiga ovoz berish boshlandi

“Tashabbusli budjet” loyihasining 2023-yil 2-mavsumidagi loyihalarga ovoz berish boshlandi. Jarayon 16-sentabrga qadar davom etadi. Loyihalar uchun 1,02 trln so‘m mablag‘ ajratilgan.

Andijon viloyatida zilzila sodir bo‘ldi
27 avgust 2023, 04:46

Andijon viloyatida zilzila sodir bo‘ldi

Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida zilzila qayd etildi. Viloyatda yer silkinishi 2−3 ballni tashkil etdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting