Jamiyat

Samarqandda mayning ferma qariyb 30 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
5 dekabr 2024, 23:14

Samarqandda mayning ferma qariyb 30 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Samarqandning Ishtixon tumanida yerto‘lada joylashgan 89 ta mayning qurilmasi elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanishi oqibatida qariyb 30 mlrd so‘m zarar yetkazildi.

Kuz mavsumi odatdagidan biroz iliqroq bo‘ldi — O‘zgidromet
5 dekabr 2024, 22:54

Kuz mavsumi odatdagidan biroz iliqroq bo‘ldi — O‘zgidromet

O‘tgan noyabr oyi odatdagidan issiqroq, lekin avvalgi yilning noyabridan sovuqroq bo‘ldi. Oy davomida yomg‘ir kam, ammo jadal yog‘di. Umuman olganda, 2024-yilning kuz fasli normadan biroz iliqroq bo‘ldi, deya qayd etdi O‘zgidromet.

Termizda qalin tuman tufayli ikkita reys bekor qilindi
5 dekabr 2024, 22:24

Termizda qalin tuman tufayli ikkita reys bekor qilindi

Termiz xalqaro aeroporti hududidagi noqulay ob-havo va qalin tuman sababli Toshkent — Termiz va Termiz — Sankt-Peterburg reyslari bekor qilindi. Uzbekistan Airways holat juma kuni ham davom etishi mumkinligini ta’kidladi.

Deputatlar tashqi qarzlar limitini oshirishni ma’qulladi, hukumat yana xarajatlar chegarasidan chiqib ketdi
5 dekabr 2024, 17:56

Deputatlar tashqi qarzlar limitini oshirishni ma’qulladi, hukumat yana xarajatlar chegarasidan chiqib ketdi

O‘zbekiston hukumati yana xarajatlar chegarasiga amal qilolmadi, shuning uchun Qonunchilik palatasi tashqi qarz limitini ko‘tardi. Yil boshida qonun bilan davlat kafolati ostida 5 mlrd dollardan ortiq mablag‘ jalb qilish taqiqlangan bo‘lsa, endi bu chegara 7,3 mlrd dollargacha oshirildi.

Artel va Klimasan hamkorligi: sovitkichlar ishlab chiqarish sanoatida yangi davrning boshlanishi
5 dekabr 2024, 17:00

Artel va Klimasan hamkorligi: sovitkichlar ishlab chiqarish sanoatida yangi davrning boshlanishi

Turkiyaning Klimasan kompaniyasi Artel bilan strategik kelishuv imzoladi. Hamkorlik doirasida sovitkichlarning uchta yangi modellari ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi.

Dekabr oyida o‘zbekistonliklar qo‘shimcha necha kun dam oladi?
5 dekabr 2024, 16:19

Dekabr oyida o‘zbekistonliklar qo‘shimcha necha kun dam oladi?

Dekabr oyida shanba va yakshanba kunlaridan tashqari O‘zbekiston fuqarolari uchun prezident farmoni va Mehnat kodeksiga muvofiq 3 ta qo‘shimcha dam olish kuni belgilangan.

UZTELECOM O‘zbekiston bo‘ylab tarmoqni takomillashtirishni davom ettirmoqda
5 dekabr 2024, 15:00

UZTELECOM O‘zbekiston bo‘ylab tarmoqni takomillashtirishni davom ettirmoqda

Kompaniya mobil aloqa sifatini yaxshilash va uzluksiz ma’lumot uzatishni ta’minlash imkonini beradigan ikkita muhim loyihani amalga oshirdi.

Rubob yasash va chalish san’ati YUNESKOning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi
5 dekabr 2024, 14:45

Rubob yasash va chalish san’ati YUNESKOning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi

Rubob yasash va chalish san’ati O‘zbekiston va mintaqaning boshqa mamlakatlari taklifi bilan YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi.

O‘rta Chirchiqdagi korxonada gaz portlashi sabab 1 kishi halok bo‘ldi
5 dekabr 2024, 12:47

O‘rta Chirchiqdagi korxonada gaz portlashi sabab 1 kishi halok bo‘ldi

Toshkent viloyatidagi ishlab chiqarish korxonasida gaz portladi. Hodisa oqibatida 1 kishi vafot etdi, 6 kishi jarohatlandi. Voqea joyiga favqulodda vaziyatlar vaziri yetib bordi.

«Ezgulik» inson huquqlari jamiyati «Ozodlik, tenglik, birodarlik» xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi
5 dekabr 2024, 11:24

«Ezgulik» inson huquqlari jamiyati «Ozodlik, tenglik, birodarlik» xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi

O‘zbekistonning «Ezgulik» inson huquqlari jamiyati Fransiya «Ozodlik, tenglik, birodarlik» xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi. Mukofot 10-dekabr kuni Fransiya bosh vaziri tomonidan jamiyat rahbari Abdurahmon Tashanovga topshiriladi.

Talabalar va texnikum, litsey o‘quvchilari 25-dekabrdan 7-yanvargacha dam oladi
5 dekabr 2024, 11:16

Talabalar va texnikum, litsey o‘quvchilari 25-dekabrdan 7-yanvargacha dam oladi

OTM talabalari va texnikum, kasb-hunar maktabi, akademik litseylar o‘quvchilari 25-dekabrdan qishki ta’tilga chiqadi. Darslar 8-yanvardan boshlanadi.

Mobiuz abonentlar uchun bayramona takliflarni taqdim etdi
5 dekabr 2024, 11:00

Mobiuz abonentlar uchun bayramona takliflarni taqdim etdi

Mobiuz aksiyalar va maxsus takliflarni yo‘lga qo‘ydi, shuningdek, Qashqadaryo viloyatida yangilangan ofisini ochdi.

Taxtaqoracha dovonida avtomobillar harakati vaqtincha cheklandi
5 dekabr 2024, 10:11

Taxtaqoracha dovonida avtomobillar harakati vaqtincha cheklandi

5-dekabr, payshanba kuni tongda Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi Taxtaqoracha dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Hududda amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazilmoqda.

Farg‘onada 1,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
4 dekabr 2024, 23:34

Farg‘onada 1,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi

Farg‘ona shahridagi issiqxona o‘zboshimchalik bilan tabiiy gaz tarmog‘iga ulanib, 1,6 mlrd so‘mlik zarar yetkazgani aniqlandi. To‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Muvaffaqiyatlar sari birgalikda: Wolt O‘zbekistondagi tadbirkorlarni qanday qo‘llab-quvvatlaydi
4 dekabr 2024, 19:00

Muvaffaqiyatlar sari birgalikda: Wolt O‘zbekistondagi tadbirkorlarni qanday qo‘llab-quvvatlaydi

Wolt kompaniyasi o‘zining afzalliklari haqida gapirib berdi va restoranlarga muvaffaqiyatli hamkorlik qilish uchun bir nechta maslahatlar berdi.

Navoiyda yana bir hokim yordamchisi 200 mln so‘m imtiyozli kredit pulini talon-toroj qilgani aytilmoqda
4 dekabr 2024, 17:51

Navoiyda yana bir hokim yordamchisi 200 mln so‘m imtiyozli kredit pulini talon-toroj qilgani aytilmoqda

Xatirchi tumanidagi MFYlardan birining muqaddam sudlangan hokim yordamchisi tadbirkor bilan kelishib, MCHJ va xususiy o‘quv markazi nomiga 200 mln so‘m imtiyozli kredit ajratilishiga erishgan. U ajratilgan pulni o‘ziga tegishli xususiy korxonaga o‘tkazib yuborgani aytilmoqda. Unga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” Xivaga Afrosiyob reyslari yo‘lga qo‘yilishi haqidagi xabarlarni rad etdi
4 dekabr 2024, 17:05

“O‘zbekiston temir yo‘llari” Xivaga Afrosiyob reyslari yo‘lga qo‘yilishi haqidagi xabarlarni rad etdi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” 7-dekabrdan Xivagacha Afrosiyob qatnovi boshlanishi haqidagi xabarni rad etdi. Biroq bitta poyezd sinovdan o‘tkazilganini tasdiqladi. Avvalroq “O‘TY” rahbari prezidentning yangi yil arafasida Buxoro — Xiva elektrlashtirilgan temir yo‘lini ochish rejalari haqida ma’lum qilgandi.

“O‘zkomnazorat” ijro hokimiyati organlari aloqa markazlari ishini baholaydi
4 dekabr 2024, 16:27

“O‘zkomnazorat” ijro hokimiyati organlari aloqa markazlari ishini baholaydi

Hukumat qarori bilan respublika va mahalliy ijro hokimiyati organlari, shuningdek, davlat tashkilotlari aloqa markazlarining texnik faoliyatini nazorat qilish va baholash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Navoiyda erini yog‘och bilan urib o‘ldirgan ayol 12 yilga qamaldi
4 dekabr 2024, 15:52

Navoiyda erini yog‘och bilan urib o‘ldirgan ayol 12 yilga qamaldi

Xatirchi tumanida erkak o‘zining ruhiy kasal qizi va shar’iy nikohida bo‘lgan xotini tomonidan qasddan o‘ldirildi. Sudda buni erining ruhiy va jismoniy tazyiqlaridan bezgani uchun qilganini aytgan ayol 12 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Mahallalarda ijtimoiy profilaktika tadbirlari o‘tkaziladi
4 dekabr 2024, 15:40

Mahallalarda ijtimoiy profilaktika tadbirlari o‘tkaziladi

Hukumat qarori bilan “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting