Aprel oyida O‘zbekistonda ulgurji iste’molchilar tomonidan qariyb 30 mln kub metr hajmdagi (28,9 mlrd so‘mlik) tabiiy gazdan noqonuniy foydalanildi.
Surxondaryodagi “Ayritom” chegara bojxona postidan o‘tkazilayotgan anor sharbatlari tarkibida 103 kg metamfetamin sintetik giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi. Ular Toshkentdagi kompaniyalardan biriga yuborilayotgan bo‘lgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkentda 5-maydan boshlab 14 ta avtobus yo‘nalishida xizmat ko‘rsatish brutto-shartnoma asosida tashkil etildi. Yangi tizim daromad rejasiga (kunlik plan) asoslanmaydi. Endi barcha tushumlar shahar budjetiga o‘tkaziladi, hokimlik yo‘lovchi tashuvchiga pulni bajarilgan ish hajmidan kelib chiqib o‘tkazib beradi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 230-sonli bog‘cha direktori “xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashib, bolalar hayotini xavf ostiga qo‘ygani uchun” ishdan bo‘shatilganini ma’lum qildi. Uning 15 yoshli o‘g‘li 4 nafar qizchaga tegajog‘lik qilganlikda gumonlanib, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Toshkentda 4 qizchaga tegajog‘lik qilganlikda gumonlanayotgan bog‘cha direktorining 15 yoshli o‘g‘li, asosiy stavkani 14% darajasida qoldirgan Markaziy bank, qirg‘iz-o‘zbek chegarasidan ID-karta orqali o‘tishga ruxsat berilgani, UzAuto Motors`ning sof foydasi kamaygani va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Coca-Cola Uzbekistan tomonidan kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishda ayollarning o‘rni masalasida biznes-nonushta tashkil qilindi.
“Gazeta.uz” surishtiruvidan so‘ng Toshkentdagi bog‘cha direktorining 15 yoshli o‘g‘li 4 nafar qizchaga tegajog‘lik qilgani bo‘yicha jinoyat ishi ochildi. IIV tergov davom etayotganini, Bosh prokuratura va Maktabgacha ta’lim agentligi holat qat’iy nazoratga olinganini bildirdi.
O‘zbekiston Yengil atletika federatsiyasining anjumanlar zalida 14-may kuni bo‘lib o‘tadigan “Men G‘olib” ommaviy yugurish musobaqasini o‘tkazishga bag‘ishlangan matbuot brifingi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonda suvdan qarzdorlik miqdori 1,36 trln so‘mga yetdi. Shundan 1,13 trln so‘m jismoniy, 224 mlrd so‘m yuridik iste’molchilar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Qarzdorligi eng yuqori hududlar poytaxt, Andijon va Toshkent viloyatlari bo‘lib turibdi.
Ekobloger “O‘rikguli” poytaxtdagi daraxtlar “pala-partish” sug‘orilib, suv “isrof qilinayotganini” tanqid qildi. “Gazeta.uz” bunga mas’ul tashkilot bilan bog‘landi. Boshqarma boshlig‘i buni tizimda xodim yetishmasligi, qolaversa ko‘plab yangi obyektlar boshqarma balansiga hali beri kiritilmagani bilan izohladi.
Chilonzordagi 230-sonli bolalar bog‘chasida direktorning 15 yoshli o‘g‘li 4 nafar qizchaga, ular uxlashga yotgan vaqtida tegajog‘lik qilgani aytilmoqda. Bunga kamida 3−4 nafar bola guvoh bo‘lib qolgan. Direktor esa buni “tuhmat” deb atamoqda va qizchalarning o‘zini tarbiyasizga chiqardi. “Gazeta.uz” surishtiruvi.
5−7-may kunlari O‘zbekistonda kuzatiladigan kuchli yomg‘irlar sababli 9 ta viloyatda sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin. Ayrim joylarda do‘l yog‘ishi, shamol tezligi kuchayib, chang-to‘zon ko‘tarilishi kutilmoqda.
AQSh Global seysmik tarmog‘ining (dunyo bo‘ylab 150 dan ortiq stansiyalarni o‘z ichiga oladi) bir qismi bo‘lgan stansiya Jizzax viloyatiga o‘rnatildi. Shuningdek, AQSh O‘zbekistonga seysmik xavflarni baholash va qurilish qoidalarini yaxshilashda yordam beradi.
O‘zbekiston bo‘ylab aprel oyida 225 ta holatda iste’molchilar tomonidan 5,5 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi. Ularning eng ko‘pi Andijon, Sirdaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keldi.
“Mehribonlik korpusi” va MakGovern-Doul dasturi tomonidan Surxondaryo va Qoraqalpog‘istondagi 58 davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kitob burchaklari ochildi. Ushbu muassasalarga to‘rt tilda salkam 5800 ta kitob hadya qilingan.
Qashqadaryoda ota o‘g‘lining nomidagi xususiy korxonaning 30 sotix yerini 100 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganda ushlandi. Samarqand va Sirdaryoda ham fuqarolar xo‘jalik yerini noqonuniy sotayotganda qo‘lga tushgani aytilmoqda. Hozirda holatlar bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan.
Olmazor tumanida savdo qilish uchun joy talashgani aytilgan ayol ustiga benzin quyib, o‘zini yoqib yubordi. U 35 foiz termik kuyish tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Shahar IIBB ayol bundan avval ham o‘zini yoqishga uringani, hozirda prokuratura ishni tekshirayotganini bildirdi.
Koreya Tashqi ishlar vazirligi va Seul meriyasi Toshkent shahridagi Seul bog‘ini rekonstruksiya qilish uchun salkam 500 ming dollar ajratadi. Bu haqda Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi elchisi Kim Xi Sang poytaxt hokimi bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
O‘zbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi zo‘ravonlikka qarshi kurashuvchi Nemolchi.uz loyihasi asoschisi, jurnalist Irina Matviyenkoga qilingan tahdidlarni qoraladi. Tashkilot vaziyatni o‘rganishni so‘rab, Bosh prokuraturaga murojaat yo‘lladi.
Milliy gvardiyaga huquqbuzarlarga jarima qo‘llash huquqi berilishi, daraxtlarga shikast yetishiga yo‘l qo‘yganlar ham javobgarlikka tortilishi, O‘zbek-qirg‘iz chegarasidan o‘tuvchi yashirin yerosti yo‘li, tahdid sabab O‘zbekistonni tark etgan Nemolchi.uz loyihasi muallifi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting