Hisob palatasiga oz miqdorda talon-toroj qilinganligi va davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik buzilgani, Iqtisodiyot va moliya vazirligining davlat moliyaviy nazorati organlariga esa oz miqdorda talon-toroj qilingani uchun ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnoma tuzish vakolatlari berildi.
Nukusda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari uy devorlari orasiga tiqilib qolgan mushukni chiqarib oldi.
Urganch shahrida bankka pnevmatik to‘pponcha bilan kirmoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga olindi. Holat yuzasidan viloyat “Qo‘riqlash” boshqarmasi tomonidan tekshiruv ishlari boshlandi.
Chuvashiya Respublikasida hujjatlarini oldirib qo‘yib, oylik maoshsiz ishlagan o‘zbekistonliklarning 12 nafariga vatanga qaytish sertifikati rasmiylashtirildi. Ular O‘zbekistonda yangi pasport oladi.
O‘zbekistonda sudlanganlar va ozodlikdan mahrum qilinganlar soni 4 yilda karrasiga oshgan. Sudlangan voyaga yetmaganlarning soni 3 baravardan ko‘proqqa oshgan. Bu Oliy sud ochiqlagan statistik ma’lumotlarda aks etadi.
Surxondaryo viloyati Termiz shahrida soxta pullar yasovchi shaxsdan olib qo‘yilgan 50 ming so‘mlik kupyuradagi jami 316 mln so‘m qalbaki pullar va noqonuniy alkogol mahsulotlari yoqib yuborildi.
Dushanba kuni kuchli shamol Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘istonda daraxt va uy tomlarining qulashi hamda elektr tarmoqlariga shikast yetishiga sabab bo‘ldi. Foto.
O‘zbekistonda 2023-yil yanvar-iyun oylarida tez tibbiy yordam xizmatiga 6 mln 337 mingta chaqiriq kelib tushdi. Ularning eng ko‘pi vodiy viloyatlari va poytaxtda qayd etilgan. 2022-yil davomida chaqiriqlar soni 13 milliondan oshgandi.
Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahrida 3,9 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu shaharga yaqin boshqa hududlarga 2−3 ball ko‘rinishida sezildi.
Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov Makka shahrida avtohalokatga uchragani haqida xabarlar tarqaldi. Buni tasdiqlagan imomning farzandi videomurojaat yo‘llab, otasini mashina turtib yuborgani, hozir uning ahvoli yaxshi ekani va har bir muolaja bepul amalga oshirilayotganini ma’lum qildi.
Jizzaxda YTH sabab vafot etgan ikki futzalchi, Toshkentda TAPOiCh ko‘prigidagi beton to‘siqqa urilgan Nexia-3, Gruziya portida logistika markazi ochishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston, iyun oyida inflyatsiya minimal darajaga yetgani va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Biz “Yangi O‘zbekiston” tomon shiddat bilan ildamlab ketmoqdamiz. Biroq bizni hamon “eski”sining qoldiqlari qurshab turibdi. Shiorlar, temir panjaralar, archalar, valyuta ayirboshlovchilar, “gazondan yurmang belgilari” va boshqa qoldiqlar — “Gazeta.uz” fotoreportajida.
Endi Click Up ilovasining “Mening avto” bo‘limida 15% gacha keshbek bilan sug‘urtani rasmiylashtirish va avtomobil haqidagi barcha ma’lumotlarni qo‘l ostida saqlash mumkin.
Mast holatda aeroport xodimlari va yo‘lovchilarni haqorat qilgan erkak Toshkent−Moskva reysida uchmaydigan bo‘ldi va 10 sutkaga qamaldi. Aniqlanishicha, u uch hafta oldin shu holatda bo‘lgani uchun besh kunga hibsga olingan bo‘lgan.
Jizzaxda ikki o‘zbekistonlik futzalchi yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etdi.
Toshkent viloyat sudi jihod va hijratga da’vat qiluvchi diniy mazmundagi nashidalarni 10 kishilik Telegram-guruhga yuborgani uchun 3 yilga qamalgan Jahongir Ulug‘murodovga nisbatan chiqarilgan sud hukmini o‘zgarishsiz qoldirdi.
Dushanba tongida Mirzo Ulug‘bek tumanida Nexia-3 TAPOiCh ko‘prikdagi beton to‘siqqa urildi. Voqeaga 21 yoshli fuqaroning boshqaruvni yo‘qotishi sabab bo‘lgan. Ikki yil avval ko‘prikdan Matiz ham qulab tushgandi.
Dehqonobod tumanida Qizil kitobga kiritilgan 753 tup tojik kavragining ildizi kovlanib, kesib tashlandi. O‘simlik dunyosiga jami 372 mln 735 ming so‘m zarar yetgan. Holat bo‘yicha hujjatlar prokuraturaga yuborildi.
O‘zbekistonda hafta boshi biroz issiq — kunduz kunlari +35…+40 daraja, janubda +42…+44 daraja bo‘ladi. Hafta o‘rtasidan harorat foni +33…+38 darajagacha pasayishi, asosan quruq va kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
Beshariq tumanida to‘rt erkak oilali, ikki farzandi bor ayolni zo‘rlagani aytilgan video tarmoqlarda tarqaldi. Farg‘ona viloyati IIB holat to‘rt oy oldin sodir bo‘lganini ma’lum qildi. Gumonlanuvchilar ushlangan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting