Jamiyat

Yanvarda ob-havo qanday bo‘ladi?
27 dekabr 2024, 11:20

Yanvarda ob-havo qanday bo‘ladi?

Yanvar oyining birinchi yarmida O‘zbekiston bo‘yicha anomal sovuq kutilmayapti, deya xabar bermoqda O‘zgidromet. Harorat kechalari −8…+8, kunduz kunlari −2…+15 daraja atrofida bo‘ladi. Keyinchalik qisqa davrda havo kechasi −20 darajagacha pasayishi ehtimoli ham bor. Ayrim kunlarda yomg‘ir, qor yog‘ishi kutilmoqda.

Toshkentda havo sifati yana xavfli darajaga ko‘tarildi
27 dekabr 2024, 09:47 1

Toshkentda havo sifati yana xavfli darajaga ko‘tarildi

Juma kuni ertalabdan Toshkent yana IQAir xalqaro havo sifati monitoringi antireytingida yetakchilar qatoridan joy oldi. Toshkent va O‘zgidromet portallari ham PM2,5 ruxsat etilgan konsentratsiyadan oshib ketganini ko‘rsatmoqda. Bu borada hozircha hech qanday rasmiy bayonot yoki izoh berilmadi.

Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari Avazbek Ergashev vafot etdi
27 dekabr 2024, 09:37

Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari Avazbek Ergashev vafot etdi

Andijon viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Avazbek Ergashev 58 yoshida vafot etdi. U Qo‘rg‘ontepa tumani hokimi, Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari kabi lavozimlarda ham ishlagan.

Toshkentda bir kechada uchta YTH sodir bo‘ldi
27 dekabr 2024, 09:33

Toshkentda bir kechada uchta YTH sodir bo‘ldi

Toshkentning Uchtepa, Olmazor va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida 27-dekabrga o‘tar kechasi uchta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Oqibatda ikki haydovchi va bir yo‘lovchi jarohat olgan.

26-dekabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
26 dekabr 2024, 23:07

26-dekabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Nukus voqealari bo‘yicha komissiyaning parlamentga hisoboti, 2025-yilda YOTBga a’zo bo‘ladigan O‘zbekiston, kelasi yil uchun davlat budjetining asosiy ko‘rsatkichlari, Toshkent shahrining 2045-yilgacha bosh rejasi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Bir yilda 8 mingdan ortiq holatda energoresurslardan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
26 dekabr 2024, 22:34

Bir yilda 8 mingdan ortiq holatda energoresurslardan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

2024-yil davomida 8289 ta holatda elektr va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanildi, ularda 1 trln 409 mlrd so‘m zarar yetkazildi. Qoidabuzarlik qilgan 51 ta gaz zapravkaning litsenziyasi bekor bo‘ldi, 1,5 mingdan ortiq iste’molchiga bayonnoma tuzildi.

Toshkent — Chorvoq mavsumiy avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi
26 dekabr 2024, 20:34

Toshkent — Chorvoq mavsumiy avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Yangi yil munosabati bilan 28-dekabrdan 5-yanvargacha Toshkentdan Chorvoqqa mavsumiy avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Yutong transportlari soat 9:00 va 16:00 da “Mashinasozlar” bekatidan jo‘naydi. Yo‘lkira narxi — 20 ming so‘m.

O‘zbek-qozoq chegarasida neft mahsulotlari kontrabandasiga mo‘ljallangan tunnel aniqlandi
26 dekabr 2024, 18:47

O‘zbek-qozoq chegarasida neft mahsulotlari kontrabandasiga mo‘ljallangan tunnel aniqlandi

O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida uzunligi 450 m bo‘lgan tunnel topildi, undan kuniga 5−7 tonna yonilg‘i-moylash materiallari kontrabanda yo‘li bilan o‘tgan. Jinoiy guruhning barcha ishtirokchilari, jumladan, O‘zbekiston fuqarolari ham qo‘lga olindi.

O‘zbekistonliklar yangi yilni yana qorsiz kutib oladi
26 dekabr 2024, 15:44

O‘zbekistonliklar yangi yilni yana qorsiz kutib oladi

O‘zbekistonliklar bu yil ham yangi yilni qorsiz kutib oladi. 31-dekabr va 1-yanvar kunlari harorat kechalari 0…+5, kunduz kunlari +5…+10 daraja atrofida bo‘ladi, ba’zi joylarda 12 darajagacha isiydi.

O‘zbekistonda 2025-yil 1-yanvardan nimalar o‘zgaradi?
26 dekabr 2024, 15:30

O‘zbekistonda 2025-yil 1-yanvardan nimalar o‘zgaradi?

Bukmekerlik faoliyatiga ruxsat beriladi, poytaxtdagi jamoat transportida naqd shakldagi to‘lov narxlari oshadi, umumiy ovqatlanish korxonalariga QQSning bir qismi keshbek sifatida qaytariladi, madaniyat va san’at sohasi xodimlarining maoshi oshiriladi — 2025-yil 1-yanvardan nimalar o‘zgaradi?

Zomin aeroporti 27-dekabrdan yana ochiladi
26 dekabr 2024, 15:14

Zomin aeroporti 27-dekabrdan yana ochiladi

Yaqinda vaqtincha yopilgani xabar qilingan Zomin aeroporti 27-dekabrdan reyslarni qabul qilishni davom ettiradi. Silk Avia shu sanadan boshlab Toshkent — Zomin qatnovlarini qayta tiklashi haqida xabar berdi.

Havoni ifloslantiruvchi manbalarni bartaraf etish shu moddalarni atmosferaga chiqaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklandi
26 dekabr 2024, 14:19

Havoni ifloslantiruvchi manbalarni bartaraf etish shu moddalarni atmosferaga chiqaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklandi

Ekologiya vazirining buyrug‘i bilan atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan o‘tkazish hamda unga tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini belgilash to‘g‘risidagi yo‘riqnoma tasdiqlandi.

Hukumat Toshkent shahrining 2045-yilgacha bo‘lgan bosh rejasini tasdiqladi
26 dekabr 2024, 12:52

Hukumat Toshkent shahrining 2045-yilgacha bo‘lgan bosh rejasini tasdiqladi

Hukumat Toshkent shahrining 2045-yilgacha bo‘lgan bosh rejasini tasdiqladi. U aholi ehtiyojlari, ekologik zonalar va madaniy merosni muhofaza qilishni hisobga olgan holda shaharni rivojlantirishni nazarda tutadi. Bu davrda aholi soni 3 milliondan 7,4 millionga oshishi prognoz qilinmoqda.

M Cosmetic ”Kosmik” aksiyasini e’lon qilmoqda
26 dekabr 2024, 11:00

M Cosmetic "Kosmik" aksiyasini e’lon qilmoqda

Yangi yil arafasida M Cosmetic o‘z iliqligi va muhabbatini mijozlarga ulashishga shoshilmoqda va "Kosmik" aksiyani taqdim etmoqda.

Toshkent — Samarqand yangi tezyurar temiryo‘lining texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlash boshlandi
26 dekabr 2024, 10:36

Toshkent — Samarqand yangi tezyurar temiryo‘lining texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlash boshlandi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” Koreyaning Saman Corporation kompaniyasi bilan Toshkent — Samarqand yangi tezyurar temiryo‘lining texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlashni boshladi va ishchi guruh tuzishga kirishdi. Jarayon 2026-yilning mart oyigacha davom etishi kutilmoqda.

“Erkinlik berilgan joyda san’atkorlar hamma yerni rasvo qilyapti” — madaniyat vaziri
26 dekabr 2024, 09:58

“Erkinlik berilgan joyda san’atkorlar hamma yerni rasvo qilyapti” — madaniyat vaziri

Ozodbek Nazarbekov madaniyat sohasida davlat regulyator bo‘lmasligi haqidagi fikrlarga munosabat bildirarkan, sohani qushga qiyosladi va uni mahkam ushlash zarurligini ta’kidladi. “Erkinlik berilgan joyda san’atkorlar hamma yerni rasvo qilyapti”, — dedi u.

Yunusabad Residence tayyor kadastrli premium xonadonlarni taklif etadi
26 dekabr 2024, 09:00

Yunusabad Residence tayyor kadastrli premium xonadonlarni taklif etadi

Yunusabad Residence turar joy majmuasida tayyor kadastr, rivojlangan infratuzilma va 15 yilga qulay ipoteka shartlariga ega premium xonadonlar mavjud.

25-dekabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
25 dekabr 2024, 22:17

25-dekabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Bitta narx taklifida yakunlangan “Askiya” bozori auksioni, xususiy oliygohlarga “soliq” yuzasidan deputatlik so‘rovi, rekord darajadagi 75 ming dollarlik “chiroyli” avtoraqam, Afg‘oniston xalqiga yuborilgan “salomatlik poyezdi” va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Yangi yil tadbirlari sabab Tashkent City atrofidagi ko‘chalar vaqtincha yopildi
25 dekabr 2024, 20:03

Yangi yil tadbirlari sabab Tashkent City atrofidagi ko‘chalar vaqtincha yopildi

Tashkent City hududida Yangi yil bayrami tadbirlari o‘tkazilishi sabab 25-dekabrdan 10-yanvarga qadar O‘qchi, Yangi Toshkent, Zargar ko‘chalarida avtomobillar harakatiga cheklov kiritildi. Tashrif buyuruvchilar uchun bir nechta avtoturargohlar ajratilgan.

TBC Bank ilk bor foydalanuvchilarning shaxsiy natijalarini sarhisob qildi
25 dekabr 2024, 19:00

TBC Bank ilk bor foydalanuvchilarning shaxsiy natijalarini sarhisob qildi

TBC UZ ilovasida 2024-yil uchun shaxsiy natijalar mavjud. Barcha foydalanuvchilar ilovaga birinchi marta qachon kirganliklarini, omonat bo‘yicha foizlardan qancha daromad olganliklarini, qancha qadam bosganliklarini bilib olishlari mumkin.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting