O‘zbekistonda joriy hafta boshi iliqroq, o‘rtalari bulutli va sovuq (ba'zi viloyatlarda qor), oxirida esa harorat asta ko‘tarilib, quruq bo‘lishi kutilmoqda. 8-yanvarga o‘tar kechasi Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida qor yog‘ishi, harorat tunda -10 darajagacha pasayishi mumkin.
Sud Rossiya tomonida Ukrainaga qarshi kurashgan 22 yoshli o‘zbekistonlikni shartli jazoga hukm qildi. Ayblanuvchining aytishicha, u deportatsiya o‘rniga, shuningdek, moddiy ahvoli tufayli armiyaga qo‘shilishni tanlagan. Harbiy harakatlardagi ishtiroki uchun u medal va Rossiya fuqaroligini olgan.
Davlat organlari ochiqligini monitoring qilish tartibi, mahalla ichki yo‘llarida yetishtiriladigan agromahsulotlar, aholi uchun ijara to‘lovining yangi minimal stavkalari, Toshkentda 40 mln dollarga sotilgan yer uchastkasi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Samarqand viloyati Toyloq tumanidagi novvoyxona yashirin ravishda tarmoqqa ulanib, qariyb 1,33 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi. Holat bo‘yicha dalolatnoma tuzildi, daliliy ashyolar tegishli organlarga yuborildi.
O‘zbekiston sudi Rossiya tomonida turib Ukrainadagi urushda qatnashgan 39 yoshli erkakni 4 yil 2 oyga ozodlikdan chekladi. Ayblanuvchining aytishicha, janglarda u 10 dan ortiq ukrainalik askarni o‘ldirgan. Hukm, xususan, aybiga iqror bo‘lgani uchun yumshatildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda elektr energiyasi iste’moli 200 kVt/soatdan oshsa, har bir kilovatt uchun 900 so‘m emas, 540 so‘m to‘lanishi bo‘yicha yolg‘on ma’lumotlar tarqalmoqda, deya xabar qildi Energetika vazirligi. Limitdan oshgandagi qo‘shimcha to‘lov miqdori aholiga emas, tadbirkorlarga kamaygan.
Hukumat qarori bilan gaz holatidagi yoqilg‘ida ishlovchi apparatlarning xavfsizligi bo‘yicha texnik reglament tasdiqlandi. Hujjat bilan gaz yoqilg‘isida ishlovchi apparatlarning ro‘yxati tasdiqlanmoqda.
Toshkent avtobuslarida yo‘l haqi endi faqat karta va QR-kodli chiptalar bilan to‘lanadi. Bir martalik QR-kodli chiptani Paynet, MultiPay yoki Oson infokiosklaridan sotib olish mumkin. “Gazeta.uz” avtobus bekatida chipta olish amaliyotini sinab ko‘rdi. Bu vaqtda tizimdagi ayrim kamchiliklar ham yuzaga chiqdi.
Hukumat qarori bilan maktabgacha ta’lim tizimini raqamlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi belgilandi. Unga ko‘ra, xodimlar va tarbiyalanuvchilar davomati, oziq-ovqat xarajatlari “Bolalar bog‘chasi” axborot tizimi orqali hisobga olib boriladi.
Haydovchi Toshkentda BMW sport mototsiklida soatiga 310 km tezlikda harakatlanib, bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda video joylashtirdi. U tezlikni oshirgani uchun jarimaga tortildi.
“Bedana” qo‘shig‘i bilan xalqqa tanilgan xonanda Baxtiyor Sultonov 60 yoshida vafot etdi.
Nukus shahridagi FVVga qarashli harbiy qismda bir yillik xizmatni o‘tayotgan 19 yoshli askar 5 kishini pichoqladi. Oqibatda ulardan biri vafot etdi, qolganlariga shifoxonada tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Ish Harbiy prokuratura yurituviga olindi.
3-yanvar kuni Yugur.uz platformasida Men G‘olib Run ommaviy yugurish musobaqasiga ro‘yxatdan o‘tish boshlanadi. Har yillik sport tadbiri Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligini nishonlashga bag‘ishlanadi.
Shokolad va yalpizli tort, medovik, “Graf vayronalari”, “Napoleon” va boshqa tort retseptlari — Zira.uz jamlanmasida.
Prezident 2025-yilda Turkiston jadidlik harakati asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Mutafakkir hayotiga oid ijodiy uchrashuv, ilmiy konferensiya va tanlovlar o‘tkazilib, Qarshidagi ko‘chaga uning nomi beriladi.
O‘zbekistonda 2024-yildagi inflyatsiya, G‘ayrat Do‘stovning apellyatsiya sudi yakunlari, AES qurilishi bo‘yicha jamoatchilik eshituvlari, elektr va gazda biznes uchun oshirilgan limit va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Toshkent shahrida 5-yanvar kuni Qurolli Kuchlar 33 yilligi munosabati bilan Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya harbiy bo‘linmalarining namoyishkorona piyoda yurishlari o‘tkaziladi. Parad “G‘alaba bog‘i”dan boshlanib, Magic City’gacha davom etadi. Soat 11:00 dan 13:00 gacha bir qator ko‘chalar yopiladi.
Poytaxtdagi Botanika bog‘ida 1-yanvar kuni Markaziy Osiyo Yangi yil marafoni bo‘lib o‘tdi. U o‘ninchi yildirki, yangi yilning ilk kunida sportchi va havaskorlarni start chizig‘iga olib chiqib, o‘z orzulari sari yugurishga kuch bag‘ishlamoqda. Marafon ishtirokchilari va sehrli, do‘stona muhit — “Gazeta.uz” reportajida.
Sud apellyatsion instansiyasi metan-zapravka yopilgani haqidagi keskin nutqidan so‘ng 15 sutkaga qamalgan haydovchi G‘ayrat Do‘stovning hibs muddatini 8 sutkaga qisqartirdi va ozod qildi. Sudyaning qilgan ishidan pushaymonligi va holat janjalga arzishi haqidagi savoliga u “yo‘q, arzimaydi”, deb javob berdi.
Bekobod shahri IIB binosida 43 yoshli fuqaroni kaltaklab o‘ldirgan IIB xodimiga nisbatan sud hukmi o‘qildi. U 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting