Arab tili kursidagi xatti-harakatlari uchun ishdan olingan Toshkent tumanidagi «Eshonxo‘ja ota» masjidi imom-xatibi Avazxo‘ja Bahromov 3 sutkaga qamaldi. U 27 yanvar kuni o‘quv markazida fuqaro M.A.ni so‘kib, mayda bezorilik sodir etgan.
Huquqni muhofaza qilish organlari Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi matbuot kotibi Mavjuda Mirzayevani hibsga oldi. Uning qizi Zarina Mirzayevaga ko‘ra, onasi bilan uch kundan beri aloqa yo‘q. Jurnalist Kompromatuzb Telegram-kanali ishi doirasida DXX tergov hibsxonasida tergov qilinmoqda.
Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ygan Shavkat Mirziyoyev, «Spetsiya» futbol klubiga o‘tgan Eldor Shomurodov, iliq ob-havo prognozi, ishga tushishni boshlagan metan «zapravka»lar, Nukusda portlagan ko‘p qavatli uy, Rossiyadan AI-80 benzin importi boshlangani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
O‘zbekistonda 30 yanvardan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari faoliyati qayta tiklanishni boshladi. Gaz bosimi me’yoriga kelishiga qarab taxminan 2−3 kunda barcha metan «zapravka»lar odatdagi rejimda faoliyat yuritishni boshlaydi.
Sanitariya epidemiologiya xizmati o‘zini SES xodimlari deya tanishtirib, kelib chiqishi noma’lum dorilarni sotayotgan firibgarlardan ogohlantirdi. Shunday holatlar yuz bersa, fuqarolar ulardan xizmat guvohnomasi, ish joyi va dorini sotishga asos so‘rashga haqli, deyiladi SES xabarida.
Qizil kitobga kiritilgan Zarafshon qirg‘ovulini ovlagan brakoner aniqlandi. Undan 3,6 mln miqdorida tabiatga yetkazilgan zarar undirildi va BHMning 5 baravari miqdorida jarimaga solindi.
Termizda 46 nafar Afg‘oniston fuqarosi Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot dasturining qo‘shma loyihasi bo‘yicha haydovchilikka o‘qitildi. Shuningdek, yana 35 nafari tikuvchilikka tayyorlandi.
Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida birinchi prezident haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Davlat rahbari majmuada Islom Karimov muzeyini tashkil etish ishlarining borishi bilan ham tanishdi.
Namanganda jamoat va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashning Sergek intellektual tizimi ishga tushirildi. Qozog‘istonlik mutaxassilar ishlab chiqqan tizim maxsus algoritmlardan foydalangan holda qoidabuzarliklarni aniqlaydi va IIBning vakolatli inspektoriga yuboradi.
O‘zbekistonning birinchi prezidenti yaqin va uzoq xorij mamlakatlariga qanday samolyotlarda uchardi? Viloyatlarga-chi? Favqulodda, og‘ir qo‘nishlardan so‘ng u o‘z uchuvchilariga nimalar derdi? Umuman, Islom Karimov qanday inson edi o‘zi? Bu haqda uning uchuvchisi Erkin Gulyamov gapirib berdi.
Uzbekistan Airways bahor mavsumidan boshlab Milan va Parij shaharlariga aviaqatnovlarni tiklaydi. Parvozlar haftada ikki marta — seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
1 fevraldan O‘zbekistonga O‘rta dengiz hududlaridan nam va deyarli iliq havo massalari kirib keladi. Harorat hafta davomida kechalari −1…+4 darajani, kunduzi +5…+10 darajani tashkil etadi. Respublika bo‘ylab vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi.
O‘zbekistonda sel, ko‘chki va suv toshqinlari kabi favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha doimiy shtab tashkil etildi.
Nukusda ikki bola kemiruvchilarga qarshi doridan zaharlanib, shifoxonaga yotqizildi. Biroq ulardan biri reanimatsion chora-tadbirlarga qaramay vafot etdi. Ijtimoiy tarmoqlarda bu holat tez tayyorlanadigan lapsha mahsulotidan zaharlanish deya tarqalgandi.
Nukus shahridagi ko‘p qavatli uy portlashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 5 nafarga yetdi. Avvalroq 5 yoshli qizaloq qutqarilib, shifoxonaga olib ketilgandi. Holat yuzasidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
«Gazeta.uz» qutqaruv ishlari davomida Nukusdagi uy vayronalari ostidan jasadi topilgan erkakning shaxsini aniqladi. U Salamat Raziyev bo‘lib, portlash sodir bo‘lgan kvartiraning pastki qavatida yashagan.
Rossiyaning «Azimut» aviakompaniyasi Sochi — Buxoro — Sochi yo‘nalishi bo‘yicha charter reyslarni yo‘lga qo‘ydi. Qatnovlar haftada bir marta — yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
«Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli»ning «Andijon-1» stansiyasi boshlig‘i tadbirkordan ularga beriladigan imtiyozlardan foydalanishga yordamlashishini aytib, $1,5 ming olgan vaqtida ushlangan. Gumonlanuvchiga jinoyat ishi ochildi.
Samarqand shahrida avtobus yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan 64 yoshli ayolni urib yubordi. YTH oqibatida piyoda voqea joyida halok bo‘ldi.
Nukus shahridagi gaz portlagan 4 qavatli uy vayronalaridan bir nafar fuqaro jasadi topildi va 5 yoshli qiz qutqarib qolindi. Uyda yashovchi boshqa fuqarolar evakuatsiya qilinib, vaqtinchalik uy-joy bilan ta’minlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting