Muborak tumanidagi Xo‘ja Ravshan obidasi hududida Amir Temur davriga mansub qishloq xarobalari, xususan, 4 ta xona, koshin, sirlangan sopol, metalldan yasalgan xo‘jalik jihozlari topildi.
Toshkentda ro‘y bergan ikkita YTHda ikki piyoda halok bo‘ldi. Urbanistlar tomonidan bir necha bor tanqid qilingan sobiq Oqtepa aylanma yo‘lida 69 yoshli ayol urib yuborildi. Shuningdek, Qonunchilik palatasi binosi yonidagi tugatilgan, tartibga solinmagan o‘tish joyida yo‘lni kesib o‘tayotgan erkak halok bo‘ldi.
14-avgust kuni Dog‘istondagi yonilg‘i quyish shoxobchasi portlab, o‘nlab odamlar halok bo‘lgandi. Respublika rahbari ularning 4 nafari O‘zbekiston fuqarosi bo‘lganini bildirib, vafot etganlarning oilalariga 1 mln rubldan yordam ko‘rsatilishini qo‘shimcha qildi.
E’lon qilingan mandat, apellyatsiya arizalariga qabul, “Andijon” futbolchilariga mashina va iPhone14 va’da qilgan Shuhrat Abdurahmonov, Samarqandda fast fuddan zaharlangan 49 kishi, O‘zbekistondan Qatarga aviareys, bir ayolni zo‘rlagan 4 erkakka o‘qilgan sud hukmi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.
2024-yildan O‘zbekiston huquq-tartibot organlari uchun AQSh Davlat departamentining Antiterrorism Assistance dasturi doirasida terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus taktik o‘quv kurslari o‘tkaziladi.
Tojikiston bilan chegaradagi “Oybek” bojxona postida 55 kg ga yaqin giyohvandlik vositalarini O‘zbekistonga olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatib qolindi. U moddalarni gaz balloni va benzin bakiga yashirgan.
Dehqonobod tumanida 6 tup archa tagidan, 11 tup archaning esa yon shoxlari kesib tashlangani uchun o‘rmon qo‘riqchisiga 3,3 mln so‘m jarima qo‘llandi. Tabiatga 18 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.
Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov Superliganing 17-turi doirasidagi “Andijon” — “Olimpik” (2:1) o‘yinidan keyin futbolchilar bilan uchrashdi. U gol muallifi Rubin Hebayga istalgan avtomashinasini tanlashini, qolgan futbolchilarga esa iPhone 14 smartfonlari berilishini va’da qildi.
Shaharlararo va xalqaro yo‘nalishdagi avtobuslarga tungi vaqtda ham yo‘lovchi tashishga ruxsat beriladi. Bunda transport vositasi ish va dam olish vaqtini nazorat qiluvchi qurilma bilan jihozlanishi kerak. Avtobusga ichki ishlar organlari hamrohlik qilmaydi.
Samarqand shahrida 49 kishi xot dogdan zaharlanib, shifoxonaga yotqizildi. Ahvoli yaxshilangan 29 kishiga uyga javob berilgan. Ustidan shikoyat qilingan oshxona vaqtincha yopilib, mahsulotlari tekshirilmoqda.
21-avgust kuni EASYBOOKING kompaniyasi Centrum Air hamkorligida Toshkent-Doha (Qatar) yo‘nalishida ilk parvozni yo‘lga qo‘ydi. A-320 samolyotining birinchi yo‘lovchilari orasida “Navbahor” klubining muxlislari ham bor. Shuningdek, EASYBOOKING dastlabki 3 reys yo‘lovchilariga Qatar vizasini bepul taqdim etmoqda.
2024−2025 o‘quv yilidan IIV Akademiyasida xorijiy davlatlar ichki ishlar organlari (politsiya) kadrlari o‘qitiladi. Ular muassasaga imtihonlarsiz qabul qilinadi. Kvotalarni prezident belgilaydi.
Beshariq tumanida oilali ayolga zo‘rlik ishlatib, urib-do‘pposlagan va jinsiy ehtiyojlarini qondirgan 4 erkakning biri 9 yilga, ikki nafari 8 yilga, yana biri esa 7 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
OTMga qabul uchun test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellyatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi va u 31-avgustga qadar davom etadi. Shikoyatlarni ko‘rib chiqish 24-avgustdan boshlanadi.
22-avgust kechasi O‘zbekistonda OTMga qabul uchun yakuniy test natijalari e’lon qilindi. Abituriyentlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz va mandat.uzbmb.uz saytlari, abituriyent ID raqamini yuborgan holda @edtmmandatbot Telegram boti, ruxsatnoma QR-kodi hamda test natijalari qaydnomasi orqali bilishlari mumkin.
DXX va boshqa huquq-tartibot idoralari tomonidan 3,5 kilogrammdan ortiq “gashish” giyohvandlik moddasining noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq bir qancha holatlarga chek qo‘yildi, ularning asosiy qismi Qirg‘iziston va Tojikistondan O‘zbekistonga olib kirilgan.
Mustaqillik bayramiga ketma-ket 3 kun dam, Xitoyga gaz yetkazib berish hajmini oshirgan O‘zbekiston, o‘zini osib o‘ldirgan 20 yoshli kelin, narkotiklar ro‘yxatiga kirgan “Tapentadol”, Mirziyoyevning Ozarbayjonga tashrifi, Vengriyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.
Hukumat og‘riq qoldiruvchi “Tapentadol” dori vositasini O‘zbekistonda muomalasi cheklangan narkotiklar ro‘yxatiga kiritdi. “Gabapentin” esa ushbu sohada nazoratni kuchaytirish uchun TN VED kodlari beriladigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kiritildi.
2023-yilning o‘tgan davrida magistraturada o‘qiydigan 14,1 ming nafar xotin-qizning to‘lov-shartnomasi uchun 85,1 mlrd so‘m to‘lab berildi. 36 mingdan ziyod talaba xotin-qizga 335,5 mlrd so‘m foizsiz ta’lim krediti ajratildi.
Sergeli tumanida yangi Chery Sergeli dilerlik markazi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida brendning 10 nafar mijoziga avtomobil kalitlari hamda kompaniyadan esdalik sovg‘alari topshirildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting