Jamiyat

Chimyonda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
7 aprel 2023, 15:19

Chimyonda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

Toshkent viloyatidagi Chimyon tog‘larida 8−11-aprel kunlari qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.

Sirdaryo viloyati 5 ta tashabbus bo‘yicha rivojlantiriladi
7 aprel 2023, 15:17

Sirdaryo viloyati 5 ta tashabbus bo‘yicha rivojlantiriladi

Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyati aholisi farovonligini oshirish bo‘yicha 5 ta tashabbusni ilgari surdi. 20 ta yo‘nalishdagi loyihalarga imtiyozlar joriy etiladi, 11 ta tuman va shahar sanoatga ixtisoslashadi, viloyat yirik logistika xabiga, Guliston shahri esa “Innovatsion meditsina xabi”ga aylantiriladi.

Qoraqalpog‘istonda kanal qirg‘og‘i yemirilishi sabab 8 gektar dalani suv bosdi
7 aprel 2023, 15:01

Qoraqalpog‘istonda kanal qirg‘og‘i yemirilishi sabab 8 gektar dalani suv bosdi

Ellikqal’a tumanida kanaldan suv chiqishi oqibatida 8 gektar dalani suv bosgan. O‘rganishlar davomida mazkur hududdagi fermer kanalga noqonuniy suv olish trubasini o‘rnatgan va o‘sha trubalar qo‘yilgan qisimdan suv sizib chiqqan. Natijada, kanal qirg‘og‘i yemirilib suv chiqqan. Holat bo‘yicha o‘rganish boshlangan.

O‘zbekiston xalqaro hamkorlardan ta’lim tizimi uchun $580 mln jalb qiladi. Bu nima beradi?
7 aprel 2023, 13:20

O‘zbekiston xalqaro hamkorlardan ta’lim tizimi uchun $580 mln jalb qiladi. Bu nima beradi?

2023−2026-yillarda O‘zbekiston ta’lim tizimini isloh qilish bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqildi. Xalqaro tashkilotlar uch yillik islohotlar uchun 580 mln dollardan ko‘proq ajratishni rejalashtirgan. “Gazeta.uz” O‘zbekiston rasmiylari va xalqaro tashkilotlar vakillaridan bu qanchalik samara berishi haqida so‘radi.

Samarqandda fuqarolarni 50 ming dollarga AQShga, 24 ming dollarga Kanadaga yubormoqchi bo‘lganlar ushlandi
7 aprel 2023, 13:17

Samarqandda fuqarolarni 50 ming dollarga AQShga, 24 ming dollarga Kanadaga yubormoqchi bo‘lganlar ushlandi

Samarqand shahrida AQSh va Kanadaga fuqarolarni noqonuniy ravishda jo‘natmoqchi bo‘lib, ulardan pul olgan shaxslar qo‘lga olindi.

Dam olish kunlari qator hududlarda yomg‘ir yog‘adi
7 aprel 2023, 12:48

Dam olish kunlari qator hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Shanba va yakshanba kunlari O‘zbekistonning qator hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq kuzatiladi. Baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Harorat kechalari +7…+12 daraja, kunduzi +22…+27 darajani tashkil etadi.

“Tashabbusli budjet” loyihasining g‘oliblari e’lon qilindi
7 aprel 2023, 12:45

“Tashabbusli budjet” loyihasining g‘oliblari e’lon qilindi

“Tashabbusli budjet” loyihasining 2023-yildagi 1-mavsumiga ovoz berish 7-aprelda yakunlandi. Jami 1666 ta loyiha g‘olib deb topildi va ularni amalga oshirish uchun 1,6 trln so‘mga yaqin mablag‘lar yo‘naltiriladi. Hududlarda odatdagidek odamlar bayram qilishni boshlab yubordi.

Sirdaryo Xitoy tajribasiga asoslangan innovatsion hududga aylanadi
7 aprel 2023, 12:37

Sirdaryo Xitoy tajribasiga asoslangan innovatsion hududga aylanadi

Sirdaryoni sanoat, tadbirkorlik, qishloq xo‘jaligi, ta’lim va tibbiyot sohalarida “ilg‘or innovatsiyalar hududi”ga aylantirish rejalashtirilgan, dedi viloyatga tashrif buyurgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev.

Toshkent viloyatida avariya holatidagi 23 ta “dom” buzilib, o‘rniga yangisi quriladi
7 aprel 2023, 11:30

Toshkent viloyatida avariya holatidagi 23 ta “dom” buzilib, o‘rniga yangisi quriladi

Toshkent viloyatida avariya holatidagi 23 ta ko‘p kvartirali uy buzilib, o‘rniga yangisi qurilishi rejalashtirilmoqda. Yangi uylar bitgunga qadar xonadon egalari 11 oy tuman/shahar hokimligi va tashabbuskorlar mablag‘i hisobidan ijarada yashab turadi.

Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoga boradi
7 aprel 2023, 10:53

Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoga boradi

7-aprel kuni prezident Sirdaryo viloyatiga tashrif buyuradi. Davlat rahbari xalq deputatlari viloyat kengashining sessiyasida ishtirok etadi, korxonalar faoliyati bilan tanishadi.

Toshkentdan Zangiota shifoxonasiga avtobus harakati yo‘lga qo‘yildi
7 aprel 2023, 10:45

Toshkentdan Zangiota shifoxonasiga avtobus harakati yo‘lga qo‘yildi

Toshkentdan Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasigacha 154-sonli Isuzu avtobusi harakati yo‘lga qo‘yildi. Ish tartibi soat 6:00 dan 21:30 gacha etib belgilandi.

Martda 76,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanildi
7 aprel 2023, 09:46

Martda 76,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanildi

O‘zbekistonda mart oyida 79 mln kub metr (76,3 mlrd so‘m) hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bunday holatlarning eng ko‘pi Buxoro, Farg‘ona va Jizzax viloyatlarida qayd etilgan.

Toshkentlik erkak onasi uchun ayol shifokorlarni yuborishni so‘rab feldsherga tahdid qildi
6 aprel 2023, 23:42

Toshkentlik erkak onasi uchun ayol shifokorlarni yuborishni so‘rab feldsherga tahdid qildi

Toshkent tez tibbiy yordam feldsheri Zlata Gafurova chaqiriq bo‘yicha ayollar emas, erkaklar kelgani bois onasi uchun shifokorlarni chaqirgan erkak tomonidan tahdidlar bo‘lganini ma’lum qildi. Uchastka noziri esa qarshi ariza yozgan tibbiyot xodimasi 12 mln so‘m jarimaga tortilishini aytgan.

6-aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
6 aprel 2023, 22:00

6-aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Barcha shaharlarda tezlik 60 km/soatgacha pasaytirildi, Xorazmda 11 kishi yosh qizni zo‘rlangani aytilmoqda, qurilishobyektlarini majburiy ekspertizadan o‘tkazilishi, Farhod Mannopovni operatsiya qilgan shifokor haqida, IIB rahbari buyrug‘i bilan otib o‘ldirilgan ayiq va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

Barcha shaharlarda havo ifloslanishini nazorat qiluvchi avtomatlashtirilgan stansiyalar o‘rnatiladi
6 aprel 2023, 21:11

Barcha shaharlarda havo ifloslanishini nazorat qiluvchi avtomatlashtirilgan stansiyalar o‘rnatiladi

O‘zbekistonning har bir tuman va shahrida havo ifloslanishini nazorat qiluvchi kichik avtomatlashtirilgan stansiyalar o‘rnatiladi. Ularning ma’lumotlari asosida hududlarning havo tozaligi reytingi shakllantirilib, mansabdor shaxslar ishiga baho berib boriladi, deya ma’lum qilindi prezident bilan uchrashuvda.

Qashqadaryoda erkak asrab olingan 2 nafar qizning nomusiga tekkanlikda gumonlanmoqda
6 aprel 2023, 18:13

Qashqadaryoda erkak asrab olingan 2 nafar qizning nomusiga tekkanlikda gumonlanmoqda

Qashqadaryoda erkak 8 nafar bola asrab olib, ulardan 2 nafar qizni zo‘rlashda gumonlanmoqda. Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi qizlardan birining homilador bo‘lib qolganini rad etdi. Bolalar qarindoshlariga, yordam ko‘rsatish markaziga, Bolalarni himoya qilish shu’basi mudiri ixtiyoriga topshirildi.

Shamol va suv musiqasi: Parkent tumani bo‘ylab sayohat
6 aprel 2023, 18:00

Shamol va suv musiqasi: Parkent tumani bo‘ylab sayohat

Dam olish kunlari oila va do‘stlar davrasida tabiat qo‘yniga chiqish hamda bahor go‘zalliklaridan bahra olish uchun ajoyib imkoniyat. Buning uchun esa sayohatni oldindan rejalashtirgan ma’qul. “Gazeta.uz” Parkent tumanining qiziqarli joylari, tabiati va mazali taomlari haqida sayohat qo‘llanmasini tayyorladi.

Xorazmda 11 kishi zo‘rlagani aytilgan 15 yoshli qizning qarindoshi voqea tafsilotlarini so‘zlab berdi
6 aprel 2023, 17:08

Xorazmda 11 kishi zo‘rlagani aytilgan 15 yoshli qizning qarindoshi voqea tafsilotlarini so‘zlab berdi

Xorazmning Yangiariq tumanida 11 nafar erkak 15 yoshli qizni bir necha bor zo‘rlagani aytilmoqda. Qizning qarindoshi so‘zlariga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari ish bo‘yicha tergovni kechiktirgan va bolalar ombudsmani tashrifidan keyingina 3 nafar gumonlanuvchini hibsga olgan. “Gazeta.uz” vaziyatni o‘rgandi.

BP Xorazmda voyaga yetmagan qiz zo‘rlangani bo‘yicha 11 kishini tergov qilmoqda
6 aprel 2023, 17:04

BP Xorazmda voyaga yetmagan qiz zo‘rlangani bo‘yicha 11 kishini tergov qilmoqda

2022-yilda bir necha erkak tomonidan zo‘rlangan 15 yoshli qiz voqeasida 3 nafar shaxs ayblanmoqda, yana 8 kishi gumonlanuvchi sifatida jalb etildi. Holatga aloqador shaxslar batafsil so‘roq qilinmoqda, deya xabar berdi Bosh prokuratura.

Qashqadaryoda ayiq IIB rahbari buyrug‘i bilan otib o‘ldirildi
6 aprel 2023, 16:25

Qashqadaryoda ayiq IIB rahbari buyrug‘i bilan otib o‘ldirildi

Chiroqchi tumanidagi qishloqlardan biriga kelib qolgan qo‘ng‘ir ayiq harakatsizlantirilib, tabiatga qaytarilishi rejalashtirilgandi. Biroq tuman IIB boshlig‘i buyrug‘i bilan jonivor “aholi xavfsizligi uchun” otib o‘ldirildi. Voqeaga sababchi mas’ullarga intizomiy jazo choralari ko‘rilishi belgilandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting