Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uylardan birining yo‘lagida 55 yoshli erkak 7 yoshli qizchaga uyatsiz harakatlar qilgani aniqlandi. Gumonlanuvchi ushlanib, unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Nukus voqealariga oid ikkinchi sud jarayonidagi 28 nafar mahkumning apellyatsiya shikoyatlari bo‘yicha sud qarori 12-iyun kuni e’lon qilinadi. Murojaatlarni ko‘rib chiqish 18-may kuni boshlangandi.
Human Rights Watch tashkiloti Dauletmurat Tajimuratovni ozod qilishga chaqirdi. Tashkilot sudni “odil sudlov me’yorlariga javob bermagan” deb hisoblab, Tajimuratovning qiynoqlar haqidagi da’volari bo‘yicha samarali tergov o‘tkazilmaganini ta’kidlamoqda.
Urgut tumanida Cobalt “Kamaz” bilan to‘qnashishi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi. Yuk mashinasi haydovchisi shifoxonaga yotqizildi.
Toshkent viloyati Parkent tumanidagi gaz quyish shoxobchasida yonilg‘i quyish vaqtida Nexia avtomashinasida gaz balloni portlab ketdi. Yana ikkita mashina shikastlandi. Qurbonlar yo‘q.
Eronning Qeshm Air aviakompaniyasi 21-iyundan Tehron va Samarqand o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi.
Farg‘ona shahridagi turistik firma xodimi rahbarining ko‘rsatmasi asosida fuqarodan Hajga yuborish evaziga 20 ming dollar talab qilib, shundan 10 ming dollar olgani aytilmoqda. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Samarqand shahri “Shukrona” mahallasidagi hokim yordamchisi 1500 dollar pora bilan ushlangani aytilmoqda. U fuqaroga bankdagi tanishi orqali 150 mln so‘m miqdoridagi kredit olib bermoqchi bo‘lgan.
O‘zbekistonda dam olish kunlari quruq ob-havo saqlanib turadi, harorat biroz pasayishi, kunduzi +33…+38 darajagacha tushishi mumkin. Ammo pasayish uzoq davom etmay, yangi hafta boshida +41…+42 darajagacha bo‘lgan qiymatlarga qaytadi.
Toshkentdagi yana 7 ta avtobus yo‘nalishi kunlik reja bekor qilingan holda brutto-shartnomalarga o‘tkazildi. May oyi boshidan beri 14 ta yo‘nalish yangi tizim bo‘yicha ishlay boshlagan. Yoz oxirigacha barcha yo‘nalishlarni brutto-shartnomalarga o‘tkazish rejalashtirilgan.
Ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sababli Toshkent shahrining Chilonzor, Bektemir, Yashnobod (17:00 gacha) va Mirzo Ulug‘bek (12:00 gacha) tumanlarining ayrim joylarida elektr energiyasi bo‘lmaydi.
Toshkentda elektrobus ishtirokida bir hafta ichida uchinchi YTH sodir bo‘ldi. To‘qnashuv mast holatdagi Lacetti haydovchisining aybi bilan ro‘y berdi.
O‘zbekiston Buyuk Britaniyadagi mehnat muhojirlari soni bo‘yicha yetakchilar qatorida bormoqda. 2022-yilda mamlakatdagi mavsumiy ishchilarning qariyb chorak qismi Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekistondan kelgan.
“Yuksalish” umummilliy harakati ichki ishlar idoralarida qiynoqlarga barham berish maqsadida 10 ta taklif ishlab chiqqanini e’lon qildi. Unda qiynoq holatlari yuzasidan IIV rahbariyati jamoatchilikka batafsil axborot berishi, ichki ishlar organlariga ishga qabul qilish isloh qilinishi kabi takliflar joy olgan.
O‘zbekistonda OIV kasalligi bilan bugungi kunda 48 mingdan ortiq shaxs yashab kelmoqda. So‘nggi 10 yillikda ko‘rsatkichlarda pasayish bo‘lsa-da, 2020-yildan buyon kasallikka chalinish soni ketma-ket oshib bormoqda.
Toshkentdagi uchta tumanning bir qator aholi massivlari nasos stansiyalari elektr ta’minotidan uzilishi sabab suvsiz qoldi.
O‘zbekistonda 2-iyun kunining o‘zida 5 ta o‘z joniga qasd qilish holati qayd etildi. To‘rt viloyatda ikki erkak va ikki ayol osilgan holda topilgan, yana bir erkak esa derazadan sakragan.
Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 171-maktab hovlisidagi o‘nlab daraxtlar kesib tashlandi. Ekologiya vazirligi, shahar va tumanlar hokimliklari vaziyatni o‘rganmoqda. Xabar qilinishicha, daraxtlar maktab yonida joylashgan garaj xo‘jaligi vakili tomonidan kesib tashlangan.
Yangihayot tumanidagi 122-sonli bog‘chaga amaliyot o‘tash uchun kelib, uxlamagan bolalarning tanasiga igna tiqib olgan kollej o‘quvchisi va bog‘cha tarbiyachisi 1,3 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi.
Toshkent shahridagi Yunusobod dehqon bozori yaqinida joylashgan do‘kon va dorixonada yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting