Jamiyat

Banklar dollarning sotish va sotib olish bo‘yicha yangilangan kursini e’lon qildi
14 noyabr 2022, 09:54

Banklar dollarning sotish va sotib olish bo‘yicha yangilangan kursini e’lon qildi

1 AQSh dollarining rasmiy kursi 11 206,90 so‘m etib belgilandi. Tijorat banklari ham dollarning sotish va sotib olish bo‘yicha yangi qiymatini e’lon qildi.

Sobiq «Ummon» guruhi a’zosi vafot etdi
14 noyabr 2022, 09:40

Sobiq «Ummon» guruhi a’zosi vafot etdi

Sobiq «Ummon» guruhining xonandasi Jasur Rafiqov vafot etdi. U bir necha yillardan buyon saraton kasalligi bilan kurashib kelgani aytilmoqda.

Toshkentning uchta tumanida issiqlik ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
13 noyabr 2022, 20:28

Toshkentning uchta tumanida issiqlik ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

14 noyabr kuni Toshkentning uchta tumanidagi ayrim massiv va ko‘chalar aholisi vaqtincha issiqlik ta’minotisiz qoladi. Veolia Energy Tashkent buni magistral quvurda rejadan tashqari ishlar olib borilishi bilan izohladi. Joylarda issiq suv ta’minoti saqlanib qoladi.

Qo‘qonda 14 yoshli o‘smir vafoti ortidan IIB Voyaga yetmaganlarga yordam markazi rahbari ham ishdan olindi
13 noyabr 2022, 18:58

Qo‘qonda 14 yoshli o‘smir vafoti ortidan IIB Voyaga yetmaganlarga yordam markazi rahbari ham ishdan olindi

Qo‘qon shahar IIB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida 14 yoshli o‘smirning vafoti bo‘yicha IIV xizmat tekshiruvi yakunlandi. Unga ko‘ra, markaz direktori lavozimidan ozod etildi, 3 nafar xodimga «hayfsan» intizomiy jazosi tayinlandi.

«Amirsoy»da elektr energiyasi o‘chishi oqibatida dor yo‘li to‘xtab qoldi
13 noyabr 2022, 18:48

«Amirsoy»da elektr energiyasi o‘chishi oqibatida dor yo‘li to‘xtab qoldi

«Amirsoy» dam olish maskanida dor yo‘li elektr energiyasi o‘chishi oqibatida to‘xtab qoldi. Energetika vazirligi holatga izoh berib, uzilishga yo‘lning elektr qurilmasida yuzaga kelgan nosozlik sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Hozirda dor yo‘li faoliyati qayta tiklangan.

Xiva shahar hokimi Temur Davletov jarimaga tortildi
13 noyabr 2022, 11:18

Xiva shahar hokimi Temur Davletov jarimaga tortildi

Xiva shahar hokimi Temur Davletov «mas’uliyatsizligi va o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishdagi kamchiliklari» uchun o‘rtacha oylik ish haqining 20 foizi miqdorida jarimaga tortildi. U qariyb 2 yil avval mazkur lavozimga tayinlangan edi.

Surxondaryoda o‘quvchilarning maktabga qatnashlari uchun 26 dona Damas berildi
13 noyabr 2022, 09:46

Surxondaryoda o‘quvchilarning maktabga qatnashlari uchun 26 dona Damas berildi

Surxondaryo viloyatida 26 ta maktabning chekka hududlardagi ta’mirtalab filiallari faoliyati tugatildi. Ularda ta’lim olayotgan o‘quvchilarning asosiy maktablarga qatnashlari uchun 26 dona Damas avtomobili ajratildi.

Toshkentdagi kitob qatorlari sotuvchilari prezidentga murojaat qilishdi
12 noyabr 2022, 21:49

Toshkentdagi kitob qatorlari sotuvchilari prezidentga murojaat qilishdi

Mirobod hokimi «Moviy gumbazlar»dagi kitob rastalari sotuvchilarini qabul qilib, ular masalasini o‘rganishga va’da berdi. Sotuvchilar bu joy kimoshdi savdosiga qo‘yish rejasidan xabar topib, prezidentga murojaat qilishdi. Rastalar qariyb 30 yildan beri mavjud bo‘lib, poytaxtning o‘ziga xos ramziga aylangan.

Andijonda 3 ballik zilzila sodir bo‘ldi
12 noyabr 2022, 16:53

Andijonda 3 ballik zilzila sodir bo‘ldi

Andijon viloyatida 12 noyabr kuni epitsentri Jalaquduq tumani bo‘lgan zilzila sodir bo‘ldi. Yer qimirlashining magnitudasi 3 ballni tashkil etdi.

Namangandan Orenburgga aviaqatnovlar qayta tiklanadi
12 noyabr 2022, 16:23

Namangandan Orenburgga aviaqatnovlar qayta tiklanadi

24 noyabridan boshlab Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Namangandan Orenburgga qatnovlarni tiklamoqda. Parvozlar haftaning payshanba kunlari amalga oshiriladi.

Qo‘qonda tengdoshlari kaltaklagan 14 yoshli o‘smir vafot etishi ortidan 2 nafar IIO xodimi ishdan olindi
12 noyabr 2022, 14:54

Qo‘qonda tengdoshlari kaltaklagan 14 yoshli o‘smir vafot etishi ortidan 2 nafar IIO xodimi ishdan olindi

Qo‘qon shahar IIB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida tengdoshlari kaltaklashi oqibatida 14 yoshli bola vafot etgandi.O‘sha kuni markazda navbatchilik qilgan 2 nafar IIO xodimi janjal oldini olmagani uchun ishdan bo‘shatildi. Ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishi mumkin.

O‘zbekistonliklar kasblar bo‘yicha jahon chempionatida qanday qatnashdi?
12 noyabr 2022, 14:28

O‘zbekistonliklar kasblar bo‘yicha jahon chempionatida qanday qatnashdi?

Fransiyada bo‘lib o‘tgan ishchi kasblari bo‘yicha WorldSkills 2022 chempionatida O‘zbekiston ilk bor ishtirok etib, ikki yo‘nalish: qurilish va robototexnika bo‘yicha o‘zini namoyon qildi. Tanlov ishtirokchilari «Gazeta.uz»ga o‘z ishlari, qiyinchiliklar va raqiblari haqida so‘zlab berdi.

Toshkentning 4 ta ko‘chasida transport harakati vaqtincha cheklanadi
12 noyabr 2022, 13:55

Toshkentning 4 ta ko‘chasida transport harakati vaqtincha cheklanadi

«Davlat bayrog‘i kuni» munosabati bilan o‘tkaziladigan «Yangi nafas» yugurish tadbirlari sabab 12−13 noyabr kunlari Afrosiyob, Sharof Rashidov, Islom Karimov va Yangi O‘zbekiston ko‘chalarining bir qismi avtotransport harakati uchun cheklanadi.

Davlat fuqarolik xizmatida rotatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasi e’lon qilindi
12 noyabr 2022, 12:10

Davlat fuqarolik xizmatida rotatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasi e’lon qilindi

Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Davlat fuqarolik xizmatida rotatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qildi.

Erkinjon Turdimovga Sog‘liqni saqlash a’lochisi ko‘krak nishoni topshirildi
12 noyabr 2022, 10:55

Erkinjon Turdimovga Sog‘liqni saqlash a’lochisi ko‘krak nishoni topshirildi

Sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovni «O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirladi.

Nima tayyorlaymiz: Qovoqli pishiriqlar
12 noyabr 2022, 10:15

Nima tayyorlaymiz: Qovoqli pishiriqlar

Qovoqli bulokchalar, amerikancha pirog, keks, vafli, sinnabon, rulet va maffinlar — Zira.uz vitaminlarga boy qovoqdan tayyorlanadigan pishiriqlar ro‘yxatini taqdim etadi.

Prezident Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh soha vakillarini mukofotladi
12 noyabr 2022, 09:42

Prezident Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh soha vakillarini mukofotladi

Shavkat Mirziyoyev Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Andijon viloyati SSB rahbari manfaatlar to‘qnashuvi sababli lavozimini tark etishga qaror qildi
12 noyabr 2022, 08:14

Andijon viloyati SSB rahbari manfaatlar to‘qnashuvi sababli lavozimini tark etishga qaror qildi

Yaqinda Andijon viloyati SSB boshlig‘i etib tayinlangan Jur’atbek Quvvatov tadbirkorlik faoliyatini davom ettirish va manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida o‘z lavozimini tark etishga qaror qildi. U davlat xizmati to‘g‘risidagi qonun kuchga kirganidan keyin shunday qarorga kelgan.

Buxorolik 22 yoshli yigit 29 yashar xotini va 5 yashar o‘g‘lini o‘ldirib, so‘ng yoqib yubordi
11 noyabr 2022, 22:23

Buxorolik 22 yoshli yigit 29 yashar xotini va 5 yashar o‘g‘lini o‘ldirib, so‘ng yoqib yubordi

Buxorolik 22 yoshli yigit rashk sababli 29 yoshli xotinini soch quritish uskunasi simi bilan bo‘g‘ib o‘ldirdi. So‘ngra hodisaga guvoh bo‘lgan 5 yashar o‘g‘lini ham o‘ldirib, xar ikkisining jasadlarini yoqib yubordi. Hodisa Toshkent-Buxoro yo‘lining G‘allaorol tumanidan o‘tgan qismida sodir bo‘lgan.

Tasqara qushini o‘ldirgan ovchilar qidirilmoqda
11 noyabr 2022, 20:44

Tasqara qushini o‘ldirgan ovchilar qidirilmoqda

Internetda ikki erkakning Qizil kitobga kiritilgan tasqara qushi bilan tushgan surati paydo bo‘ldi. Ekologiya davlat qo‘mitasi va Bosh prokuratura tomonidan ovchilarga qidiruv e’lon qilindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting