O‘rmon xo‘jaligi agentligi vakili Xojimurod Tolipov afg‘on shamoli oqibatida Surxondaryoda yuz beradigan qum-chang bo‘ronlarini yumshatish rejalari haqida gapirdi. Unga ko‘ra, 70 kungacha bo‘ladigan bunday hodisa oqibatlarini yashil himoya to‘siqlari yaratish, maxsus ko‘chatlar ekish va boshqalar orqali kamaytirish mumkin.
Toshkent shahrida avtobusda ustidagi kiyimini yechgan ayolni haqoratlab, yuziga tuflagan erkak 10 sutkaga qamaldi.
O‘zbekistonda termitlar yoki boshqa hasharotlar tufayli zararlangan uylarda yashovchilarga davlat tomonidan yangi uy-joy beriladi. YAIDXPda uy-joylarni baholash va yashash uchun yaroqsiz deb topish xizmati yo‘lga qo‘yildi.
Toshkentdan Xo‘jakentga 1000 dan ortiq yo‘lovchiga mo‘ljallangan yangi tezyurar elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Oltita vagon iqlim nazorati, Wi-Fi va velosipedlar uchun moslamalar bilan jihozlangan. 2030-yilgacha bunday poyezdlar soni 30 taga yetkaziladi. Kelgusida to‘xtashlar soni ko‘paytirilishi mumkin.
Migratsiya agentligi va Kalyon Insaat turk qurilish kompaniyasi 1410 nafar O‘zbekiston fuqarosini Turkiyadagi yirik loyihalarga ishga joylashtirishga kelishib oldi. Dastlabki 20 mutaxassis ishga kirishish uchun Istanbulga jo‘nab ketdi.
Toshkentni qoplagan qalin tuman, Janubiy Koreyada e’lon qilinib, so‘ng bekor qilingan harbiy holat, BBC’ning ruhlantiruvchi 100 ayol ro‘yxatiga kirgan o‘zbekistonlik, poytaxt maktablarida aniqlangan virusli gepatit holatlari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Toshkentdagi 214- va 65-maktablarda virusli gepatit bilan kasallanish holatlari qayd etildi. Sanepidqo‘m xodimlari tekshiruvida maktablarning sanitariya holati talabga javob bermasligi aniqlandi, rahbariyatga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzildi. Bu kabi holatlar avval boshqa maktablarda ham kuzatilgan.
Seshanba kuni kechki payt Toshkentni qalin tuman qopladi. Xususan, aeroport reyslarni qabul qila olmay qoldi. “Gazeta.uz” muxbirlari poytaxt ko‘chalarida sayr qilib, yilning bu faslida tez-tez takrorlanuvchi ushbu tabiat hodisasini suratga tushirdi.
Tuman tufayli “Toshkent” xalqaro aeroportida samolyotlarni qabul qilishda cheklovlar joriy etildi. To‘rtta samolyot Samarqanddagi muqobil aerodromga yo‘naltirildi, yana biri — Buxoroga.
Buxoroning tarixiy qismida skuterlar, mopedlar, velosipedlar va boshqa shaxsiy harakatlanish vositalarida harakatlanish endi ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Tegishli hududlarga yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan ogohlantiruvchi yo‘l belgilari o‘rnatilmoqda.
O‘zbekiston besh yilda 2 mln gektardan ortiq degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklashi kerak, deya ta’kidladi ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov. Uning aytishicha, bunday loyihalar katta moliyaviy resurslar talab qiladi. Vazir COP16 doirasida xalqaro moliyalashtirishni osonlashtirish bo‘yicha takliflarini bildirdi.
SUN turar joy majmuasining klub formati poytaxtning nufuzli tumanida minimal mablag‘lar bilan uy-joy sotib olish uchun noyob taklifni taqdim etadi.
BBC 2024-yilgi dunyoning eng ruhlantiruvchi va katta ta’sirga ega 100 ayoli ro‘yxatini e’lon qildi. Ular orasida Nobel sovrindori, zo‘ravonlikka qarshi faol, aktrisa, olimpiyachilar va denovlik tikuvchi, tadbirkor Dilorom Yo‘ldosheva ham bor.
Abu-Dabiga uchib borgach, BAAga kiritilmagan o‘zbekistonlik erkaklarning yana bir necha nafari Toshkentga qaytib keldi. Ularning ba’zilari Abu-Dabi aeroportida boshdan kechirganlari haqida “Gazeta.uz”ga aytib berdi. Huquqlari poymol bo‘lgan fuqarolar ushbu holat yuzasidan BAA elchixonasiga shikoyat qilmoqchi.
Tabiiy gazdan foydalanadigan idoraviy va munitsipal uy-joy fondidagi, yuridik shaxslar yotoqxonalaridagi, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlaridagi lokal qozonxonalarga yetkazib beriladigan tabiiy gaz narxi pasaytirildi.
Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida ikki nafar fuqaro tegishli ruxsatnoma va hujjatlari bo‘lmay turib maktab va bog‘chalarda jami 900 ga yaqin bolaga Qizil kitobga kiritilgan bo‘g‘ma ilon tomoshasi o‘tkazgani aniqlandi. Ilon olib qo‘yildi, tekshiruv harakatlari boshlandi.
3-dekabrdan Toshkent — Xo‘jakent — Toshkent yo‘nalishida yangi tezyurar elektropoyezd ish boshlaydi. “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” qatnov jadvali va narxlari haqida ma’lumot berdi.
Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining (IUCN) Toshkent shahridagi vakolatxonasi o‘z ishini boshladi. Bu haqdagi bitim COP16 konferensiyasi doirasida imzolandi. Hujjat fevral oyida ochilgan ofis faoliyati uchun huquqiy asos hisoblanadi hamda davlat organlari bilan hamkorligini ta’minlaydi.
O‘zbekistondan olib qo‘yilgan yoshlar Osiyo o‘yinlari mezbonligi, organ xodimlarining tadbirkorlik qilishiga taqiq, davlat xaridlarida yangi ikki bosqichli tizim, yirik bozorlarda tartibni saqlash bo‘yicha tasdiqlangan nizom va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Toshkentning Raqamli rivojlanish departamenti tomonidan ishlab chiqilgan tashqi reklama dizayn-kodi 1-avgustdan kuchga kirdi. Bunday namunaviy to‘plam birinchi marta me’yoriy hujjat sifatida qabul qilindi. “Gazeta.uz” poytaxt hokimi o‘rinbosari, RRD rahbari Aleksey Xen bilan birgalikda hujjatni tahlil qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting