Farg‘ona shahridagi qurilishi tugallanmagan bino yonidan 11 yoshli qizchaning murdasi zo‘rlash va qotillik alomatlari bilan topildi. 17 yoshli gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olingan.
“Gazeta.uz” kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Nima o‘qiymiz?” loyihasini davom ettiradi. Sara asarlar, o‘qilishi maqsadga muvofiq hisoblangan kitoblar ro‘yxati haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyalarini sizga yetkazamiz.
Prezident farmoni bilan 1-avgustdan 20 ta vazirlik va idoralarda yangi investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha loyiha ofislari tashkil etiladi. Bundan tashqari Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasi, Investorlar markazi va Eksportchilar markazi tashkil etiladi.
Zangiota tumanida Davlat xizmatlari markazi xodimi 10 gektar sug‘oriladigan yer maydonini 24 mln AQSh dollariga sotib olib berishini aytib, fuqarodan pulning bir qismini olyotganda ushlandi. Bundan tashqari, O‘rta Chirchiq tumanida 4 gektar yerni 2,5 mln dollarga olib berishini aytgan shaxs ham qo‘lga olindi.
Shaftoli solib nimalar tayyorlasa bo‘ladi: bir necha xil piroglar, muzqaymoq, limonad hatto smuzi. Bu borada Zira.uz taqdim etgan retseptlar bilan tanishing.
Toshkentdagi 1100 ga yaqin aldangan hissadorlar muammosini hal etish uchun tuzilgan hukumat komissiyasi bankka garovga qo‘yilgan kvartiralarni quruvchining boshqa mulklariga almashtirish, qurilishni boshqa quruvchilarni jalb etgan holda yakunlash yoki mulkni sotish orqali yetkazilgan zararni qoplashni taklif qilmoqda.
Toshkent markazida yo‘l o‘tkazgich qurish bo‘yicha bahsli qaror, unga jamoatchilikning munosabati, poytaxtda kanalizatsiyada zaharlanib vafot etgan 3 kishi, Nyu-Yorkda otib o‘ldirilgan 15 yoshli o‘zbekistonlik yigit janozasida nutq so‘zlagan shahar meri va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Toshkentning Botir Zokirov va Navoiy ko‘chalari kesishmasida yo‘l o‘tkazgich qurilishi mumkin. Faollar bu joyga ko‘prik emas, “odamlar dam oladigan jamoat makoni, shahar muhiti kerak”ligini ta’kidlayapti. Mushtariylar 2022-yilgi rekonstruksiyadan so‘ng Navoiy ko‘chasida tirbandlik muammosi kamayganini ham eslatdi.
Nurafshon shahrida 57 yoshli ishchi kanalizatsiya qudug‘iga tushib, tozalash ishlarini olib borayotganda gazdan zaharlandi. Uni qutqarish uchun tushgan yana 3 kishi ham hushidan ketgan. Oqibatda 3 kishi voqea joyida vafot etdi. 1 kishi jonlantirish bo‘limida qolmoqda.
Dehqonobod tumanida O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan 2532 tup tojik kavragining ildizi kesildi. Zarar miqdori 1,2 mlrd so‘mdan ortiqni tashkil etgan. Bu yaqin orada Ekologiya vazirligi tomonidan qayd etilgan uchinchi holatdir.
19-avgustdan Toshkent-Blagoveshchensk-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam aviaqatnovlar amalga oshiriladi. Parvozlar har hafta shanba kunlari amalga oshiriladi.
Xitoyning CAMC Engineering kompaniyasi Qashqadaryo viloyatidagi loyihalarga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda. Ular orasida Kitobda sayyohlik zonasi tashkil etish, osma dor yo‘li qurish va boshqalar bor.
Samarqand viloyatida ko‘chma radar orqali aniqlangan tezlikni oshirish bo‘yicha belgilangan jarima Oliy sud tomonidan bekor qilindi. Chunki YPX xodimi radardagi tezlik ko‘rsatkichi bilan haydovchini tanishtirmagan va uning talabi bilan moslamaning sertifikati ko‘rsatmagan.
Shavkat Mirziyoyev qariyb 6 yildan beri qurilishi ketayotgan “Toshkent-Sharqiy” biznes aviatsiyasi aeroportiga tashrif buyurdi. Hozir uning uchish-qo‘nish yo‘lagi va VIP-terminal binosi qurib bo‘lingan. Prezident hududda yana bir terminal qurishni va aerovokzal loyihasini qayta ko‘rib chiqishni buyurdi.
O‘zbekistonda dam olish kunlari havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat biroz ko‘tarilib, janubda va cho‘l hududlarda +41…+43 darajagacha yetadi. Keyingi hafta esa issiq havo kirib kelishi kuchayib, harorat yana 1−2 darajaga ko‘tariladi.
Prezident qarori bilan Yangi Toshkent shahridagi yer uchastkalari “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali sotiladi yoki ijaraga beriladi.
2023−2024 o‘quv yili uchun davlat OTMlariga o‘qishga hujjat topshirgan abituriyentlar soni 1 mln 18 ming nafarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan qariyb 200 mingtaga kam. Talabgorlarning eng ko‘pi Milliy universitetni tanlagan — 36 782 nafar.
Interpol qidiruviga berilgan, taqiqlangan ekstremistik materiallarni tarqatishda ayblangan erkak Koreyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.
O‘zbekiston prezidenti “Botir Zokirov va Navoiy ko‘chalari kesishmasida yo‘l o‘tkazgich qurish zarurligini” qayd etdi (uning matbuot xizmati keltirgan iqtibos). Bu shaharda piyodalar ustuvorligini ta’minlash haqidagi tamoyilga zid bo‘lgan bahsli qarordir. “Gazeta.uz” loyihani ochiq muhokama qilishga chaqiradi.
Kutilayotgan +44 daraja issiq harorat, bloger Asad Algo o‘limi yuzasidan ochilgan jinoyat ishi, AQShda otishmada vafot etgan 15 yoshli o‘zbekistonlik yigit, Toshkentning ayrim ko‘chalarida kechasi yo‘l chiroqlari o‘chirilishi, yo‘l obyektlarida 400 ga yaqin qoidabuzarlik va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting