Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi 16 yoshli bola PUBG profilini sotishini aytib 14 yoshli boladan 4,5 ming dollar olgan. Biroq profilni unga bermay, pullarni shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi ochilgan.
Ikki haftadan buyon Sudanda davom etayotgan qurolli to‘qnashuvlar sababli xorijlik fuqarolar Saudiya Arabistoniga evakuatsiya qilinmoqda. Ko‘chirilayotganlar orasida o‘zbekistonliklar ham bor. Saudiya “ularning o‘z mamlakatlariga jo‘nab ketishiga tayyorgarlik ko‘rish uchun barcha zaruriy ehtiyojlarni ta’minlab beradi”.
Yunusobod tumanida 4 ta yuk mashinasi va 8 ta yengil avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Oqibatda bir yo‘lovchi jarohat olib, shifoxonaga yetkazildi.
Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida hojatxonaga tushib ketgan telefonni olishga uringan bir oilaning uch nafar a’zosi halok bo‘ldi.
Oltin qazib olishni 1,5 barobarga oshirmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston, Rossiyadan yana 56 ta metro vagoni olinishi, ITB bilan imzolangan 400 mln dollarlik bitimlar, Andijon, Namangan, Buxoro va Urganch aeroportlari boshqaruvi xususiy sektorga topshirilishi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
2021-yildan buyon 14 102 ta yuqori natijali xorijiy til sertifikatlarini qo‘lga kiritgan yoshlarga imtihon uchun qilgan to‘lovi qaytarib berildi. Ularning 10 356 tasi IELTS uchun to‘langan kompensatsiyadir. Bunda talabgor 7 balldan yuqori natija ko‘rsatishi talab etiladi.
Xalqaro Yer kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Henik nutq so‘zladi. U tabiatni asrash uchun barcha tashkilot va fuqarolar birga harakat qilishi kerakligini aytdi. “Deyarli barcha kiyimlarimni second-hand`dan xarid qilaman, bu odatga aylangan”, — dedi elchi.
Davlat ijrochisining har qanday qarorlari yoki harakatlari ustidan shikoyat endi faqat ma’muriy sudga yoxud bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, mansabdor shaxsga beriladi.
Qashqadaryoda 15 ta gaz taqsimlash punkti va stansiyasi salkam 23 mlrd so‘mlik suyultirilgan gazni talon-toroj qilgani aniqlandi. Ular gazni qabul qilish va yetkazishda hukumat qarori talablariga rioya etmagan.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 2023-yildan nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatini ham baholashni rejalashtirmoqda.
28-aprel — 1-may kunlari Toshkentdan Samarqand va Qarshi shaharlariga qo‘shimcha “Afrosiyob” yo‘lovchi poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Kosonsoy tumanidan oqib o‘tuvchi “Chust” kanaliga “Jiguli” tushib ketdi. Voqeaga haydovchining boshqaruvni yo‘qotishi sabab bo‘lgan. Mashina FVB xodimlari tomonidan chiqarib olindi.
Polsha xalqaro qidiruvda bo‘lgan va 2022-yil martida Interpolning Qizil xabarnomasi asosida hibsga olingan shaxsni O‘zbekistonga ekstraditsiya qildi. U yirik firibgarlikda ayblanmoqda.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkentdan Istanbulga uchgan samolyoti bortida o‘g‘il chaqaloq tug‘ildi.
Iyun oyidan boshlab O‘zbekiston va Chernogoriya o‘rtasida doimiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslar yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu mamlakatga kirishda O‘zbekiston fuqarolaridan viza talab qilinmaydi.
Litiy qazib olishga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston, Putin bilan qo‘ng‘iroqlashgan Mirziyoyev, bemorning eri tomonidan kaltaklagan shifokor, maktab qizlarining navbatdagi janjali, O‘zbekiston va Turkmanistonning 2 ta chegara posti qayta tiklanishi mumkinligi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Toshkent metrosi yerusti Halqa yo‘lining beshta yangi bekati (8−12) yo‘lovchilar uchun ochildi. Stansiyalarning interer dizayni, tematik bezakli “Paralimpiya harakati” stansiyasidan tashqari, boshqalar bilan bir xil. Stansiyalar qanday ko‘rinishga egaligi — “Gazeta.uz” fotoreportajida.
1966-yil 26-aprelda Toshkentda vayronkor zilzila sodir bo‘lgandi. O‘shanda shahar hayvonot bog‘ida 200 dan ortiq hayvonlar va qushlar bo‘lgan. Bog‘ning haqiqiy ma’nodagi oqsoqoli Mahmadali Asqarov “Gazeta.uz”ga hayvonot bog‘i va uning jonzotlari tabiiy ofatni qanday boshdan kechirgani haqida gapirib berdi.
Buxorodagi Minorai Kalon yonida joylashgan Poi Kalon majmuasida Vladimir Spivakov rahbarligida Rossiya Milliy filarmoniya orkestrining ochiq osmon ostidagi xayriya konserti bo‘lib o‘tadi.
Harbiy havo kuchlari qo‘mondoni Atilla Gulan boshchiligidagi Turkiya harbiy delegatsiyasi Mudofaa vazirligida O‘zbekiston Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondoni bilan uchrashuv o‘tkazdi. Qarshidagi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtiga tashrif ham kutilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting