Jamiyat

“Bayramni bolalaring oldida emas, surishtiruv izolyatorida o‘tkazishing aniq edi-ku”. Alisher Qodirov — zapravka oldida shikoyat qilgan fuqaro haqida
3 yanvar 2025, 17:02 1

“Bayramni bolalaring oldida emas, surishtiruv izolyatorida o‘tkazishing aniq edi-ku”. Alisher Qodirov — zapravka oldida shikoyat qilgan fuqaro haqida

Deputat Alisher Qodirov gaz zapravkadan mas’ullarga murojaat qilgan va keyinchalik “mayda bezorilik” sabab 15 sutkaga qamalgan fuqaroni tanqid qildi. “Bayramni bolalaring oldida emas, surishtiruv izolyatorida o‘tkazishing aniq edi-ku”, — deb yozgan deputat.

Shanba kuni hududlarda qor va yomg‘ir yog‘ishi mumkin
3 yanvar 2025, 15:20

Shanba kuni hududlarda qor va yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Shanba kuni aksariyat hududlarda yomg‘ir, qor yog‘ishi kutilmoqda. Yakshanbada esa yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Harorat kechasi 0…-5, kunduzi +1…+8 daraja atrofida bo‘ladi.

AES qurilishi loyihasi jarayonida Toshkent va Jizzaxda jamoatchilik eshituvi o‘tkaziladi — AES direksiyasi rahbari
3 yanvar 2025, 11:24

AES qurilishi loyihasi jarayonida Toshkent va Jizzaxda jamoatchilik eshituvi o‘tkaziladi — AES direksiyasi rahbari

AES qurish direksiyasi direktori Otabek Amanov kichik quvvatli atom elektr stansiyasi qurilishi loyihasi jarayonida Toshkent va Jizzax viloyatlarida jamoatchilik eshituvi o‘tkazilishini ma’lum qildi.

Foto: 1-yanvar tongidagi Toshkent
2 yanvar 2025, 23:59

Foto: 1-yanvar tongidagi Toshkent

Har yili 1-yanvarda “Gazeta.uz” muxbirlari poytaxtning Yangi yil kutib olinganidan keyingi manzaralarini suratga olish uchun erta tongdan shahar kezadi. Bayram izlari qolgan hovlilar va kimsasiz maydonlar, kamyob o‘tkinchilaru jamoat transportidagi sanoqli yo‘lovchilar — Iskandar Mirzaahmedov obyektivida.

Gaz zapravkadan yo‘llangan videomurojaat ortidan fuqaro 15 sutkaga qamaldi. Nimalar ma’lum?
2 yanvar 2025, 23:25

Gaz zapravkadan yo‘llangan videomurojaat ortidan fuqaro 15 sutkaga qamaldi. Nimalar ma’lum?

Gaz zapravkadan mas’ullarga yo‘llangan keskin murojaat muallifining 15 sutkaga qamalishi jamoatchilik tanqidiga va haydovchiga yordam berishga chorlovlarga sabab bo‘ldi. 3-yanvarda ish bo‘yicha apellyatsiya sudi o‘tishi kutilmoqda. “Gazeta.uz” ishga doir ma’lumotlarni bir sahifaga jamladi.

Hojatxona qog‘ozlari bilan ekologiyaga zarar yetkazgan bloger jarimaga tortildi
2 yanvar 2025, 18:14 2

Hojatxona qog‘ozlari bilan ekologiyaga zarar yetkazgan bloger jarimaga tortildi

Instagram blogeri hojatxona qog‘ozlari uyumi ustiga chiqqan paytida mashina uning ostidan harakatlanib o‘tgani aks etgan videoni tarmoqqa joyladi. Fuqaro va sheriklari yerga sochilgan hojatxona qog‘ozlarini voqea joyida qoldirib ketgani ma’lum bo‘ldi. Blogerga IIB va Ekologiya inspeksiyasi qonuniy chora ko‘rdi.

O‘zbekistonda 2025-yilning ilk kunida 1641 nafar chaqaloq tug‘ildi
2 yanvar 2025, 13:14

O‘zbekistonda 2025-yilning ilk kunida 1641 nafar chaqaloq tug‘ildi

1-yanvar kuni O‘zbekistonda 1641 nafar chaqaloq tug‘ildi, ulardan 845 nafari qiz, 796 nafari o‘g‘il bola. Xususan, 22 ta holatda egizak, 1 ta holatda uch egizak dunyoga keldi. Eng ko‘p go‘dak Farg‘ona (244), Samarqand (186) va Qashqadaryo (181) viloyatlarida tug‘ildi.

Xotira: 2024-yilda vafot etgan taniqli o‘zbekistonliklar
1 yanvar 2025, 18:41

Xotira: 2024-yilda vafot etgan taniqli o‘zbekistonliklar

2024-yilda vafot etgan jamoat arbobi Kamola Mahmudova, bosh vazir o‘rinbosari Erkin Samandar, akademik Behzod Yo‘ldoshev, “Boysun madonnasi"ni chizgan Vladimir Burmakin, xalq artistlari To‘lqin Tojiyev va Shafoat Rahmatullayeva, xonanda Bobomurod Hamdamov, bastakor Musaxon Nurmatov va boshqalarni xotirlaymiz.

2024-yilgi O‘zbekiston — fotosuratlarda
1 yanvar 2025, 16:01

2024-yilgi O‘zbekiston — fotosuratlarda

Yakuniga yetgan 2024-yil ko‘plab muhim, quvonchli va ayanchli voqea-hodisalari bilan yodda qoldi. “Gazeta.uz” o‘tgan yil qanday kechganini fotosuratlar orqali xotirlashga taklif etadi.

Amirsoy va Chimyonga olib boruvchi yo‘lda harakat 12-yanvargacha bir tomonlama bo‘ladi
1 yanvar 2025, 13:18

Amirsoy va Chimyonga olib boruvchi yo‘lda harakat 12-yanvargacha bir tomonlama bo‘ladi

Toshkent viloyatidagi Toshkent-Chirchiq-Chimyon avtomobil yo‘lining bir qismida harakat 12-yanvargacha bir tomonlama tashkil etiladi.

Toshkent shahrida 5 ta avtomobil ishtirokida YTH yuz berdi
1 yanvar 2025, 10:20

Toshkent shahrida 5 ta avtomobil ishtirokida YTH yuz berdi

31-dekabr kuni Toshkent shahrida bir tasmada ketayotgan BMW, Lacetti, Cobalt, Matiz va Spark oldinma-ketin bir biriga urildi. Hech kim jarohat olmadi.

O‘zbekiston 2024-yilda: siyosat, iqtisodiyot va jamiyatdagi asosiy voqeliklar
31 dekabr 2024, 18:11

O‘zbekiston 2024-yilda: siyosat, iqtisodiyot va jamiyatdagi asosiy voqeliklar

2024-yilda O‘zbekistonda parlament saylovi bo‘ldi, energiya tariflari keskin oshdi, bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida uzoq kutilgan qonun qabul qilindi, mamlakat Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida g‘alabalarga erishdi… O‘tayotgan yil yakunlari — “Gazeta.uz” obzorida.

“Maqsad — yangilik va go‘zallik bilan hayratlantirish”. Andijondagi 10 gektarlik atirgulzordan reportaj
30 dekabr 2024, 19:45 1

“Maqsad — yangilik va go‘zallik bilan hayratlantirish”. Andijondagi 10 gektarlik atirgulzordan reportaj

Andijondagi Xo‘jamovlar oilasi bir necha yildan buyon atirgul yetishtirib, ko‘chatlarini chet elga eksport qilish bilan shug‘ullanadi. Hozirda oila 10 gektarga yaqin yer maydonida atirgulning 500 dan ziyod turini parvarish qilyapti. “Gazeta.uz” muxbiri mazkur atirgulzorda bo‘lib, uning egalari bilan suhbatlashdi.

Yangi yil dasturxoni: bayramdan “omon” chiqish bo‘yicha tavsiyalar
30 dekabr 2024, 17:19

Yangi yil dasturxoni: bayramdan “omon” chiqish bo‘yicha tavsiyalar

Yangi yil dasturxoniga tortiladigan ne’matlar xilma-xilligidan oshqozonni qiynab qo‘yish hech gapmas. Foydali bo‘lar deya, bu materialda bayram kunida ovqatlanishda nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida SSV bergan tavsiyalarni keltiryapmiz. Yoqimli ishtaha!

Chilon Lubricants O‘zbekistonda ishonchini mustahkamlamoqda va sifat standartlarini o‘rnatmoqda
30 dekabr 2024, 09:00

Chilon Lubricants O‘zbekistonda ishonchini mustahkamlamoqda va sifat standartlarini o‘rnatmoqda

Sanoat uchun surtish materiallari ishlab chiqaruvchi Chilon Lubricants kompaniyasi 11 yildan buyon ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmoqda, quvvatlarini kengaytirib, O‘zbekiston bozorida o‘z o‘rnini mustahkamlamoqda.

Fotoreportaj: Toshkentda Yangi yil shukuhi
30 dekabr 2024, 00:23

Fotoreportaj: Toshkentda Yangi yil shukuhi

O‘zbekiston poytaxti Yangi yilni yorqin chiroqlar va bezaklar bilan kutib olmoqda. Shaharning turli tumanlarida archalar o‘rnatilgan, ularning atrofida 10-yanvargacha ko‘ngilochar dasturlar o‘tkaziladi. Bayram kunlari Toshkent qanday ko‘rinishda — “Gazeta.uz” muxbiri Dilyaver Ablyakimovning fotoreportajida.

Bar reklamasida yigit yetti nafar qizning ketiga urdi. Bar ustidan ariza yozildi
29 dekabr 2024, 19:45 3

Bar reklamasida yigit yetti nafar qizning ketiga urdi. Bar ustidan ariza yozildi

Poytaxtdagi Escada lounge bar yangi yil shousi reklamasi aks etgan videoni e’lon qildi. Unda yigit shou kunlariga mos ravishda yetti nafar qizning ketiga va oyoqlariga zarba berganini ko‘rish mumkin. Toshkentda yashovchi ayol reklama bo‘yicha IIOga ariza kiritdi.

O‘zbekistonda 30−31-dekabr va 1−5-yanvar kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi
29 dekabr 2024, 18:53

O‘zbekistonda 30−31-dekabr va 1−5-yanvar kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi

Hafta boshi bulutli va yog‘inli, o‘rtalari quruq va sovuqroq bo‘lishi, oxirida esa ba’zi viloyatlar va tog‘larda qor yog‘ishi kutilyapti. Yangi yil arafasi havo iliqroq bo‘lsa-da, 2025-yilning ilk uch kunida haroratning biroz pasayishi kuzatiladi. Dam olish kunlari havo harorati asta-sekin ko‘tarilishi kutilmoqda.

“Biz tinchlik nimaligini unutib ham qo‘yganmiz” — O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan falastinliklarning hikoyalari
29 dekabr 2024, 16:02 1

“Biz tinchlik nimaligini unutib ham qo‘yganmiz” — O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan falastinliklarning hikoyalari

Prezident Shavkat Mirziyoyev noyabrda Falastin muammosiga bag‘ishlangan sammitda O‘zbekiston G‘azodagi urushda jabrlangan falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyorligini bildirgandi. 26-dekabr kuni O‘zbekistonga 100 falastinlik evakuatsiya qilindi. “Gazeta.uz” muxbirlari ular bilan suhbatlashdi.

“Majburiy kuchga ega emas”. OTV — oliy ta’lim kengashining oliygohlardan yig‘im undirish to‘g‘risidagi bayoni haqida
29 dekabr 2024, 15:54

“Majburiy kuchga ega emas”. OTV — oliy ta’lim kengashining oliygohlardan yig‘im undirish to‘g‘risidagi bayoni haqida

Oliy ta’lim vazirligi xususiy oliy o‘quv yurtlaridan 4 foizlik yig‘im undirish to‘g‘risidagi oliy ta’lim kengashi bayoni majburiy kuchga ega emasligini ma’lum qildi. Vazirlik “Har qanday mablag‘ bilan bog‘liq harakatlar va munosabatlar tegishli shartnomalar asosida amalga oshirilishi mumkin”, deb ta’kidladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting