Jamiyat

Toshkent hokimi shahar xizmatlari sovuq kunlarda qanday ishlashi bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi
6 yanvar 2023, 23:13

Toshkent hokimi shahar xizmatlari sovuq kunlarda qanday ishlashi bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi

Toshkent hokimi shahar xizmatlarining anomal sovuq kunlardagi faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. U asosiy faoliyatdan chalg‘itadigan majlislar o‘tkazishni taqiqladi. Ko‘chalar zudlik bilan qordan tozalanadi. Jamoat transportidan foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishi kerak.

6 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
6 yanvar 2023, 22:09

6 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Xotini va 5 oylik bolasini o‘ldirib, o‘zini osgan erkak, zoopark xodimini tishlab o‘ldirgan ayiq, laboratoriya sinovidan to‘liq o‘tmagan «Dok-1 Maks» va «Ambronol», Qozog‘istondagi yanvar voqealarida qatnashgan o‘zbekistonliklar, anomal sovuqda uydan ishlash taklifi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Yotoqxonaga ta’til tugashidan oldin kelgan talabalarga sharoit yaratiladi
6 yanvar 2023, 18:51

Yotoqxonaga ta’til tugashidan oldin kelgan talabalarga sharoit yaratiladi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qishki ta’til uzaytirilishidan oldin OTM yotoqxonalariga kelgan talabalarga uzaytirilgan ta’tilni ota-onalari bilan o‘tkazishni tavsiya qildi. Qaytishga imkoniyati bo‘lmaganlarga esa yotoqxonada sharoit yaratilishi mumkinligi aytildi.

«19,5 mlrd so‘mga 5 ta davlat qo‘riqxonasining boshqaruv tizimi yaxshilanadi» — Tabiat resurslari vazirligi
6 yanvar 2023, 16:58

«19,5 mlrd so‘mga 5 ta davlat qo‘riqxonasining boshqaruv tizimi yaxshilanadi» — Tabiat resurslari vazirligi

2023 yilda Tabiat resurslari vazirligiga qarashli 5 ta qo‘riqxonaning boshqaruv tizimi yaxshilanadi. Bu ishlar uchun davlat budjetidan 19,5 mlrd so‘m ajratilmoqda. «Mazkur mablag‘ga fotoqopqonlar, dronlar, kameralar sotib olinadi, ilmiy salohiyat va laboratoriyalar kuchaytiriladi», — dedi vazirlik vakili.

Surxondaryodagi YTH oqibatida 1 yoshli bola va uning onasi vafot etdi
6 yanvar 2023, 15:26

Surxondaryodagi YTH oqibatida 1 yoshli bola va uning onasi vafot etdi

Uzun tumanida «VAZ 21011» avtomobili «KamAZ» bilan to‘qnashdi. Hodisa oqibatida yo‘lovchi ayol va uning 2022 yil tug‘ilgan bolasi vafot etdi.

Jizzaxdagi koloniyadan qochgan 2 mahkum Qirg‘iziston bilan chegarada qo‘lga olindi
6 yanvar 2023, 15:17

Jizzaxdagi koloniyadan qochgan 2 mahkum Qirg‘iziston bilan chegarada qo‘lga olindi

Zafarobod tumanidagi 30-son jazoni ijro etish manzil-koloniyasidan qochgan ikki mahkum bir kundan keyin Andijon viloyatining chegara hududlaridan birida ushlanib, vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirildi.

Namangan va Andijon aeroportlari vaqtincha yopildi
6 yanvar 2023, 15:09

Namangan va Andijon aeroportlari vaqtincha yopildi

Quyuq tuman tufayli ko‘rishning yomonlashishi Namangan va Andijon aeroportlari faoliyatini cheklab qo‘ydi. Reyslar o‘zgartirilgan yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilmoqda.

«Yuksalish» harakati anomal sovuqda masofaviy ishlashga o‘tishga chaqirdi
6 yanvar 2023, 14:35

«Yuksalish» harakati anomal sovuqda masofaviy ishlashga o‘tishga chaqirdi

«Yuksalish» harakati davlat va xususiy sektordagi ish beruvchilarni anomal sovuq kunlarda, agar xodimlarning ish joyida bo‘lishiga ehtiyoj bo‘lmasa, uydan ishlashiga ruxsat berishga, jamoat transportining uzluksiz harakatini ta’minlashga chaqirdi.

O‘zbekistonda bemorlar shifoxonalarda o‘rtacha 6 kun davolanmoqda
6 yanvar 2023, 14:19

O‘zbekistonda bemorlar shifoxonalarda o‘rtacha 6 kun davolanmoqda

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda bemorlarning statsionar davolash muassasalarida o‘rtacha davolanish davomiyligi 6 kunni tashkil etdi.

«Dok-1 Maks» va «Ambronol» dorilari belgilangan tartibda laboratoriya sinovidan o‘tmagan — DXX
6 yanvar 2023, 13:00

«Dok-1 Maks» va «Ambronol» dorilari belgilangan tartibda laboratoriya sinovidan o‘tmagan — DXX

«Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi» mas’ullari «Dok-1 Maks» va «Amboronol» dorilarini tartib bo‘yicha laboratoriya sinovidan o‘tkazmagani aniqlandi. Oqibatda sifatsiz dori sotuvga chiqqan. Hozirda «Quramax Medisal» va ilmiy markazning jami 4 xodimi gumonlanuvchi sifatida hibsga olindi.

Toshkentda mijoz talashgan makler hamkasbini jarohatladi
6 yanvar 2023, 12:10

Toshkentda mijoz talashgan makler hamkasbini jarohatladi

Chilonzor tumanida mijoz talashgan makler hamkasbini noma’lum jism bilan jarohatladi. Oqibatda jabrlanuvchi qorin oldi devori sanchilib kesilgan jarohati, taloq va buyrak shikastlanishi bilan shifoxonaga murojaat qilgan.

Qoraqalpog‘istonda Cobalt va Nexia-2 to‘qnashuvi oqibatida bir kishi vafot etdi
6 yanvar 2023, 11:55

Qoraqalpog‘istonda Cobalt va Nexia-2 to‘qnashuvi oqibatida bir kishi vafot etdi

Kegeyli tumanida Cobalt va Nexia-2 ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sabab haydovchilardan biri vafot etdi. Ikki kishi shifoxonaga yotqizildi.

Poytaxt IIBB: «Fatzorb» ozdiruvchi dorisida kuchli ta’sir qiluvchi modda aniqlandi
6 yanvar 2023, 11:39

Poytaxt IIBB: «Fatzorb» ozdiruvchi dorisida kuchli ta’sir qiluvchi modda aniqlandi

Toshkent shahar IIBB poytaxtda 252 dona «Fatzorb» dorisini sotayotganlarni ushladi. Ozdiruvchi mahsulot deya sotilayotgan dori tarkibida «Sibutramin» kuchli ta’sir qiluvchi modda borligi aniqlandi.

Dam olish kunlari iliq havo kuzatiladi
6 yanvar 2023, 11:36

Dam olish kunlari iliq havo kuzatiladi

O‘zbekistonda kelasi hafta kutilayotgan sovuq oldidan dam olish kunlarida havo nisbatan iliq bo‘ladi. Mamlakatning aksariyat hududlarida yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarda shamol kuchayadi.

Samarqandda erkak xotini va 5 oylik bolasini o‘ldirib, o‘zini osdi
6 yanvar 2023, 10:32

Samarqandda erkak xotini va 5 oylik bolasini o‘ldirib, o‘zini osdi

Oqdaryo tumanida erkak xotinini qaychi bilan urib, beshikda yotgan 5 oylik bolasini esa bo‘g‘ib o‘ldirdi. So‘ngra o‘zini osib, joniga qasd qildi. Hodisaga oilaviy kelishmovchilik sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Andijonda ayiq zoopark xodimini tishlab o‘ldirdi
6 yanvar 2023, 09:37

Andijonda ayiq zoopark xodimini tishlab o‘ldirdi

Andijon viloyatidagi hayvonot bog‘ida yovvoyi ayiq bog‘ xodimiga tashlanib, bo‘yin qismidan tishlab oldi. Oqibatda xodim og‘ir tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etdi.

Farg‘onada maktab o‘quvchilari Gentra’ni yoqib yubordi
6 yanvar 2023, 09:25

Farg‘onada maktab o‘quvchilari Gentra’ni yoqib yubordi

Tarmoqlarda maktab o‘quvchilari gugurt yordamida Gentra avtomobilining old qismini yoqib yuborgani tasvirlangan video tarqaldi. Farg‘ona viloyati IIB holat bo‘yicha voyaga yetmaganlarning ota-onalariga ma’muriy hujjatlar rasmiylashtirilganini ma’lum qildi. Mashinaga yetkazilgan moddiy zarar qoplandi.

Toshkentda 6 yoshli qizchaga tegajog‘lik qilgan erkak 10 yilga qamaldi
6 yanvar 2023, 09:03

Toshkentda 6 yoshli qizchaga tegajog‘lik qilgan erkak 10 yilga qamaldi

Toshkentda 47 yoshli erkak jinsiy ehtiyojlarni g‘ayritabiiy shaklda majburan qondirish aybi bilan 10 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. U o‘tgan yilning yozida 6 yashar qizaloqqa tegajog‘lik qilganlikda gumonlanib qo‘lga olingandi.

Termizda ko‘chirishga qarshilik qilgan bozor ishchilari jarimaga tortildi, qamalganlar ham bor
5 yanvar 2023, 22:37

Termizda ko‘chirishga qarshilik qilgan bozor ishchilari jarimaga tortildi, qamalganlar ham bor

Termizda sobiq «Yubileyniy» bozorining 9 nafar ishchisi yangi joyga ko‘chirishga qarshilik qilganlari uchun jarimaga tortildi, 4 kishi esa 5 sutkaga ma’muriy qamoqqa olindi. Avvalroq IIB xodimlari ayol kishini avtobusga majburan olib ketayotgani aks etgan video tarqalgan edi.

O‘zbekiston Energetika vazirligi ayozli kunlarda energiya ta’minotidagi ehtimoliy uzilishlardan ogohlantirdi
5 yanvar 2023, 22:15

O‘zbekiston Energetika vazirligi ayozli kunlarda energiya ta’minotidagi ehtimoliy uzilishlardan ogohlantirdi

O‘zbekiston Energetika vazirligi kelasi haftada kutilayotgan sovishi munosabati bilan yirik korxonalarga gaz va elektr energiyasi yetkazib berish qisqarishi, IESlarga gaz yetkazib berish ko‘payishini ma’lum qildi. Shu bilan birga, jadvalga ko‘ra, energiya ta’minotida qisqa muddatli uzilishlari mumkin.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting