Aprel va may oylarida O‘zbekistonning to‘qqizta shahrida “Ta'lim va kasb — 2023” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Unda turli mamlakatlardan 50 dan ortiq universitet vakillari ishtirok etadilar.
Aprelda bo‘lib o‘tadigan referendum arafasida O‘zbekiston bo‘ylab «Konstitutsiya — o‘zimizniki» shiori ostida targ‘ibot tadbirlari, konsert dasturlari o‘tkazilmoqda. Ularda estrada yulduzlari, sportchilar, rasmiylar va tadbirkorlar chiqish qilmoqda. Fotojamlanma.
DSQ O‘zbekistonda qancha talaba shartnoma tuzib ijarada turganini ma’lum qildi. 2023 yil 1 mart holatiga ko‘ra, 50 976 ta ijara shartnomalari tuzilgan. Ushbu shartnomalar bo‘yicha ijarada turuvchi talabalar soni 83 018 nafarga yetgan.
Hafta davomida harorat +20…+27 daraja atrofida bo‘ladi. Seshanba-payshanba kunlari esa ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq kuzatiladi. Shimolda va cho‘l hududlarda shamol tezligi kuchayib, chang-to‘zon bo‘lishi mumkin.
Qo‘ng‘irot-Toshkent yo‘nalishida harakatlangan poyezd Ellikqal’a tumanida 44 yoshli erkakni bosib ketdi. Voqeaga fuqaroning ehtiyotsizlik oqibatida temiryo‘lga chiqib qolgani sabab bo‘lgan.
6, 13, 20, 27 aprel kunlari 60/59-sonli Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha 4 ta reys harakati yo‘lga qo‘yildi.
Interpol tomonidan firibgarlikda gumonlangan erkak Shvetsiyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Bu tashkilot qidiruvidagi shaxslarni ushbu mamlakatdan O‘zbekistonga olib kelish bo‘yicha birinchisi bo‘ldi.
DXX va IIB Samarqandda fuqarolarni $24 ming evaziga Kanadaga jo‘natishda gumonlangan ayolni ushladi. U kelishilgan puldan 4 ming dollar olgan vaqtda qo‘lga tushgani aytilmoqda.
27 martdan 15 aprelgacha Toshkentdan harakatlanuvchi bir nechta mahalliy va xorijiy yo‘lovchi poyezdlar harakati jadvaliga o‘zgartirish kiritildi. Bunga ko‘prikda ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sabab bo‘ldi.
Toshkentning Shota Rustaveli ko‘chasida YTHga uchragan Malibu vertikal holatda daraxtga «osilib qoldi». YHXB haydovchi boshqaruvni yo‘qotganini ma’lum qildi. Bir yo‘lovchi jarohatlangan.
Toshkentda 33 yoshli sportchi oilaviy tortishuv sababli 28 yashar turmush o‘rtog‘ini, keyinroq 7 yoshli o‘g‘liini urib, tan jarohati yetkazdi. Toshkent IIBBga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.
Toshkentning Olmazor tumanida 17 ming abonent yuqori voltli podstansiyadagi avariya tufayli ikki kundan ortiq vaqt davomida elektr ta’minotisiz qoldi. Buning natijasida suv ta’minotida ham uzilishlar yuzaga keldi. Avariyani bartaraf etishga elektr tarmoqlarining 84 nafar xodimi jalb qilindi.
Sobiq Toshkent madaniyat bosh boshqarmasi rahbarlari o‘tgan yili 20 mlrd so‘mlik festivallarni tendersiz o‘tkazish bo‘yicha shartnomalar imzolagan. Bundan tashqari, festivallar davomida 8 mlrd so‘mlik budjet mablag‘lari talon-toroj qilingan, deya xabar qildi Bosh prokuratura xabarida.
«Tashabbusli budjet» loyihasiga Face ID orqali ovoz berish, baxtli mamlakatlar reytingida 54-o‘rinda tushgan O‘zbekiston, 2 fuqaroni pichoqlab, yoqib yuborgan erkak, nogironligi bo‘lgan shaxslarga auksionda yer sotib olish xarajatlarining bir qismi qoplab berilishi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Prezident Administratsiyasi sho‘’ba mudiri Saida Mirziyoyeva AQShga tashrifi chog‘ida Amerika «Tinchlik korpusi» ko‘ngillilarining O‘zbekistondagi faoliyatini qayta tiklash hamda gender tengligini birgalikda targ‘ib qilish masalalarini muhokama qildi.
5 maydan Rossiyaning S7 Airlines aviakompaniyasi Irkutsk-Farg‘ona yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni tiklaydi. Qatnovlar 2021 yilda to‘xtatilgandi.
Amanbay Sagidullayev (“Alg‘a Qaraqalpaqstan” partiyasi yetakchisi, Norvegiyada yashaydi) va Niyetbay Urazbayev (Qozog‘istondagi qoraqalpoq diasporasi vakili) Nukus voqealari bo‘yicha jinoiy ishda ayblanmoqda. Sud ularning ishtirokisiz bo‘lib o‘tyapti.
«Tashabbusli budjet» loyihasida barcha mahallalar uchun teng imkoniyat yaratish maqsadida Face ID orqali ovoz berish tizimi joriy etiladi. U SMS orqali berilgan 5−10 ovozga tenglashtiriladi. Qolaversa, kam aholili mahalla loyihalari uchun ko‘paytirish koeffitsiyenti qo‘llash amaliyoti ko‘rib chiqiladi.
Sport infratuzilmasi rivojlanmagan mahallalarda sport maydonchalarini qurish vazifasi IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti 13-sonli jazoni ijro etish muassasasiga yuklatilishi mumkin. Bu bo‘yicha qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
O‘zbekiston fanlar akademiyasi katta yoshdagi erkaklardagi prostata bezi rakini samarali davolovchi dori ishlab chiqarilganini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting