Interpol odam savdosida gumonlanib, qidiruvda bo‘lgan ayolni BAAdan O‘zbekistonga deportatsiya qildi. Uning ayollarni fohishalikka yuborish bilan shug‘ullangani aytilmoqda.
Xorazm viloyati Gurlan tumani hokimining 33 yoshli o‘rinbosari Umidjon Jumagaldiyev YTHga uchrashi oqibatida vafot etdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda ayol o‘z bolalarini qiynayotgani aks etgan video tarqaldi. Samarqand viloyat IIBga ko‘ra, 23 yoshli kattaqo‘rg‘onlik ayol hozirda Rossiyada bo‘lgan eriga jahl qilib, bolasini qiynaganini tasvirga olgan va turmush o‘rtog‘iga yuborgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Navro‘z bayramida kunlar +25 darajaga isishi, Nukus voqealari bo‘yicha yana 39 nafar sudlanuvchiga o‘qilgan sud hukmi, Qashqadaryoda ayol kishini «samosud» qilganlarning 2 nafari qamalgani, nazoratga olingan Shaffof «zapravka»lari va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Samarqand aeroportida 30 dan ortiq aviatsiya ixlosmandlari ishtirokida ilk rasmiy aviaspotting bo‘lib o‘tdi. Aviaspotterlarga samolyotlarni tunda «tutib olish» va tongni perronda kutib olish taklif qilindi.
Samarqanddagi kafelardan birining yosh xodimi keksa odamni masxara qilganini videoga olib, TikTok ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirdi. IIB u bilan profilaktik suhbat o‘tkazib, ma’muriy bayonnoma tuzdi.
Talabalar SANFA uchun plastik butilkalarni yig‘ib, ularni geomembranga aylantiradilar. Loyihaning natijasida Ustyurt platosida yashovchi hayvonlar uchun qo‘riqlanadigan hududlarda ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun ekotizim yaratiladi.
Qashqadaryoda ayol va u bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan erkakning sochini olib, qamchilab «samosud» qilgan ota va uning 3 o‘g‘liga sud hukmi o‘qildi. Viloyat sudlari axborot xizmatiga ko‘ra, ularning ikki nafariga 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Bir nafari 3 yilga, yana biri 2 yilga qamaldi.
Sirdaryoda yuk mashinasida fuqaro 2950 kg iste’molga yaroqsiz mol go‘shtini Toshkentga olib ketayotgani ma’lum bo‘ldi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
O‘zbekistondagi 11 ta kompaniya PDP University bilan hamkorlikda iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish maqsadida Unicorn 2.0 | Social lift loyihasini taqdim etmoqda.
Tabiat resurslar vazirligi va BMT agentliklarining Surxondaryoda o‘rmon barpo etish loyihasida 200 ga yaqin o‘zbekistonlik va 413 nafar afg‘onistonlik ishtirok etdi. Loyiha doirasida Termiz shahri va viloyatning to‘rtta tumanidagi tashkil etilgan 100 gektar yashil hudud va istirohat bog‘lariga ko‘chatlar ekildi.
Huquq-tartibot idoralari tomonidan Shaffof savdo belgisi ostidagi 73 ta tadbirkorlik subyektiga qarashli yuzdan ortiq gaz to‘ldirish shoxobchalarining «elektr va gaz tarmoqlaridan noqonuniy foydalanish» holatlari bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Nukus voqealari bo‘yicha 39 nafar sudlanuvchi qatorida jurnalist Yesimkan Qanaatovga ham hukm o‘qildi. U shartli ravishda ozodlikka chiqarildi. Intervyu davomida Qanaatov Dauletmurat Tajimuratovning «agitatsiyalariga aldanib qolgani»ni aytdi va xalqdan «internetdagi provokatsiyalarga ergashmaslik»ni so‘radi.
Qoraqalpog‘istondagi «Dovut-ota» chegara postida Rossiyadan O‘zbekistonga olib o‘tilayotgan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan gazli va pnevmatik to‘pponchalar, gaz ballonlari va patronlar aniqlandi.
UzAuto kelajak avlodni o‘ylagan holda, zamonaviy avtomobillarni ishlab chiqarish bo‘yicha kamida 10 yil oldinga chiqish imkonini beruvchi yangi davr ostonasida.
17 mart kuni Buxoro viloyati sudida Nukus voqealarida qatnashganlikda gumonlangan yana 39 nafar shaxsga nisbatan sud hukmi o‘qib eshittirildi. Ularning 28 nafariga 5 yildan 11 yilgacha qamoq jazosi tayinlandi. 11 nafar ayblanuvchi esa shartli ravishda sud zalidan ozod qilindi.
Shanba kuni Kaspiy dengizidan bulutli massivlar kirib kela boshlaydi. Respublikaning aksariyat hududlarida havo harorati nisbatan pasayadi, biroz yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq ham bo‘lishi mumkin. Biroq 21 mart kuni harorat +25 darajaga ko‘tariladi.
Qoraqalpog‘istondagi voqealarni o‘rganish bo‘yicha mustaqil komissiya a’zolari sud raisidan Nukus ishi bo‘yicha 39 nafar ayblanuvchiga nisbatan insonparvarlik tamoyillari asosida, adolat mezonlariga muvofiq jazo tayinlanishini so‘radi.
18−21 mart kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
O‘zbekiston Transport vazirligi Rossiya-Gruziya chegarasidagi «Yuqori Lars» nazorat-o‘tkazish punktida aksariyat yo‘laklar yopilgani sababli milliy tashuvchilarga ushbu holatni inobatga olishlarini so‘radi. Hozirda Rossiya va Ozarbayjon o‘rtasida 3 ta nazorat-o‘tkazish punktlari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting