Hozirgi kunga kelib insonlar har qachongidan ham kamroq harakat qilmoqda. Shu sababga ko‘ra, o‘z salomatligi haqida qayg‘uradigan aksariyat kishilar ko‘proq sayr qilishga harakat qilishadi. Biroq, aslida kuniga necha qadam yurish kerak? Nega bu savolga ko‘pincha 10 ming qadam degan javobni eshitamiz?
28-iyun — Qurbon hayitining birinchi kunida Toshkentda avtobus va metro qatnovi soat 4:00 dan boshlab amalga oshiriladi. Shuningdek, masjidlarga soat 3:00 dan 5:00 gacha 60 ta vaqtinchalik maxsus avtobus yo‘nalishi tashkil etiladi.
Qo‘qon shahrida tug‘ilgan 25 yoshli yigit janjal oqibatida tengdoshi tomonidan pichoqlab o‘ldirildi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, gumondorni qidirib topish choralari ko‘rilmoqda.
“Gazeta.uz” kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Nima o‘qiymiz?” loyihasini davom ettiradi. Sara asarlar, o‘qilishi maqsadga muvofiq hisoblangan kitoblar ro‘yxati haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyalarini sizga yetkazamiz.
Yogurtli, banan va rezavor mevalardan tayyorlangan, qaymoqli yoki “Moxito” muzqaymog‘i va boshqalar — Zira.uz issiq kunda tetiklantiruvchi shirin muzqaymoqlar ro‘yxatini taqdim etadi.
English Speaking Nation dasturi doirasida 40 nafar amerikalik ingliz tili o‘qituvchisi O‘zbekistondagi maktablarda 520 nafar ingliz tili o‘qituvchisini o‘qitadi. Bu o‘zbek o‘qituvchilarining muloqot, yozish, tinglash va til o‘rgatish ko‘nikmalarini oshirishga yordam berishi kutilmoqda.
Sardoba fojiasi haqida gapirgan suv xo‘jaligi vaziri, bayroqdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiruvchi qonun, kuniga 400 litrgacha suv sarflayotgan toshkentliklar, Qurbon hayitiga qo‘shimcha aviareys va poyezdlar, 307 mlrd so‘mga sotilgan Cobiq Algoritm zavodi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Surxondaryo “To‘palang GES” korxonasida “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan press-tur tashkil etildi. Uchrashuvda korxona boshqaruv raisi maxalliy va xorijiy OAV vakillari bilan muloqot qildi.
Qurbon hayiti munosabati bilan Toshkent−Namangan−Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Senat yalpi majlisida senator Boriy Alixonov O‘zbekistonda olinadigan chuchuk suvning qariyb 90 foizi qishloq xo‘jaligida ishlatilishini bildirdi. Unga ko‘ra, mamlakatda jon boshiga suv sarfi miqdori yuqoriligicha qolmoqda. Xususan, poytaxtda sutkalik suv sarfi jon boshiga 400 litrgacha yetadi.
Uzbekistan Airways 27, 28, 30-iyun va 2-iyul kunlari Toshkentdan Urganch, Nukus, Termiz va Buxoroga qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yadi.
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga avtobus reyslari ko‘paydi — Chorvoqqa har kuni 4 xil vaqtda qatnov amalga oshiriladi, yo‘lkira narxi 15 ming so‘m.
Qo‘qondagi kiyim-kechak bozorida do‘konga kiruvchi xaridorlar yo‘li to‘sib qo‘yilgani sababli sotuvchilar o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi. Voqea oqibatida 14 yoshli bola jarohatlandi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
22-iyundan O‘zbekistonda yangi taksi xizmati Uklon ishga tushdi. Uklon`ning asosiy farqi shundaki, ob-havo va yo‘llardagi sharoitlar sayohat narxiga ta’sir qilmaydi, faqat avtomobil kutish vaqti ta’sir etishi mumkin.
Senatning navbatdagi yalpi majlisida muzeylar va ularda saqlanayotgan ashyolar holati bo‘yicha muhokama o‘tkazildi. Tegishli qarorlar bilan belgilangan bo‘lsa-da ayrim muzeylarda hamon ta’mirlash ishlari amalga oshirilmagani tanqid qilindi. Davlat adabiyot muzeyidagi noyob ashyolar xavf ostida qolgani aytildi.
Qurbon hayiti munosabati bilan 29-iyun kuni Toshkent-Qarshi, 26-iyundan 3-iyulgacha esa Toshkent-Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi.
Sardoba fojiasining sabablaridan eng kattasi — suv ombori qurilishi oxiriga yetmagandi, dedi suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamrayev. 27 mlrd so‘mlik suv sizib chiqishidan boxabar qiluvchi maxsus uskunalar ham o‘rnatilmagan bo‘lgan. Suv ombori yorilgach esa barcha suv omborlarida kuchaytirilgan tekshiruv o‘tkazilgan.
Senat radiochastota spektridan foydalanuvchilarga o‘zlariga biriktirilgan radiochastota spektridan boshqa foydalanuvchilar bilan birgalikda foydalanish huquqini beruvchi qonunni ma’qulladi.
Yakshanba kuni O‘zbekistonga Kavkaz hududlaridan nisbatan salqin va nam havo kirib keladi. Harorat 2−4 darajaga pasayadi, yoz uchun qulay qiymatlar — +31…+34 daraja, kechasi — +15…+18 darajagacha harorat kuzatiladi.
Senat bayroqdan foydalanish imkoniyatini kengaytiruvchi, jumladan, uni xonadonlarga osib qo‘yish, kiyim-kechaklarga yopishtirish, oilaviy va boshqa tadbirlarda ishlatish mumkinligi belgilangan qonunni tezda ma’qulladi. Loyiha 1-iyunda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan va 20-iyunda Quyi palatada qabul qilingandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting