Samarqandning Ishtixon tumanida yerto‘lada joylashgan 89 ta mayning qurilmasi elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanishi oqibatida qariyb 30 mlrd so‘m zarar yetkazildi.
O‘tgan noyabr oyi odatdagidan issiqroq, lekin avvalgi yilning noyabridan sovuqroq bo‘ldi. Oy davomida yomg‘ir kam, ammo jadal yog‘di. Umuman olganda, 2024-yilning kuz fasli normadan biroz iliqroq bo‘ldi, deya qayd etdi O‘zgidromet.
Termiz xalqaro aeroporti hududidagi noqulay ob-havo va qalin tuman sababli Toshkent — Termiz va Termiz — Sankt-Peterburg reyslari bekor qilindi. Uzbekistan Airways holat juma kuni ham davom etishi mumkinligini ta’kidladi.
O‘zbekiston hukumati yana xarajatlar chegarasiga amal qilolmadi, shuning uchun Qonunchilik palatasi tashqi qarz limitini ko‘tardi. Yil boshida qonun bilan davlat kafolati ostida 5 mlrd dollardan ortiq mablag‘ jalb qilish taqiqlangan bo‘lsa, endi bu chegara 7,3 mlrd dollargacha oshirildi.
Turkiyaning Klimasan kompaniyasi Artel bilan strategik kelishuv imzoladi. Hamkorlik doirasida sovitkichlarning uchta yangi modellari ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi.
Dekabr oyida shanba va yakshanba kunlaridan tashqari O‘zbekiston fuqarolari uchun prezident farmoni va Mehnat kodeksiga muvofiq 3 ta qo‘shimcha dam olish kuni belgilangan.
Kompaniya mobil aloqa sifatini yaxshilash va uzluksiz ma’lumot uzatishni ta’minlash imkonini beradigan ikkita muhim loyihani amalga oshirdi.
Rubob yasash va chalish san’ati O‘zbekiston va mintaqaning boshqa mamlakatlari taklifi bilan YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi.
Toshkent viloyatidagi ishlab chiqarish korxonasida gaz portladi. Hodisa oqibatida 1 kishi vafot etdi, 6 kishi jarohatlandi. Voqea joyiga favqulodda vaziyatlar vaziri yetib bordi.
O‘zbekistonning «Ezgulik» inson huquqlari jamiyati Fransiya «Ozodlik, tenglik, birodarlik» xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi. Mukofot 10-dekabr kuni Fransiya bosh vaziri tomonidan jamiyat rahbari Abdurahmon Tashanovga topshiriladi.
OTM talabalari va texnikum, kasb-hunar maktabi, akademik litseylar o‘quvchilari 25-dekabrdan qishki ta’tilga chiqadi. Darslar 8-yanvardan boshlanadi.
Mobiuz aksiyalar va maxsus takliflarni yo‘lga qo‘ydi, shuningdek, Qashqadaryo viloyatida yangilangan ofisini ochdi.
5-dekabr, payshanba kuni tongda Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi Taxtaqoracha dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Hududda amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazilmoqda.
Farg‘ona shahridagi issiqxona o‘zboshimchalik bilan tabiiy gaz tarmog‘iga ulanib, 1,6 mlrd so‘mlik zarar yetkazgani aniqlandi. To‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Wolt kompaniyasi o‘zining afzalliklari haqida gapirib berdi va restoranlarga muvaffaqiyatli hamkorlik qilish uchun bir nechta maslahatlar berdi.
Xatirchi tumanidagi MFYlardan birining muqaddam sudlangan hokim yordamchisi tadbirkor bilan kelishib, MCHJ va xususiy o‘quv markazi nomiga 200 mln so‘m imtiyozli kredit ajratilishiga erishgan. U ajratilgan pulni o‘ziga tegishli xususiy korxonaga o‘tkazib yuborgani aytilmoqda. Unga nisbatan jinoyat ishi ochildi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” 7-dekabrdan Xivagacha Afrosiyob qatnovi boshlanishi haqidagi xabarni rad etdi. Biroq bitta poyezd sinovdan o‘tkazilganini tasdiqladi. Avvalroq “O‘TY” rahbari prezidentning yangi yil arafasida Buxoro — Xiva elektrlashtirilgan temir yo‘lini ochish rejalari haqida ma’lum qilgandi.
Hukumat qarori bilan respublika va mahalliy ijro hokimiyati organlari, shuningdek, davlat tashkilotlari aloqa markazlarining texnik faoliyatini nazorat qilish va baholash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Xatirchi tumanida erkak o‘zining ruhiy kasal qizi va shar’iy nikohida bo‘lgan xotini tomonidan qasddan o‘ldirildi. Sudda buni erining ruhiy va jismoniy tazyiqlaridan bezgani uchun qilganini aytgan ayol 12 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Hukumat qarori bilan “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting