Energetika vazirligi Navoiy, Jizzax va Andijon viloyatlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilayotganini ma’lum qildi. «Hozirda maxsus brigadalar tomonidan nosozliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda», — deyiladi xabarda.
AQShning Toshkentdagi elchixonasi Meksika orqali mamlakat hududiga kirishga urinayotgan o‘zbekistonliklarni o‘z hayotlarini jinoyatchilik, odam savdosi hamda moliyaviy firibgarlik qurboniga aylanish xavfi ostiga qo‘yishlaridan ogohlantirdi.
O‘zJOKU rektori Sherzodxon Qudratxo‘janing maktab ta’limidan fizika, kimyo fanlarini chiqarib tashlash haqidagi gaplari muhokamalarga sabab bo‘ldi. U o‘ziga qarshi bildirilgan fikr-mulohazalarga izoh berdi. Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova esa bunday xavotirga o‘rin yo‘qligini ma’lum qildi.
1 yanvar kuni tongda Kosonsoy tumanida xonadonlardan biri yonib ketishi oqibatida er-xotin halok bo‘ldi. Tergovga qadar surushtiruv ishlari olib borilmoqda.
Angor tumanida Labo kanalga tushib ketishi oqibatida 33 yoshli haydovchi vafot etdi. Viloyat IIB ma’lumotlariga ko‘ra, haydovchi mastlik oqibatida tezlikni me’yoridan oshirib harakatlanib, boshqaruvni yo‘qotgan va mashinada kanalga tushib ketgan.
Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va Urganch aeroportlarida chet el fuqarolari uchun O‘zbekistonda ayrim turdagi tovarlarni xarid qilishda to‘langan QQS summalarini qaytarishni nazarda tutuvchi Tax Free xizmati shoxobchalari ish boshladi.
«Buxoro-Toshkent» reysining Afrosiyob poyezdining to‘xtab qolishiga bayram kunlari temir yo‘l yaqinida uchirilgan «osmon fonusi» sabab bo‘lgani aniqlandi. U elektrovoz kollektoriga urilib, qisqa tutashuv va kontakt simining uzilishiga olib kelgan.
Toshkentda metro bekatlari yaqinida joylashgan 31 ta oliy o‘quv yurtida darslarning boshlanish vaqti o‘zgartirildi. Ushbu qaror metrodagi tirbandlikni kamaytirish maqsadida qabul qilindi. OTMlar ro‘yxati.
Air Astana aviakompaniyasining Toshkent-Olmaota reysi samolyoti kuchli turbulentlik hududiga tushib qolishi natijasida yetti nafar yo‘lovchi jabrlandi.
2 yanvar kuni O‘zbekiston hududiga Kavkaz mintaqasidan antitsiklon kirib keladi. 3 yanvar kuni esa qariyb butun mamlakat hududini qamrab oladi. Ayrim hududlarda yog‘ingarchilik bo‘lishi, shamol kuchayishi kutilmoqda. 4 yanvarda antitsiklon chekinishni boshlaydi. Hafta oxiriga borib iliydi.
2023 yilning birinchi kunida O‘zbekistonda 2155 chaqaloq dunyoga keldi. Ularning 1056 nafari qiz, 1099 nafari o‘g‘il bolalardir. Eng ko‘p go‘dak Farg‘ona viloyatida (252 nafar) tug‘ildi.
1 yanvar kuni «Buxoro-Toshkent» yo‘nalishidagi Afrosiyob poyezdi Toshkent viloyati hududida ikki soatga to‘xtab qoldi. Yo‘lovchilar uchun boshqa tarkib jo‘natildi. Yo‘lovchilarga chipta pullari qaytarib beriladi.
Blekaut, Ukrainadan evakuatsiya qilingan o‘zbekistonliklar, Rossiyadan relokantlar tashrifi, Nukus voqealari, SHHT sammiti, energo inqiroz va shamollashga qarshi doridan o‘lgan 20 nafar bola. “Gazeta.uz” o‘tgan yili O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni aks ettiruvchi suratlarni bir materialga jamladi.
2022 yilda vafot etgan dramaturg Sharof Boshbekov, aktrisa To‘ti Yusupova, akademik Edvard Rtveladze, O‘zbekiston qahramoni Lola Murotova, sport jurnalisti Axbor Imomxo‘jayev, aktrisa Maryam Ixtiyorova, hokim Nuriddin Abdurahimov va boshqalarni xotirlaymiz.
RSHTYOIM Farg‘ona viloyat filialida quvasoylik 3 yoshli bemor bola «Dok-1 Maks» siropidan o‘tkir zaharlanish tashxisi bilan davolanayotgani ma’lum qilindi. Uning umumiy ahvoli og‘ir, hushida.
2−4 yanvar kunlari Toshkent viloyatidagi «Chimyon» tog‘larida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.
30 dekabrda lavozimga tayinlangan sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov Yangi yilga o‘tar kechasi poytaxtdagi davolash muassasalariga bordi va shunday dedi: «Shifoxonalardagi muammolarni kabinetda o‘tirib hal qilib bo‘lmaydi». Inoyatovdan oldingi vazir Behzod Musayev ham faoliyatini shunday boshlagandi.
Ikki yillik og‘ir pandemiyadan so‘ng kovidning chekinishi, Ukrainadagi urush, barqarorlikka daxl qiluvchi iqtisodiy inqiroz va siyosiy tartibsizliklar, ekstremal ob-havo sharoitlari, hayajonlarga boy mundial — 2022 yilning eng muhim voqealari «Gazeta.uz»ning yil yakunlariga bag‘ishlangan sharhida.
«Gazeta.uz» kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan «Nima o‘qiymiz?» loyihasini davom ettiradi. Sara asarlar, o‘qilishi maqsadga muvofiq hisoblangan kitoblar ro‘yxati haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyalarini har shanba sizga yetkazamiz.
Toshkentda shamollashga qarshi sirop iste’mol qilish bilan bog‘liq yana bir o‘lim holati qayd etildi. Jizzax viloyatidan bo‘lgan bola buyrak yetishmovchiligi belgilari bilan poytaxt shifoxonasiga yotqizilgan. Aynan qaysi dori ekani aytilmadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting