Turkiyaning zilzila sodir bo‘lgan hududlarida qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borgan O‘zbekiston FVV xodimlari shanba kuni Toshkentga qaytib keldi. Ular 2 haftadan ko‘proq vaqt davomida vayronalar ostidan 18 nafar tirik odam va 200 ga yaqin jasadni olib chiqdi.
Qarshi shahridagi gaz qo‘yish shoxobchasida Nexia-3 portlab ketdi. Oqibatda avtomobil orqa qismi to‘liq shikastlanib, yaroqsiz holga kelgan.
Shoir, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Oshiq Erkin 86 yoshida vafot etdi. U “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.
Mashhur PUBG strimeri Aslamboi Magic City`da muxlislari bilan uchrashuvda qo‘lga olindi. Shundan so‘ng o‘nlab o‘smirlar uning ozod etilishini talab qilib, yurishga chiqishdi. Strimerga «yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibini buzganlik» uchun bayonnoma tuzildi.
Qashqadaryoga borgan prezident: uning kursantlar bilan qilgan tushligi, so‘z erkinligi haqidagi gaplari, Jizzaxda bo‘lgan zilzila, yo‘lkira haqi oshishi, 83 yoshli erkakning oyog‘ini poyezd bosib ketgani, daromad solig‘i to‘lamaydigan paxta-g‘alla ekuvchi fermerlar va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Tabiat resurslari vazirligi fotoqopqonlarga tushib qolgan hayvonlarning foto va video tasvirlarini e’lon qildi. Ularda, jumladan, O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan jonivorlar ham aks etgan.
Moskvada noyabrdan buyon ish haqini ololmayotgan mingdan ziyod o‘zbekistonlik va tojikistonlik migrantlar norozilik harakati uyushtirdi. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi jarohatlangan va hibsga olinganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘qligini ma’lum qildi.
Aktam va Zuhra Mahmaziatovlar — asli o‘zbekistonlik Ukraina fuqarolari. Rossiya bosqinidan so‘ng ular Germaniyaga qochib, Berlinda o‘zbek restorani ochgan. Menyuda — osh, manti va somsa. “Gazeta.uz” noma’lumlik sari safar vaqti yuz bergan muvaffaqiyat tarixini hikoya qiladi.
1 apreldan poytaxt jamoat transportida yo‘lkira narxini oshirish taklif etilmoqda. Unga ko‘ra, bir martalik to‘lov naqd pulda 2000 so‘m, elektron to‘lovda 1800 so‘m, ATTO orqali 1600 so‘m bo‘lishi mumkin. Bir soat ichida avtobusdan avtobusga o‘tish arzonlashadi, keyingi o‘tishlar esa bepul bo‘ladi.
Nurafshon shahrida «Ulkan To‘ytepa» arxeologiya yodgorligiga 300 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazgan fuqaro 1 yilu 7 oyga, Qibray tumanida «Qilichli ota» ziyoratgohini ta’mirlash uchun ajratilgan mablag‘ning 263 mln so‘mini talon-toroj qilgan shaxs esa 5 yilu 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Bir yil avval, 24 fevralda Rossiya Ukrainaga bostirib kirgandi. Shu kuni «Gazeta.uz» Ukrainadagi vatandoshlar va ushbu mamlakat fuqarolaridan o‘z shaharlarida nimalar bo‘layotgani, rasmiylar qanday choralar ko‘rayotgani haqida so‘ragandi. Bir yil o‘tib, biz ular bilan yana bog‘lanib, nimalar o‘zgarganiga qiziqdik.
Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida magnitudasi 3,9 bo‘lgan zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila kuchi Jizzax shahri, Sharof Rashidov va Baxmal tumanlarida sezildi.
Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga tashrifi chog‘ida Qarshi shahridagi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti kursantlarining jangovar tayyorgarligi bilan tanishdi, muassasa oshxonasida ular bilan birga tushlik qildi.
Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga tashrifi chog‘ida Qarshi tumanidagi «Yangi Batosh» mahallasida bo‘ldi. U yerdagi yangi qurilgan maktab va kasanachilik markazini ko‘zdan kechirib, aholi bilan suhbatlashdi.
Toshkent tumanining Keles-Sariag‘ach temir yo‘lida yuk poyezdi fuqaro oyog‘ini bosib ketdi. Hozir jabrlanuvchining ahvoli yaxshiligi aytilmoqda.
Prezident qarori bilan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxati to‘ldirildi. Endi ish beruvchilarga o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni kasanachi sifatida jalb qilishga ruxsat berildi.
Avval IIV boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Mirjamol Miralimov Buxoro viloyati IIBga rahbar bo‘ldi.
Xitoylik olimlar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida maslahatchi lavozimida faoliyat yuritadi. Vazirlik rahbariyati olimlar bilan uchrashdi. Ular dastlab hududlardagi holatni o‘rganadi. So‘ng ilmiy yondashuv asosida kambag‘allikdan chiqish bo‘yicha maqsadli dasturlar ishlab chiqiladi.
2017−2022 yillarda yo‘lovchilarni tashish va yo‘lovchi aylanmasi o‘sdi. 2022 yilda transportda 6,1 mlrd kishi tashildi. Bunda avtomobillar ulushi yuqori bo‘ldi. Endilikda jamoat transporti qamrovini 95% ga yetkazish rejalashtirilmoqda.
25 fevral kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida qor va yomg‘ir yog‘adi. Yakshanbaga borib quruq va kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu kunlarda tog‘li joylarda qor ko‘chishi xavfi bor.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting