Bo‘stonliq tumanida kapsula shaklidagi uylardan iborat dam olish maskani qurilmoqda. Prezident Baxmal, Shahrisabz va Boysunda ham shunday kapsulalar o‘rnatish ko‘proq sayyohlarni jalb qilish, bu hududlarga qiziqishni oshirish imkonini berishini ta’kidladi.
Prezident farmoni bilan jazo muddatini o‘tayotgan va qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan 483 nafar shaxs afv etildi. Ularning 107 nafari jazodan to‘la ozod etildi, 275 nafari — shartli. Afv etilganlar orasida 25 nafar chet el fuqarosi, 104 nafar voyaga yetmaganlar mavjud.
Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish uchun 15−31-dekabr va 3−12-yanvar kunlari Samarqand — Toshkent — Samarqand yo‘nalishidagi “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. “Temiryo‘lekspress” harakat jadvalini havola qildi.
O‘zbekistonning eng qadimiy qishloqlaridan birining tarixi - "Uzum Market" bilan maxsus loyihada.
Prezident Ugam daryosi bo‘yidagi kichik GESda bo‘ldi. Uning quvvati 1,48 MVtni tashkil etadi, bu yiliga 11,8 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi. Hozirda daryoda ikkita kichik GES ishlamoqda, ammo suv oqimidan takror foydalanish orqali bunday stansiyalar sonini 10 taga yetkazish mumkin.
Xalq banki boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan Zafar Azimov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziriga birinchi o‘rinbosar etib tayinlandi.
O‘zbekiston Yo‘l harakati qoidalariga 3D “zebra” va 3D baland piyodalar o‘tish joylari, shuningdek, yangi “Baland piyodalar o‘tish joyi” yo‘l belgisi kiritildi. “Gazeta.uz” bu borada mutaxassislarning fikrlarini o‘rgandi.
Jeki Chan ishtirokidagi “Panda operatsiyasi”, BTS RM haqidagi film va yana to‘rtta kinopremyera, asal yarmarkasi, stend-ap shou, ko‘rgazmalar, spektakllar, ijodiy mahorat darslari hamda uch kunlik bayram ta’tilida bo‘lib o‘tadigan boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Prezident yangi elektropoyezdda Toshkentdan Xo‘jakentga safar qilib, temiryo‘lga tutash maydonlarni 2025-yilgi renovatsiya dasturiga kiritish bo‘yicha topshiriq berdi. U yo‘nalishdagi egri qismlarni to‘g‘ri qilib qayta qurish orqali kunlik ekspress poyezdlar qatnovini ko‘paytirish kerakligini ta’kidladi.
10 oy davomida ombudsmanga ozodlikdan mahrum etish joylarida huquq-tartibot idoralari tomonidan turli tazyiqlar yuzasidan 158 ta shikoyat kelib tushgan. 14 ta shikoyat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv tayinlangan, 3 tasi bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan va 10 nafar xodim intizomiy javobgarlikka tortilgan.
Shanba va yakshanba kunlari O‘zbekistonning ayrim hududlarida qor yog‘adi. Havo harorati kechasi va kunduzi 0…-10 daraja atrofida bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi.
Buxoro viloyatining Muhandislik institutida 4-bosqich talabasi oliygoh yotoqxonasida uksus ichib, o‘z joniga qasd qildi. Holat bo‘yicha Buxoro shahar prokuraturasi surishtiruv o‘tkazmoqda.
Toshkent viloyati Qibray tumanida daryo o‘rtasidagi orolchada qolib ketgan erkak FVB xodimlari tomonidan qutqarildi. U otga minib, daryodan o‘tayotganda, jonivorning oyog‘i toyib, suvga yiqilgan.
Onix turar joy majmuasi tayyor kadastrga ega zamonaviy kottejlarini “Yangi yil” aksiyasida xarid qilishni taklif qilmoqda.
Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan Anvar Alimov Respublika endokrinologiya markazi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bosh boshqarmaga esa Botirbek Isabekov rahbar v.b. bo‘ldi.
Yakkasaroy tumanidagi “Askiya” bozorini qayta qurish rejalashtirilmoqda. 150 mln dollarlik loyihada ekobozor, yashil hudud va mehmonxona barpo etilishi ko‘zda tutilgan. Rekonstruksiya vaqtida bozor faoliyatini davom ettiradi. “Gazeta.uz” sotuvchilar va xaridorlarning bu o‘zgarishlar haqidagi fikrlarini o‘rgandi.
Yunusobod tumanida Matiz beton to‘siqqa urilganidan so‘ng butunlay yonib ketdi. Hodisa oqibatida tan jarohat olganlar yo‘q.
Navoiy viloyati Karmana tumanida qurilish jarayonidagi ishlar sifatsiz ekani va talabga javob bermasligi sabab 120 o‘rinli bolalar bog‘chasi qurilishi to‘xtatildi. Qoidabuzarliklar bilan bajarilgan ishlar buzildi.
“Energetika xavfsizligi oyligi” doirasidagi tadbirlarda 2,9 mingta holatda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. Ularda 97,1 mlrd so‘mlik gaz qayta hisob-kitob qilindi. “Hududgazta'minot” xodimlari, shuningdek, 23 ta gaz ballonlari “bunker"i faoliyatiga chek qo‘ydi.
Atom energiyasi muqobil yechim ekanini aytgan prezident, BYD elektromobillari detallarini mahalliylashtirish rejasi, yana xarajatlar chegarasiga amal qilolmagan O‘zbekiston hukumati, tarixiy rekord darajaga ko‘tarilgan bitkoin narxi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting