O‘zbekistonda yoz chillasining ilk kunlarida issiq qisqa muddatga biroz kuchsizlanadi. O‘zgidromet va SSV 25-iyundan boshlanadigan 40 kunlik saraton davrida issiqdan qanday himoyalanish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Toshkentning Yashnobod, Bektemir hamda Chilonzor tumanlaridagi ayrim hududlarida elektr energiyasi soat 18:00 ga qadar vaqtincha o‘chirildi.
Toshkent shahrida konditsionerni yoqmasdan harakatlanib, yo‘lovchilar e’tiroziga sabab bo‘lgan 59-sonli avtobus haydovchilaridan biri jazolandi.
Yakkabog‘ tumanida VIII — IX asrlarga taalluqli toshdan qurilgan kuzatuv minorasi deya taxmin qilinayotgan obyekt topildi. Mutaxassislarga ko‘ra, ushbu minora zardushtiylarning daxmasi bo‘lgan bo‘lishi ham mumkin.
Adliya vazirligi yo‘l belgilarining onlayn reyestrini joriy etishni taklif qildi. Taqiqlovchi belgilarni faqat hokimlar qarori bilan o‘rnatish taklif etilmoqda. Ular reyestrda bo‘lmasa, hech qanday huquqiy oqibatlar bo‘lmaydi. Yo‘llarni qurish va ta’mirlashda esa nogironlar huquqlari hisobga olinadi.
Yoshlar ishlari agentligi Samarqandda 4-qavatdan tushib ketgan qizchani qutqarib qolgan to‘rt yigitga noutbuklar sovg‘a qildi va til kurslari xarajatlarini qoplab beradigan bo‘ldi.
Farg‘ona viloyatida imzo to‘playotgan “Haqiqat, taraqqiyot va birdamlik” partiyasi rahbari Xidirnazar Allaqulov qo‘lga olindi. IIB uning tarafdorlari bilan talablarga bo‘ysunmay, mojaro uyushtirgani, ikki xodimga tan jarohati yetkazganini iddao qildi. Allaqulov tarafdorlari provokatsiya bo‘lganini aytishmoqda.
DXX tomonidan Farg‘ona va Andijon viloyatlarida fuqarolarning ishonchiga kirib, Haj ziyoratiga yuborish evaziga pul olgan shaxslar qo‘lga olindi.
Jizzax shahrida ADM Jizzakh avtomobil zavodi hududida Koreyaning Dasan DMC kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi majmua qurilishi boshlanishiga bag‘ishlangan vaqt kapsulasini joylash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ombudsman Bo‘kada sodir bo‘lgan holatga munosabat bildirib, aybdorlar hibsga olinganini ijobiy baholashini qayd etdi. Munosabatda ta’kidlanishicha, qiynoqlarni oldini olish uchun shaffoflik ta’minlanishi kerak.
Toshkent shahri hokimligi Amir Temur, Shahrisabz, Shota Rustaveli va Yangi Sergeli ko‘chalarida tezyurar avtobuslar yo‘laklarini tashkil etish to‘g‘risidagi hujjat loyihasini muhokama uchun e’lon qildi. Loyihada xorij tajribasi asosida ko‘chalarni optimallashtirish nazarda tutilgan.
Oltiariq tumanida Nexia-2 haydovchisi velosiped boshqarib ketayotgan Italiya fuqarosini urib yubordi. U olgan jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etdi.
Jazirama kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nuri ostida bo‘lgan avtomobilda harorat 100 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. Bu mashina jihozlari xiralashishi, yorilishi va buzilishiga olib keladi. Mutaxassislar jaziramadan ularni qanday saqlash borasidagi ko‘rsatma va tavsiyalar bilan bo‘lishdi.
Uzbekistan Airways kompaniyasining Moskvadan Namanganga uchayotgan samolyoti Toshkentga favqulodda qo‘ndi. Bunga tug‘ruq boshlangan homilador yo‘lovchi sabab bo‘ldi. U tibbiy muassasaga yotqizilgan.
Toshkent shahridan Bo‘stonliq tumaniga (Chorvoq erkin turistik zonasiga) avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Har kuni 3 xil vaqtda qatnov amalga oshiriladi, yo‘lkira narxi 15 ming so‘m etib belgilandi.
Bo‘kadagi IIBda qiynoqqa solingandan so‘ng vafot etgan Usmon Salimboyevning yaqinlari voqeaga oid yangi tafsilotlarni ma’lum qildi. Ular marhumdan tashqari uning ukasi ham qiynoqqa solinganini aytdi. Jamoatchilik ichki ishlar tizimi isloh qilinishini talab qilmoqda.
Toshkent tumanida 5 yoshli bola Zaxariq kanaliga tushib, oqib ketdi. 4 kundan buyon uning jasadini topish uchun kanal suvini to‘xtatib turishga ruxsat kutilayotgani aytilmoqda.
Samarqand shahrida to‘rt nafar yigit 4-qavatdan tushib ketgan qizaloqni hayotini saqlab qoldi.
Alif Pay birinchi uch oylikda foizsiz 1 mlrd so‘mgacha ekvayring hizmatini yo‘lga qo‘ydi. Bu xizmat tadbirkorlarga qulaylik yaratib, ilovani yuklab olish majburiyatisiz to‘lovni amalga oshirish imkoniyatini beradi.
Toshkent shahrida YPX xodimlari Germaniyadan keltirilgan BMW mototsikllarini boshqarish va ulardan to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting