O‘zbekiston xalq artisti Tolib Karimov 83 yoshida vafot etdi. U umrining so‘ngiga qadar O‘zbek Milliy akademik drama teatrida faoliyat yuritdi. Aktyor “Otalar so‘zi — aqlning ko‘zi” teleko‘rsatuvi, ko‘plab videofilm, telepostanovka, tele va radiospektakllarda rollar ijro etgan.
Sud Xorazmdagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan jinsiy aloqada bo‘lgani uchun sudlangan sobiq amaldorlarga qo‘zg‘atilgan jinoiy ishni qo‘shimcha tergov o‘tkazish uchun prokurorga qaytardi. Sudlanuvchilarga yangi ayblovlar qo‘yish va boshqa shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish rejalashtirilgan.
O‘zbek me’mori loyihalashtirgan Yevropadagi eng katta masjid, osmono‘par binolar, tarixga boy maskanlar, go‘zal ko‘chalar va ko‘rkam bog‘lar — “Gazeta.uz” muxbiri Shohruh Haydarov Checheniston poytaxti Grozniyga sayohati davomida ko‘rgan-kechirganlari haqida hikoya qiladi.
“Vaqf” xayriya jamoat fondi so‘nggi 6 oyda 16,6 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni xayriya sifatida sarfladi. Fond ushbu pullar qaysi yo‘nalishlarga yo‘naltirgani haqida ma’lumot berdi.
Abdulla Avloniy nomidagi malaka oshirish institutida prorektorga aloqadorligi aytilgan firmaga 2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ortiqcha to‘lab berilgani aniqlandi. Antikorrupsiya agentligi manfaatlar to‘qnashuvi yuz bergani va holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini bildirdi.
Prezidentning yangi farmoniga ko‘ra, nafaqat davlat, balki xususiy va xorijiy OTMlar ham bakalavriat va magistraturaga yiliga faqat bir marta qabul qila oladi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunda qabul tartibini xususiy OTMlarning o‘zi belgilashi ko‘rsatilgan. Ko‘p martalik qabul dunyo bo‘ylab keng tarqalgan.
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasiga ko‘ra, umumta’lim maktablari uchun yuqori tezlikda va cheklovlarsiz kirish imkonini beradigan “New Education” tarif rejasi ishlab chiqiladi. Tarif bo‘yicha internet tezligi kamida 40 Mbit/s, o‘quvchilar soni 400 nafardan ko‘p bo‘lganlarda — kamida 100 Mbit/s bo‘ladi.
21-iyul kuni Alif kompaniyasi o‘tkazayotgan Alif Juma aksiyasi yakunlanadi. Aksiya davomida xaridlar uchun komissiya to‘lovi ikki baravar kamaytirilgani bilan birga onlayn buyurtmalarni yetkazib berish bepul.
Toshkentning Nurliyo‘l, Xonobod 1-tor va Qipchoq ko‘chalarining bir qismi 19-iyul kuni soat 15:00 dan 21-iyul 21:00 ga qadar yopiladi. Bu vaqtda metroning yer usti halqa liniyasida qurilish ishlari olib boriladi.
Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) rahbari Umar Kremlev o‘zbekistonlik bokschi Rufat Risqiyevga Malibu-2 mashinasini topshirdi. Faxriy sportchi IBA prezidentining faxriylar masalasida maslahatchisi etib tayinlandi. Avvalroq unga tashkilot tomonidan umrbod 1000 dollarlik maosh tayinlangandi.
Jinoyat kodeksining firibgarlik, tovlamachilik va boshqa moddalari bilan ayblanayotgan bloger Abduqodir Mo‘minov ishi bo‘yicha sud 25-iyulda bo‘lib o‘tadi. Ishda 14 nafar jabrlanuvchi mavjudligi va ularga jami 903 mln so‘m moddiy zarar yetkazilgani aniqlangan.
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonning 9 ta hududida sezildi. Uning kuchi 2−3 ballni tashkil etdi.
Buxoro shahridagi “Hovli poyon” uyida O‘zbekiston madaniyati va san’atini rivojlantirish jamg‘armasi ishtirokida jadidchilik tarixiga bag‘ishlangan ilk muzey tashkil etilmoqda. Bu uy O‘rta Osiyo jadidchiligi yetakchilaridan biri Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jayevga tegishli bo‘lgan.
Exadot kompaniyasi biznes turidan qat’iy nazar qamrov ko‘lamini kengaytirish uchun mobil ilovalar yaratadi. Hozirgacha kompaniya InMovie, Finance App, Benny Rideshare va boshqa ilovalarni ommaga taqdim etgan.
Qoraqalpog‘istonning Beruniy davlat o‘rmon xo‘jaligi uchastkasida 2 ta Buxoro bug‘usining jasadi topildi. Ular brakonerlar tuzog‘iga tushib qolishi oqibatida halok bo‘lgan. Holat bo‘yicha gumonlangan 3 kishi qo‘lga olindi.
Chirchiqda uylarni sotishdagi korrupsion sxema, ovqatlanish sabab rivojlanishdan ortda qolgan bolalar, Xorazmda bankka to‘pponchada kirgan shaxs, Rossiyada pasportini oldirib qo‘yganlar, “Qo‘yliq” bozori oldidan videoreportaj, Ohangarondagi yangi chiqindi poligoni va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Prezidentning 2019-yildagi topshirig‘i bo‘yicha qurilishi belgilangan Ohangarondagi yangi maishiy chiqindi poligoni yil oxiriga qadar ishga tushadi. 30 gektardan iborat maydonda metan gaz yig‘uvchi quvurlar va chiqindi suyuqliklarini tortuvchi nasoslar bo‘lishi hisobiga yerga zarar yetmasligi va’da qilinmoqda.
“Qo‘yliq” bozori yo‘lida 2021-yildan beri qurilish ishlari olib borilyapti. Hozircha Toshkent halqa avtomobil yo‘lini kengaytirish uchun yo‘l o‘tkazgichning bir qismi bitkazildi. Bajarilayotgan ishlardan sharoitlar faqat mashinalar uchun yaratilayotgani, piyodalar uchun esa qulayliklar deyarli yo‘qligini ko‘rish mumkin.
Kompromatuzb Telegram kanaliga aloqadorligi aytilayotgan jurnalistlarga nisbatan sud ishi yopiq tarzda ko‘riladigan bo‘ldi.
Shavkat Mirziyoyevning 1-iyundagi farmoni bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etilgandi. Agentlikning 14 ta hududiy boshqarmasiga boshliqlar tayinlandi. Ro‘yxat.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting