Jamiyat

Qirg‘iziston bilan chegaradagi aholini ko‘chirishga 50 mlrd so‘m ajratiladi — bosh vazir
15 noyabr 2022, 08:13

Qirg‘iziston bilan chegaradagi aholini ko‘chirishga 50 mlrd so‘m ajratiladi — bosh vazir

O‘zbekiston hukumati ikki davlat chegaralari o‘zgarishi munosabati bilan Qirg‘iziston bilan chegarada yashovchi 130 ga yaqin oilani ko‘chirishni rejalashtirmoqda. Kompensatsiya to‘lovlariga 50 mlrd so‘m (taxminan 4,5 mln dollar) — har bir oilaga o‘rtacha 384,6 mln so‘mdan ajratiladi.

«Sudlarda ovoragarchiliklar ko‘p» — prezident
15 noyabr 2022, 00:47 1

«Sudlarda ovoragarchiliklar ko‘p» — prezident

Shavkat Mirziyoyev sud sohasidagi muammolarga bag‘ishlangan yig‘ilishda sudlarda ishlarni ko‘rib chiqish eskicha davom etayotgani, advokatlarning o‘rni yuqori emasligi, tergovchilar o‘z ustida ishlamay qo‘yganini ta’kidladi. U sudyalar hamjamiyati vakolatlarini kuchaytirish, sudyalar sonini oshirish taklifi ma’qullandi.

O‘zbekiston O‘ng‘or tog‘ini Qirg‘izistonga beradi, lekin unga kirish huquqiga ega bo‘ladi
14 noyabr 2022, 23:56

O‘zbekiston O‘ng‘or tog‘ini Qirg‘izistonga beradi, lekin unga kirish huquqiga ega bo‘ladi

O‘zbekiston va Qirg‘izistonning radiorele antennalari joylashgan O‘ng‘or tog‘i Qirg‘izistonga o‘tadi. Bosh vazir Abdulla Aripov evaziga o‘zbek tomoni O‘zbekiston tomondan chiqish mumkin bo‘lmagan tog‘ga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lishini aytdi.

Jurnalistning gaz muammosi haqidagi postiga Uchtepa hokimligining javobi: «Siz nima qilib berdingiz?»
14 noyabr 2022, 21:53

Jurnalistning gaz muammosi haqidagi postiga Uchtepa hokimligining javobi: «Siz nima qilib berdingiz?»

Jurnalist Aziza Qurbonova yakshanba kuni gaz bosimi pastligi, choy ham qaynatolmayotganini tanqid qilgandi. Uning Facebook`dagi postida Uchtepa hokimligi sahifasi nomidan shunday izoh qoldirishdi: «Bas qiling xalqning g‘azabini qo‘zg‘atishni. Siz nima qilib berdingiz Uchtepaga?».

Davlat organlari rahbarlari Chirchiqdagi harbiy poligonga yig‘ildi (foto)
14 noyabr 2022, 19:07

Davlat organlari rahbarlari Chirchiqdagi harbiy poligonga yig‘ildi (foto)

Vazirlar, hokimlar va boshqa davlat organlari rahbarlari Chirchiqdagi harbiy poligonda besh kunlik o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etmoqda. Ular o‘z bilim va ko‘nikmalarini yangilaydi, jangovar tayyorgarlik, hududiy mudofaa va fuqarolarni himoya qilish bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda qatnashadi. Foto.

YeXHT mamlakatlari elchilari — Markaziy Osiyoda xavfsizlikni mustahkamlash haqida
14 noyabr 2022, 17:38

YeXHT mamlakatlari elchilari — Markaziy Osiyoda xavfsizlikni mustahkamlash haqida

Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya va AQShning YeXHTdagi elchilari O‘zbekiston va mintaqa davlatlariga tashrif buyurdi. Ular o‘z maqolalarida xavfsizlik masalalarini birgalikda ko‘rib chiqish va uning barcha — iqtisodiy, ekologik, insoniy va harbiy jihatlarini hisobga olish kerakligini yozadi.

O‘zbekistonda internet sifati va uzatish tezligini o‘lchaydigan milliy axborot tizimi yaratilishi mumkin
14 noyabr 2022, 17:03

O‘zbekistonda internet sifati va uzatish tezligini o‘lchaydigan milliy axborot tizimi yaratilishi mumkin

2023 yilning 1 sentabrgacha O‘zbekistonda internet xizmatlari sifati va uzatish tezligini o‘lchaydigan tizim joriy etish taklif qilinmoqda. Uning veb-servis havolasi va mobil ilovasi ochiq manbalarda hamda internet xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniyalarning rasmiy saytlarida joylashtirilishi ham belgilangan.

O‘zbekiston hududida sutkada uchinchi bor zilzila qayd etildi
14 noyabr 2022, 16:32

O‘zbekiston hududida sutkada uchinchi bor zilzila qayd etildi

Jizzax viloyatida epitsentri Zarbdor tumani bo‘lgan yer silkinishi sodir bo‘ldi. Zilzila kuchi 3 ballni tashkil etdi. 14 noyabr hisobidan bu O‘zbekiston hududida qayd etilgan uchinchi yer qimirlashi.

Qo‘qonda 14 yoshli o‘smir vafoti ortidan ikki nafar IIB xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
14 noyabr 2022, 15:35

Qo‘qonda 14 yoshli o‘smir vafoti ortidan ikki nafar IIB xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qo‘qonda 14 yoshli o‘smirning IIB Voyaga yetmaganlarga yordam markazida vafot etishi ortidan ikki nafar sobiq IIB xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Avvalroq markaz rahbari lavozimidan ozod etilgandi, yana ikki xodimi janjalning oldini olmagani uchun ishdan olingandi.

O‘zbekistonda Yangi Nafas ommaviy sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi
14 noyabr 2022, 15:00

O‘zbekistonda Yangi Nafas ommaviy sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Davlat bayrog‘i qabul qilingan kuni munosabati bilan tashkil etilgan Yangi Nafas sport tadbirida mamlakatning 15 shahridan 50 mingdan ortiq kishi ishtirok etdi.

Qirg‘izistondagi zilzila kuchi Andijonda sezildi
14 noyabr 2022, 14:56

Qirg‘izistondagi zilzila kuchi Andijonda sezildi

Toshkent vaqti bilan 13:01 Qirg‘izistonda zilzila qayd etildi. Uning kuchi Andijon viloyatining Xo‘jaobod, Buloqboshi va Jalaquduq tumanlarida sezildi.

Toshkentda qalbaki 8300 dollarni muomalaga chiqarmoqchi bo‘lganlar ushlandi
14 noyabr 2022, 14:28

Toshkentda qalbaki 8300 dollarni muomalaga chiqarmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura xodimlari tomonidan qalbaki 8300 dollar muomalaga chiqarilishining oldi olindi.

Andijondagi maktab stadioni o‘rnida qalbaki hujjat asosida bino qurilmoqda
14 noyabr 2022, 13:05

Andijondagi maktab stadioni o‘rnida qalbaki hujjat asosida bino qurilmoqda

Andijon shahridagi 50-maktab stadioni o‘rnida ko‘p qavatli turar-joy binosi qurilmoqda. Yozda hibsga olingan shahar hokimining yer ajratish haqidagi tegishli qarori soxta bo‘lib chiqdi.

Ommaviy veloturargohlar — xavfsiz
14 noyabr 2022, 12:56

Ommaviy veloturargohlar — xavfsiz

Metro bekatlari yaqinidagi veloturargohlar xavfli degan qarashlar bor. Bekatlarda velosipedlarini qoldirib, o‘z manziliga metroda yetib oluvchilarning turargohlar haqidagi fikrlari — «Gazeta.uz» muxbiri Madina A’zam fotoreportajida.

Samarqandda Afrosiyob poyezdi 18 bosh qo‘yni urib yubordi
14 noyabr 2022, 12:32

Samarqandda Afrosiyob poyezdi 18 bosh qo‘yni urib yubordi

Buxoro — Samarqand — Toshkent yo‘nalishida harakatlangan Afrosiyob poyezdi 18 bosh qo‘yni urib yubordi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlandi. Hozirda qo‘ylarning egasi hamda yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

Hafta o‘rtalari sovuq bo‘ladi, qor yog‘ishi ham mumkin
14 noyabr 2022, 11:45

Hafta o‘rtalari sovuq bo‘ladi, qor yog‘ishi ham mumkin

O‘zbekistonga chorshanba kuni Volga bo‘yidan sovuq havo massalari kirib keladi. Ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi hududlarda qorga aylanishi mumkin. Kechasi harorat -2 daraja, kunduzi +10 daraja atrofida bo‘ladi. 14−18 noyabr kunlari tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqinlari kuzatilishi mumkin.

Magistraturaga kirolmaganlar uchun qo‘shimcha imkoniyat beriladi
14 noyabr 2022, 11:17

Magistraturaga kirolmaganlar uchun qo‘shimcha imkoniyat beriladi

Davlat OTMlarining magistraturasida qo‘shimcha to‘lov asosida o‘qish imkoniyati yaratildi. Qolaversa, qishki qabulda xorijiy tilni bilish darajasidan qat’i nazar sertifikati borlar hujjat topshirishi mumkin bo‘ladi.

Farg‘ona xalqaro aeroportidagi qator reyslar kechiktirildi
14 noyabr 2022, 10:42

Farg‘ona xalqaro aeroportidagi qator reyslar kechiktirildi

14 noyabr kuni Farg‘ona xalqaro aeroportida noqulay ob-havo sharoiti tufayli rejalashtirilgan bir qator parvozlar majburiy kechiktirildi.

Xorazmda imom masjid qurilishi uchun yig‘ilgan 40 mln so‘mni o‘zlashtirishda gumonlanmoqda
14 noyabr 2022, 10:37

Xorazmda imom masjid qurilishi uchun yig‘ilgan 40 mln so‘mni o‘zlashtirishda gumonlanmoqda

Qo‘shko‘pir tumanida imom masjid qurilishi uchun yig‘ilgan 40 mln so‘mni o‘zlashtirgani aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tojikistonda bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda sezildi
14 noyabr 2022, 10:04

Tojikistonda bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda sezildi

Dushanba kuni soat 03:07 da Tojikistonda 3,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Epitsentri Toshkentdan 149 km uzoqliqda bo‘lgan yer qimirlashi Bekobod, Shirin, Yangiyer va Guliston shaharlarida sezildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting