Jamiyat

Surxondaryoda o‘qituvchilar bir erkak tomonidan do‘pposlangani aytilmoqda
18 aprel 2023, 16:29

Surxondaryoda o‘qituvchilar bir erkak tomonidan do‘pposlangani aytilmoqda

Uzun tumanidagi maktabda bir erkak o‘qituvchilarni do‘pposlayotgani aks etgan video tarqaldi. Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holat ishchi guruh tomonidan o‘rganilayotgani, Bosh prokuratura esa o‘rganish natijalari qonun doirasida ko‘rib chiqilishini bildirdi.

Samarqandda o‘rmon xo‘jaligi yerini $25 mingga sotishga uringan fuqaro ushlandi
18 aprel 2023, 15:15

Samarqandda o‘rmon xo‘jaligi yerini $25 mingga sotishga uringan fuqaro ushlandi

Oqdaryo tumanida fuqaro o‘rmon xo‘jaligining 3 gektar yerini 25 ming dollarga sotishga uringanlikda ayblanmoqda. Gumonlanuvchi xaridordan 10 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Samarqand shahri uchun 350 ta elektrobus sotib olinadi
18 aprel 2023, 13:12

Samarqand shahri uchun 350 ta elektrobus sotib olinadi

YeTTB ajratayotgan mablag‘lar hisobiga Samarqand shahri uchun 350 ta elektrobus olib kelinadi. 95 mln dollarlik loyiha 2 bosqichda amalga oshiriladi.

Olmaliqda 9 qavatli uyni sifatsiz qurayotgan pudratchi jarimaga tortildi
18 aprel 2023, 12:28

Olmaliqda 9 qavatli uyni sifatsiz qurayotgan pudratchi jarimaga tortildi

Olmaliq shahrida qurilayotgan 9 qavatli uyning sifati tanqid qilingach, hududda o‘rganish o‘tkazildi. obyektda ko‘plab me’yoriy talablar buzilgani aniqlandi. Hozirda qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan, pudratchi ma’muriy jarimaga tortildi.

O‘zbekistonda so‘nggi uch oyda salkam 14 ming kishi sudlandi
18 aprel 2023, 11:44

O‘zbekistonda so‘nggi uch oyda salkam 14 ming kishi sudlandi

2023-yilning o‘tgan uch oyi mobaynida 13 907 nafar kishi sudlandi. Shundan 3 707 nafar shaxsga nisbatan ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. 2022-yilda esa 56 542 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Shundan 14 081 nafar shaxsga nisbatan ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

AnadoluJet Anqara va Toshkentni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘laydi
18 aprel 2023, 10:28

AnadoluJet Anqara va Toshkentni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘laydi

Turkiyaning AnadoluJet aviakompaniyasi Anqara-Toshkent-Anqara yo‘lovchi yo‘nalishini yo‘lga qo‘ydi. O‘zbekistonga birinchi reys bilan 160 nafar yo‘lovchi uchib keldi.

Jurnalist va yozuvchi Murod Xidir 84 yoshida vafot etdi
18 aprel 2023, 02:08

Jurnalist va yozuvchi Murod Xidir 84 yoshida vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Murod Xidir 84 yoshida vafot etdi.

Andijonda pichoqlangan shaxs hokimiyatda emas, Respublikadagi qo‘mitalarning birida ishlaydi — Bosh prokuratura
17 aprel 2023, 23:29

Andijonda pichoqlangan shaxs hokimiyatda emas, Respublikadagi qo‘mitalarning birida ishlaydi — Bosh prokuratura

Tarmoqlarda Xonobod shahar hokimligi xodimi pichoqlangani haqida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuraturaga ko‘ra, jabrlangan shaxs hokimiyatda emas, Respublikadagi qo‘mitalarning birida ishlaydi. Pichoqlangan fuqaro tirik qolgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 1 nafar shaxs gumonlanuvchi sifatida ushlangan.

Qurilish vazirligi Olmaliqda 9 qavatli uy qurilishini to‘xtatdi
17 aprel 2023, 22:44

Qurilish vazirligi Olmaliqda 9 qavatli uy qurilishini to‘xtatdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Olmaliqda qurilayotgan 9 qavatli uyning tayanch ustunlari armaturalari ingichkaligi, ular orasidagi masofaning kattaligi hamda beton sifati pastligi aytilgan video tarqaldi. O‘zbekiston Qurilish vazirligi ish to‘xtatilgani, o‘rganish ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

17-aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
17 aprel 2023, 22:00

17-aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Ramazon hayitida 3 kun dam, haftalik ob-havo prognozi, poytaxtning yangi hokimi qarorlarining deyarli yarmi jamoatchilikdan yashirilgani, avtobusda ayol va erkaklar hududlari belgilangan e’lonlar, 5 qavatli bino qurilishidan norozi “Rakat” mahallasi aholisi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

O‘zbekiston tumani hokimligi xodimi 3 gektar yerni 4 ming dollarga sotishga uringanlikda gumonlanib qo‘lga olindi
17 aprel 2023, 20:44

O‘zbekiston tumani hokimligi xodimi 3 gektar yerni 4 ming dollarga sotishga uringanlikda gumonlanib qo‘lga olindi

O‘zbekiston tumani hokimligining yer nazorati inspektori hokimiyat balansidagi 3 gektar yerni ochiq elektron platforma orqali yutib berish evaziga 4 ming dollar olganlikda gumonlanmoqda. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Markaziy Osiyoda yagona”. Madaniyat vazirligi 15,5 mlrd so‘mlik ko‘chma sahnalarni taqdimot qildi
17 aprel 2023, 17:59

“Markaziy Osiyoda yagona”. Madaniyat vazirligi 15,5 mlrd so‘mlik ko‘chma sahnalarni taqdimot qildi

Madaniyat vazirligi 15,5 mlrd so‘mga xarid qilgan ko‘chma sahnali yuk mashinalari taqdimoti o‘tkazildi. Transformer 2,5 soatda o‘rnatiladi, 10 ming kishiga mo‘ljallangan va alohida generatori mavjud. Ozodbek Nazarbekovning aytishicha, ular tog‘li hududlarga borib, aholiga xizmat ko‘rsatadi. “Gazeta.uz” reportaji.

Namangan shahridagi korxona 4 mlrd so‘mdan ortiq gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
17 aprel 2023, 16:57

Namangan shahridagi korxona 4 mlrd so‘mdan ortiq gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Davlatobod tumanida ohak ishlab chiqaruvchi korxona 4 mlrd so‘mdan ortiq gazdan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi.

Poytaxtdagi mahalla aholisi 5 qavatli bino qurilishidan norozi
17 aprel 2023, 13:08

Poytaxtdagi mahalla aholisi 5 qavatli bino qurilishidan norozi

Toshkent shahridagi “Rakat” mahallasi aholisi o‘z ko‘chasida loyihada ko‘zda tutilgan 3 qavatli uy o‘rniga 5 qavatli bino qurilayotganidan norozi bo‘lmoqda. Qurilish boshqarmasi va MIB buyurtmachiga qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha talabnoma yuborganini ma’lum qildi.

Hafta davomida quruq va salqin havo kuzatiladi
17 aprel 2023, 11:44

Hafta davomida quruq va salqin havo kuzatiladi

Dushanba, seshanba kunlari O‘zbekistonning katta qismida quruq, lekin salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzgi harorat +12…+15 daraja bo‘ladi. 19-apreldan harorat asta-sekin ko‘tariladi va +20…+25 darajaga yetadi.

O‘zbekistonda ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun “Mening yo‘lim” loyihasiga start berildi
17 aprel 2023, 11:39

O‘zbekistonda ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun “Mening yo‘lim” loyihasiga start berildi

17-apreldan Open budget portalida “Mening yo‘lim” loyihasining 2023-yilgi mavsumi uchun arizalar qabuli boshlandi. Loyihaga 312 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi. Kiritilgan takliflar uchun ovoz berish jarayoni 28-apreldan 7-mayga qadar o‘tkaziladi.

Toshkentda $600 pora olganlikda gumonlangan mudofaa bo‘limi boshlig‘i ushlandi
17 aprel 2023, 11:14

Toshkentda $600 pora olganlikda gumonlangan mudofaa bo‘limi boshlig‘i ushlandi

Poytaxt tumanlaridan birining mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i fuqaroga harbiy guvohnoma rasmiylashtirib berish evaziga 600 dollar pora olgani aytilmoqda. Yana bir holatda monomarkaz direktori 300 dollar olganlikda ayblanib ushlandi.

Toshkentning qator tumanlarida ichimlik suvi 2 kunga to‘xtatildi
17 aprel 2023, 10:50

Toshkentning qator tumanlarida ichimlik suvi 2 kunga to‘xtatildi

17-apreldan 19-aprelgacha poytaxtning Sergeli, Yangihayot, Mirobod va Yakkasaroy tumanlaridagi ayrim hududlarda ichimlik suvi to‘xtatildi.

Farg‘onada ayol 8 oylik qizini sotmoqchi bo‘ldi
17 aprel 2023, 10:46

Farg‘onada ayol 8 oylik qizini sotmoqchi bo‘ldi

Farg‘ona viloyatida 8 oylik qizini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi. U bu pulga kvartira sotib olmoqchi bo‘lgan.

O‘zbekistonliklar Ramazon hayiti munosabati bilan 3 kun dam olishi mumkin
17 aprel 2023, 10:30

O‘zbekistonliklar Ramazon hayiti munosabati bilan 3 kun dam olishi mumkin

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ma’lum qilishicha, Ramazon hayiti munosabati bilan barcha xodimlar ketma-ket 3 kun — 22−24-aprel sanalarida dam olishi mumkin.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting