Jamiyat

Toshkent-Novosibirsk yo‘nalishidagi xalqaro poyezd harakati tiklanadi
18 yanvar 2023, 17:16

Toshkent-Novosibirsk yo‘nalishidagi xalqaro poyezd harakati tiklanadi

2 fevraldan Toshkent-Novosibirsk yo‘nalishidagi xalqaro poyezd harakati qayta tiklanadi. Yo‘nalish qatnovi 2020 yilda pandemiya sababli to‘xtatilgan edi.

USAID O‘zbekistonda migrantlar uchun ikkinchi resurs markazini ochdi
18 yanvar 2023, 17:01

USAID O‘zbekistonda migrantlar uchun ikkinchi resurs markazini ochdi

USAID Samarqandda migrantlar va ularning oilalari uchun ikkinchi axborot-maslahat markazini ochdi. Markaz xorijda odam savdosi bilan shug‘ullanuvchilar tuzog‘iga tushib qolmaslik uchun treninglar o‘tkazadi hamda qaytib kelgan migrantlar va ularning oila a’zolariga huquqiy maslahat va kasb-hunar o‘rgatadi.

Ziyovuddin Mirsodiqov «Vaqf» xayriya jamoat fondi raisi etib tayinlandi
18 yanvar 2023, 15:57

Ziyovuddin Mirsodiqov «Vaqf» xayriya jamoat fondi raisi etib tayinlandi

Ziyovuddin Mirsodiqov «Vaqf» xayriya jamoat fondi raisi etib tayinlandi. U shu paytga qadar Toshkent shahridagi «Bo‘ta buva» jome masjidi imom-xatibi vazifasida faoliyat yuritgan.

Farg‘onada ikki YTHda ikki kishi vafot etgan
18 yanvar 2023, 15:37

Farg‘onada ikki YTHda ikki kishi vafot etgan

Beshariq tumani va Farg‘ona shahrida yuz bergan YTHlarda ikki nafar fuqaro vafot etdi, bir kishi jarohatlandi.

O‘zbekiston xalq artisti Hakim Zaripov 99 yoshida vafot etdi
18 yanvar 2023, 15:30

O‘zbekiston xalq artisti Hakim Zaripov 99 yoshida vafot etdi

Afsonaviy sirk ustasi Hakim Zaripov 99 yoshida vafot etdi. U 80 yil davomida sirk manejida ot ustida tomosha ko‘rsatish bilan shug‘ullanib kelgan.

Sud tizimini sifat jihatidan yaxshilash strategiyasi tasdiqlandi
18 yanvar 2023, 15:13

Sud tizimini sifat jihatidan yaxshilash strategiyasi tasdiqlandi

Prezident sud tizimini sifat jihatidan yaxshilash uchun tuzilgan 3 yillik strategiyani tasdiqladi. Unga ko‘ra, sudlar faoliyati to‘liq raqamlashtiriladi. Sud-huquq sohasidagi qonunchilikni tahlil qilish boshqarmasi negizida Odil sudlov sohasida qonunchilikni tahlil qilish departamenti ochiladi.

O‘zbekistondagi g‘ordan topilgan neandertal bolaning tashqi ko‘rinishi namoyish etildi
18 yanvar 2023, 12:48

O‘zbekistondagi g‘ordan topilgan neandertal bolaning tashqi ko‘rinishi namoyish etildi

Olimlar O‘zbekistondagi Teshiktosh g‘oridan topilgan neandertal bolaning ko‘rinishini namoyish etdi. Bu birinchi bor 3D-restavratsiya yordamida toshga aylangan odam bosh suyagini kompyuterda tiklanishi.

Poytaxt markazida harakatlanayotgan yengil avtomobillar soni 20 foizgacha qisqartiriladi
18 yanvar 2023, 12:48

Poytaxt markazida harakatlanayotgan yengil avtomobillar soni 20 foizgacha qisqartiriladi

Toshkent shahrida ko‘cha-yo‘l tarmog‘ining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish, tirbandliklar yuzaga kelishining oldini olish va ularning sonini keskin kamaytirish rejalashtirilmoqda. Xususan, poytaxtning markaziy ko‘chalarida harakatlanayotgan yengil mashinalar soni 20 foizgacha qisqartiriladi.

Toshkent-Termiz va Toshkent-Urganch yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
18 yanvar 2023, 11:54

Toshkent-Termiz va Toshkent-Urganch yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

Qishki ta’til kunlari uzaytirilishi munosabati bilan Toshkent-Termiz va Toshkent-Urgancha yo‘nalishida 21−22 yanvar kunlari qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi.

Surxondaryoda 2 shaxs nodavlat universitet ochib, 18 kishining pulini o‘zlashtirganlikda gumonlanmoqda
18 yanvar 2023, 11:16

Surxondaryoda 2 shaxs nodavlat universitet ochib, 18 kishining pulini o‘zlashtirganlikda gumonlanmoqda

Jarqo‘rg‘on tumanida 2 shaxs nodavlat universitet ochib, 18 kishining 152,9 mln so‘mini olib, o‘z ehtiyojiga ishlatib yuborganlikda gumonlanmoqda. Denovda esa yana bir fuqaro o‘qishga kiritib qo‘yish uchun pora olgani aytilmoqda. Ularga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

O‘zbekiston va Bolgariya o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
18 yanvar 2023, 10:29

O‘zbekiston va Bolgariya o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Azamov Bolgariya turizm vaziri Ilin Dimitrov bilan uchrashdi. Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro sayyohlar oqimini oshirish va tadbirkorlik subyektlari aloqalarini o‘rnatish yuzasidan muzokaralar olib bordi.

IIV akademiyasida og‘ir vaziyatlarda 100 ta oilaga mo‘ljallangan yashash xonalari tashkil etiladi
18 yanvar 2023, 10:06

IIV akademiyasida og‘ir vaziyatlarda 100 ta oilaga mo‘ljallangan yashash xonalari tashkil etiladi

IIV rahbari Po‘lat Bobojonov energiya resurslari bilan bog‘liq muammolar yuzasidan tezkor yig‘ilish o‘tkazdi. Mas’ullarga vazirlik akademiyasi bazasida og‘ir vaziyatlarda 100 ta oilaga mo‘ljallangan yashash xonalarini tashkil etish, mahallalarda «Isinish punktlari»ning faoliyatini ta’minlash vazifasini topshirdi.

Xorazmda benzin tashuvchi yuk mashinasi yonib ketdi
18 yanvar 2023, 09:31

Xorazmda benzin tashuvchi yuk mashinasi yonib ketdi

Tuproqqal’a tumanidan o‘tuvchi A-380 avtomobil yo‘lida benzin tashuvchi MAN yuk mashinasi yonib ketdi. Yong‘in deyarli 3 soat davom etgan. Uning oqibatida jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘q, deyiladi Xorazm viloyati FVB xabarida.

Video: Jizzaxda haydovchisi uxlab qolgan avtobus 7 ta mashina bilan to‘qnashdi
18 yanvar 2023, 08:50

Video: Jizzaxda haydovchisi uxlab qolgan avtobus 7 ta mashina bilan to‘qnashdi

Jizzax shahrida avtobusni yo‘lovchilarsiz boshqargan haydovchi uxlab qolib, «zapravka»da navbat kutib turgan 7 ta mashinaga borib urildi. YTH oqibatida bir haydovchiga tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Toshkent kengashi sobiq hokimga murojaatnoma yo‘llanmaganini ma’lum qildi
17 yanvar 2023, 22:46

Toshkent kengashi sobiq hokimga murojaatnoma yo‘llanmaganini ma’lum qildi

Toshkent kengashi raisi o‘rinbosari Toshpo‘lat Matiboyev kengash sobiq hokimga murojaat e’lon qilmaganini bildirdi. Jahongir Ortiqxo‘jayevga minnatdorchilik bildirilgan murojaatnoma kengashning Telegram kanalida e’lon qilinib, keyinroq o‘chirib tashlangan edi.

17 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
17 yanvar 2023, 22:00

17 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

4-marta uzaytirilgan qishki ta’til, viloyatlarda ham qilinayotgan harbiy dala oshxonalari, harbiy xizmatda o‘zini o‘ldirgani aytilgan 20 yoshli yigit, 1 yilda «Tez yordam»ga 13 mlndan ko‘p chaqiriq, elektr ta’minoti korxonasi xodimiga pichoq bilan tahdid qilgan ayol va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

AQSh DXX Chegara qo‘shinlariga 200 dan ziyod infraqizil monokulyarlarni taqdim etdi
17 yanvar 2023, 21:39

AQSh DXX Chegara qo‘shinlariga 200 dan ziyod infraqizil monokulyarlarni taqdim etdi

AQSh O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlariga 225 dona FLIR infraqizil monokulyar taqdim etdi

«Biz, ko‘zi ojizlar, o‘z yog‘imizga qovurilib yashayapmiz». Toshkentdagi «jannat»ga qiyoslangan, lekin sovuq yotoqxonadan reportaj
17 yanvar 2023, 17:42

«Biz, ko‘zi ojizlar, o‘z yog‘imizga qovurilib yashayapmiz». Toshkentdagi «jannat»ga qiyoslangan, lekin sovuq yotoqxonadan reportaj

Ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzordagi ko‘zi ojizlar yotoqxonasida sutkalab chiroq o‘chayotgani, mas’ullar esa bunga e’tibor bermayotgani haqida xabarlar tarqaldi. «Gazeta.uz» muxbiri Mirolim Isajonov nafaqat qahratonda, balki jaziramada ham muammolar iskanjasida qoluvchi ushbu yotoqxonada bo‘lib qaytdi.

Jizzaxda tibbiy markaz mansabdorlari yangi uskunalar puliga yaroqsiz jihoz xarid qilgani aniqlandi
17 yanvar 2023, 17:36

Jizzaxda tibbiy markaz mansabdorlari yangi uskunalar puliga yaroqsiz jihoz xarid qilgani aniqlandi

Jizzax viloyati Ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 245,2 mln so‘mga jarrohlik uskunalarini xarid qilish belgilangan. Ammo mansabdorlar bu pullarni talon-toroj qilib, boshqa yaroqsiz uskunalar olgan. Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Video: Moldovada terrorizmda ayblangan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi
17 yanvar 2023, 16:32

Video: Moldovada terrorizmda ayblangan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

Moldovada O‘zbekiston fuqarosi ushlandi. U terrorizmda ayblanmoqda. Ilgari qotillik qilishga urinib, qamoq jazosini o‘tagan erkak O‘zbekistonga ekstraditsiya qilinishi kutilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting