Jamiyat

Manfaatlar to‘qnashuvi uchun javobgarlikning o‘zi yo‘q — deputat hokimliklardagi tenderlar haqida
29 dekabr 2020, 18:26

Manfaatlar to‘qnashuvi uchun javobgarlikning o‘zi yo‘q — deputat hokimliklardagi tenderlar haqida

Deputat Doniyor G‘aniyev Andijon va Jizzax viloyatlarida davlat xaridlaridagi «tanish-bilishchilik» aslida yangilik emasligi, bu ikki holat «aysberg»ning uchi ekanligi hamda qonunchilikda davlat xaridlari sohasidagi manfaatlar to‘qnashuvi uchun javobgarlik yo‘qligini ta’kidladi.

25 ta manzil-koloniya bosqichma-bosqich qisqartiriladi
29 dekabr 2020, 16:22

25 ta manzil-koloniya bosqichma-bosqich qisqartiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatnomasida mamlakatdagi 25 ta manzil-koloniya bosqichma-bosqich qisqartirilishi, birinchi marta ozodlikdan mahrum etilgan shaxsga berilgann jazo qisqartirilsa, u manzil-koloniyaga o‘tkazilmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri probatsiya nazoratiga olinishini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda 15 yildan beri doimiy yashab kelayotganlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri fuqarolik beriladi
29 dekabr 2020, 14:01

O‘zbekistonda 15 yildan beri doimiy yashab kelayotganlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri fuqarolik beriladi

Prezident Oliy Majlisga murojaatnomasida kelasi yili mamlakatda 2005 yildan beri doimiy yashab kelayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri O‘zbekiston fuqaroligi berilishini e’lon qildi.

«Gazeta.uz» «Pandemiya 2020: chaqiriqlar, xulosalar, oqibatlar» tanlovida nominatsiya g‘olibi bo‘ldi
28 dekabr 2020, 21:24

«Gazeta.uz» «Pandemiya 2020: chaqiriqlar, xulosalar, oqibatlar» tanlovida nominatsiya g‘olibi bo‘ldi

«Gazeta.uz» «Pandemiya 2020: chaqiriqlar, xulosalar, oqibatlar» tanlovining «Adliya e’tirofi» nominatsiyasida g‘olib deb topildi.

“Toshkent” xalqaro aeroportida soxta PZR-testi ma’lumotnomalarini sotayotgan shaxslar qo‘lda tushdi
28 dekabr 2020, 20:53

“Toshkent” xalqaro aeroportida soxta PZR-testi ma’lumotnomalarini sotayotgan shaxslar qo‘lda tushdi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘tkazgan tezkor tadbirda “Toshkent” xalqaro aeroportida 4 nafar fuqaro yonidan soxta PZR-testi ma’lumotnomalari chiqqan. Tergov natijasida toshkentlik ikki nafar shaxs soxta ma’lumotnomalarni Buxoro va Xorazm viloyatidan bo‘lgan shaxslarga yetkazib turgani aniqlangan.

Jizzaxda davlat buyurtmalarini qo‘lga kiritgan kompaniyalar viloyat hokimi o‘rinbosariga aloqador bo‘lishi mumkin
28 dekabr 2020, 19:32

Jizzaxda davlat buyurtmalarini qo‘lga kiritgan kompaniyalar viloyat hokimi o‘rinbosariga aloqador bo‘lishi mumkin

Jizzax viloyati hokimligining «Yagona buyurtmachi xizmati»dan 292,1 mlrd so‘mlik davlat buyurtmalarini Qurilish Ta’minoti, J-Quruvchi i Abduvohid Qurilish Ta’mir kompaniyalari qo‘lga kiritgan. Ushbu kompaniyalar asoschilari viloyat hokimi o‘rinbosari Akram Rahmonqulovga aloqador bo‘lishi mumkin.

Hokimlarning yerni olib qo‘yish bo‘yicha vakolatlari qisqardi
28 dekabr 2020, 17:59

Hokimlarning yerni olib qo‘yish bo‘yicha vakolatlari qisqardi

Prezident hokimlarning yerni olib qo‘yish bo‘yicha vakolatlarini qisqartirishga qaratilgan qonunni imzoladi. Endilikda hokimlar yerga egalik qilish va yerdan foydalanish huquqini to‘xtatib qo‘yishga haqli emas.

Buxoroda yo‘lovchi poyezdi ayol kishini urib yubordi
28 dekabr 2020, 17:13

Buxoroda yo‘lovchi poyezdi ayol kishini urib yubordi

Buxoro viloyatida yo‘lovchi poyezdi ayol kishini urib yubordi. U Kogon shahrida hamshira bo‘lib ishlagan. Baxtsiz hodisa oqibatida uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandi yetim qoldi.

Coca Cola’ning yangi yil tantanalari ramziga aylanganiga roppa-rosa 100 yil to‘ldi: tarixning eng hayajonli onlari
28 dekabr 2020, 17:00

Coca Cola’ning yangi yil tantanalari ramziga aylanganiga roppa-rosa 100 yil to‘ldi: tarixning eng hayajonli onlari

Bilasizmi, Coca-Cola'ning yangi yil kampaniyasi tarixi 1920 yilga borib taqaladi. Coca-Cola brendining yangi yil tantanalari kampaniyasiga 100 yil to‘lgani munosabati bilan sizlarga bayramona kayfiyat tuhfa etadi. Yangi yil tantanalari davomida kompaniya «Yangi yilda omad kuladi» aksiyasi ishtirokchilari orasida 21 ta Nissan Sylphy avtomobilini o‘ynaydi. 31 dekabrda esa barcha teletomoshabinlarni ZO’R TV telekanalida Coca-Cola va shou-biznes yulduzlaridan musiqiy syurpriz kutmoqda (yangi yil reklamasi).

O‘zbekistonda elektr energiya bo‘yicha 3,5 trln so‘m qarzdorlik mavjud
28 dekabr 2020, 16:50

O‘zbekistonda elektr energiya bo‘yicha 3,5 trln so‘m qarzdorlik mavjud

“Hududiy elektr tarmoqlari” vakili matbuot anjumanida O‘zbekistonda elektr energiya bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslar hisobida 3,5 trln so‘m qarzdorlik mavjudligini ma’lum qildi. Qolaversa, respublika bo‘yicha eng ko‘p qarzdorlik Samarqand viloyatiga to‘g‘ri kelishi ta’kidlandi.

2020-yilda 1,2 million nafardan ortiq aholi ilk bor ichimlik suvi bilan ta’minlandi — “O‘zsuvta'minot”
28 dekabr 2020, 16:46

2020-yilda 1,2 million nafardan ortiq aholi ilk bor ichimlik suvi bilan ta’minlandi — “O‘zsuvta'minot”

2020-yil davomida 1,2 million nafardan ziyod aholiga ilk bor ichimlik suvi yetkazildi. Bundan tashqari, avariya holatlari 2019-yilga nisbatan 16,8 mingtaga, ya’ni 12 foizga kamaygani qayd etildi.

Yangi yil arafasida qor bo‘lmaydi
28 dekabr 2020, 15:15

Yangi yil arafasida qor bo‘lmaydi

Dekabr oyining oxirgi kunlari va yanvar oyining birinchi kunlarida harorat me’yordan 4−7 darajaga past bo‘lib, bu hafta davomida saqlanib turadi. Yakshanba kuni 27 dekabrda yog‘gan qor bu yilgi so‘nggi qor bo‘ldi, O‘zbekiston aholisi Yangi yilni qorsiz kutib olishadi.

Mast holda jamoat tartibini buzgan ichki ishlar organi xodimi ishdan bo‘shatildi
28 dekabr 2020, 15:07

Mast holda jamoat tartibini buzgan ichki ishlar organi xodimi ishdan bo‘shatildi

Ichki ishlar organi hodimining mast holatda jamoat tartibini buzayotganligi haqidagi videoga IIV munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, ushbu hodisadan so‘ng me’yoriy buyruq talablarini buzgan xodim o‘z vazifasidan chetlatildi.

“Gaz, svet yo‘qligidan to‘yib ketdik”. Bir guruh ayollar Qo‘qon hokimiyati oldida yo‘lni to‘sishdi
28 dekabr 2020, 13:25

“Gaz, svet yo‘qligidan to‘yib ketdik”. Bir guruh ayollar Qo‘qon hokimiyati oldida yo‘lni to‘sishdi

Uyida gaz va svet yo‘q 10 dan ortiq xotin-qizlar Qo‘qon shahar hokimiyati oldidagi yo‘lni to‘sib qo‘ydi. Ta’kidlanishicha, mutasaddilar ularning so‘zlarini eshitmayapti. Yo‘lni bo‘shatishni so‘ragan haydovchilarga qarata ayollar, — “urib ketishingiz mumkin, baribir uy sovuq”, — deya javob qaytarishgan.

Muzrabotda elektr ta’minotidagi uzilishdan norozi aholi ko‘chada balon yoqdi
28 dekabr 2020, 10:05

Muzrabotda elektr ta’minotidagi uzilishdan norozi aholi ko‘chada balon yoqdi

Transformatorning buzilishi natijasida elektr energiyasidan uzilib qolgan muzrabotliklar norozilik sifatida ko‘chada balon yoqishdi. Xozirda muammo bartaraf etilgan.

Prokuratura Andijonda davlat xaridlaridagi «tanish-bilishchilik» holatlarini o‘rganadi
28 dekabr 2020, 09:15

Prokuratura Andijonda davlat xaridlaridagi «tanish-bilishchilik» holatlarini o‘rganadi

Andijon viloyati prokuraturasi viloyat hokimligining «Yagona buyurtmachi xizmati» davlat xaridlarini o‘rganmoqda. Uning rahbari 20 mlrd so‘mlik davlat xaridlarini yutib olgan qurilish kompaniyasining ta’sischisi hisoblanadi. Boshqa ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi holatlari haqida ham xabar qilindi.

Navoiy markazida Yangi yil archasi yonib ketdi (video)
27 dekabr 2020, 21:58

Navoiy markazida Yangi yil archasi yonib ketdi (video)

Navoiy markazida yangi yil archasi yonib ketdi. Hodisaga yog‘ingarchilik sababli nam tekkan elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab bo‘lishi mumkin.

Sergeli tumanida ikkita yirik ko‘chani tutashtiruvchi ko‘prik foydalanishga topshirildi
26 dekabr 2020, 17:16

Sergeli tumanida ikkita yirik ko‘chani tutashtiruvchi ko‘prik foydalanishga topshirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumani Qipchoq ko‘chasida qurilgan ko‘prikni ko‘zdan kechirdi. Ushbu ko‘prikning uzunligi 772 metr bo‘lib, u Toshkentdagi ikkita yirik ko‘cha — Yangi Sergeli aylanma yo‘li bilan Xalqa yo‘lini bog‘laydi.

Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishi ochildi
26 dekabr 2020, 16:35

Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishi ochildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishini borib ko‘rdi. Ushbu metro yo‘nalishining uzunligi 7 kilometrni tashkil qilib, beshta bekatdan iborat. Ushbu yo‘nalishda kuniga 35 mingtagacha odam qatnashi mumkin. Ushbu yo‘nalish 26 dekabr soat 16:00 dan boshlab xizmat ko‘rsata boshladi.

Qirg‘izistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi
26 dekabr 2020, 15:55

Qirg‘izistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

Toshkent vaqti bilan 15:28 da Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila O‘zbekistonning bir qator shaharlarida ham sezildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting