Jamiyat

2021 yilda avariya sabab 2,5 mingga yaqin odam vafot etdi — prezident
11 fevral 2022, 12:35

2021 yilda avariya sabab 2,5 mingga yaqin odam vafot etdi — prezident

2021 yilda O‘zbekistonda 10 mingdan ortiq yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi, unda 9 mingdan ortiq fuqaro jarohat olgan. Avariyalar oqibatida 2,5 mingga yaqin inson halok bo‘lgan, shundan 263 nafar yosh bola hisoblanadi. Prezident videoselektorda Namangan viloyati IIB boshlig‘i, Andijon va Samarqand viloyatlari YXHB boshliqlarini ishdan olishga ko‘rsatma berdi.

Namangan shahrida Usmon Nosir haykali o‘rnatiladi
11 fevral 2022, 12:14

Namangan shahrida Usmon Nosir haykali o‘rnatiladi

Prezident qaroriga ko‘ra, Usmon Nosir tavalludining 110 yilligi munosabati bilan Namanganda shoirga haykal o‘rnatiladi. Uning hayoti va faoliyatini o‘rganish uchun DXX va Rossiyadagi tegishli arxiv materiallari bilan tanishishga sharoit yaratiladi. Toshkent va Namangan shaharlaridagi ko‘chalarga Usmon Nosir nomi beriladi.

Demokratiya indeksi reytingida O‘zbekiston 150-o‘rinni egalladi
11 fevral 2022, 11:15

Demokratiya indeksi reytingida O‘zbekiston 150-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston Economist Intelligence Unit`ning «Demokratiya indeksi» da 150-o‘rinni egalladi. Tadqiqotchilarning fikricha, mamlakatda demokratiya bilan bog‘liq vaziyatda hech qanday o‘zgarishlar qayd etilmagan, u «avtoritar rejimlar» guruhida qolmoqda.

O‘zbekistonda 733,8 ming kishi buster doza bilan emlandi
11 fevral 2022, 10:51

O‘zbekistonda 733,8 ming kishi buster doza bilan emlandi

Sanitariya-epidemiologiya xizmati hozirgacha buster doza olishi mumkin bo‘lgan 5,2 mln nafar fuqarodan 733,8 ming nafari ushbu doza bilan emlanganini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, buster dozani vaksinaning har qanday turidan foydalangan holda olishi mumkin. «Buster doza bilan emlanish „alfa“, „delta“, „omikron“ shtammidan himoya qila oladi», — deyiladi xabarda.

65% aholi oliy ta’limga ishonmaydi degan so‘rov natijalarini o‘qiganmiz — Abduqodir Toshqulov
11 fevral 2022, 10:50

65% aholi oliy ta’limga ishonmaydi degan so‘rov natijalarini o‘qiganmiz — Abduqodir Toshqulov

Oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov aholining 65 foizi oliy ta’limga haliyam ishonmasligi haqida so‘rovlarni ko‘rganligini ta’kidladi. Vazir sohada korrupsiya kamaygan bo‘lsa-da, tizim atrofida firibgarlar ko‘payganligini qayd etdi. «Xalq, rahbariyat oliy ta’limning „yuvelir“ darajada toza bo‘lishini xohlaydi», — dedi u.

Kovidning kunlik statistikasi 625 tagacha kamaydi
11 fevral 2022, 10:20

Kovidning kunlik statistikasi 625 tagacha kamaydi

Payshanba kuni 625 kishining koronavirusga topshirgan test tahlilida musbat natija qayd etildi, bu bir kun oldingi ko‘rsatkichga qaraganda 67 taga kam. Qolaversa, kun davomida 103 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. Virus asoratlari oqibatida 2 kishi vafot etdi.

Maktablarda ona tili darsliklari turli grammatik qoidalardan imkon qadar tozalanadi — Respublika ta’lim markazi
11 fevral 2022, 09:33

Maktablarda ona tili darsliklari turli grammatik qoidalardan imkon qadar tozalanadi — Respublika ta’lim markazi

Maktablarda ona tili darsliklari turli grammatik qoidalardan imkon qadar tozalanadi, deb xabar berdi Respublika ta’lim markazi. Qolaversa, bundan keyin «o‘timli va o‘timsiz fe’llar», «vositali-vositasiz to‘ldiruvchilar», «fe’l kesim va ot kesim», «sifatlovchi-sifatlanmish» va shu kabi mavzular ona tili darsliklaridan chiqarib tashlanadi. Shunga muvofiq, kelgusida DTM testlarining baholash mezonlari ham o‘zgaradi.

«Kerak bo‘lsa yig‘laysizlar». O‘qituvchilar uzr so‘ragan yig‘ilish tafsilotlari
10 fevral 2022, 23:33

«Kerak bo‘lsa yig‘laysizlar». O‘qituvchilar uzr so‘ragan yig‘ilish tafsilotlari

Andijon viloyatining Marhamat tumanida ota-onalardan kechirim so‘rashga majbur qilingan o‘qituvchilar yig‘ilish tafsilotlarini so‘zlab berdi. Ularning aytishicha, ota-onalar bilan uchrashuv ssenariy asosida o‘tgan, bunda ular sahnaga chiqib, o‘z fanlarini yomon o‘rgatganliklari uchun uzr so‘rashlari kerak edi. «Kerak bo‘lsa yig‘lashimizni aytishdi», — deydi pedagoglardan biri.

10 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
10 fevral 2022, 22:16

10 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Samarqandga tashrif buyurgan Shavkat Mirziyoyev, martda ochiladigan Samarqand xalqaro aeroporti, Behzod Musayevga yuborilgan parlament so‘rovi, Toshkentga tramvayni qaytishi, 1−2-sinflar uchun «Ona tili va o‘qish savodxonligi» fanidan uyga vazifa berish bekor qilinishi, Samarqandda 10 nafar amaldorni ishdan bo‘shatgan prezident va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 10 fevraldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Akademik Edvard Rtveladze olamdan o‘tdi
10 fevral 2022, 19:52

Akademik Edvard Rtveladze olamdan o‘tdi

Akademik, arxeolog-olim, tarix fanlari doktori, professor Edvard Rtveladze 80 yoshida olamdan o‘tdi. Rtveladze Markaziy Osiyo mintaqasi tarixi va madaniyatining ulkan qatlamlarini o‘rgangan, Oks Aleksandriyasi shahrini topgan.

Sentabrdan 1−2-sinflarga “Ona tili va o‘qish savodxonligi” fanidan uyga vazifa berilmaydi
10 fevral 2022, 19:02

Sentabrdan 1−2-sinflarga “Ona tili va o‘qish savodxonligi” fanidan uyga vazifa berilmaydi

2022−2023-o‘quv yilidan 1−2-sinf o‘quvchilari uchun “Ona tili va o‘qish savodxonligi” fanidan uyga vazifa berish va baholash bekor qilinadi. Qolaversa, ushbu darslikdan yillik bahoni choraklik baholar asosida qo‘yish amaliyoti tugatiladi. Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga tez o‘qish talabi qo‘yilmaydi. Respublika ta’lim markazi axborot xizmati rahbari Mohira Nurullayeva yangi tartiblar bo‘yicha tushuntirish berdi.

Behzod Musayevga pandemiya uchun ajratilgan mablag‘lar sarflanishi yuzasidan parlament so‘rovi yuborildi
10 fevral 2022, 17:24

Behzod Musayevga pandemiya uchun ajratilgan mablag‘lar sarflanishi yuzasidan parlament so‘rovi yuborildi

2021 yilda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va vaksina sotib olish uchun davlat budjetidan jami 4,2 trln so‘m mablag‘ ajratilgan. SSV 2021 yilning birinchi yarim yilligidagi mablag‘lar nimaga sarflanganini ochiqlamagan. Vazirlar Mahkamasi va Moliya vazirligi hisobotlarida ham bu ma’lumotlar o‘z aksini topmagan. Shundan kelib chiqib, Qonunchilik palatasi sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayevga parlament so‘rovi yubordi.

Samarqanddagi ko‘zi ojizlar internatining to‘rt o‘quvchisi OTMlarga imtihonsiz qabul qilinadi — prezident
10 fevral 2022, 16:17

Samarqanddagi ko‘zi ojizlar internatining to‘rt o‘quvchisi OTMlarga imtihonsiz qabul qilinadi — prezident

Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi 59-son ko‘zi ojizlar maktab-internatining to‘rt o‘quvchisi OTMlarga imtihonsiz qabul qilinishini ta’kidladi. O‘qituvchilar nogironligi bo‘lgan shaxslarning pensiyasini qayta hisoblash muddatini yoshartirish hamda 2009 yildan buyon yangilanmayotgan brayl yozuvidagi ayrim o‘quv darsliklarini qayta ishlash zarurligini aytdi. Prezident esa ushbu masalalar hal etilishini ma’lum qildi.

Toshkentda ko‘p qavatli uylar qurilishi qanday o‘zgardi?
10 fevral 2022, 15:08

Toshkentda ko‘p qavatli uylar qurilishi qanday o‘zgardi?

Toshkentda ko‘p qavatli uylarning aksariyati — 632 tasi 1966 yil — kuchli zilzila sodir bo‘lgan yilda qurilgan. Uylarning aksariyati ikki qavatli, ko‘pi yog‘ochdan qurilgan. Keyingi cho‘qqi 2019 yilga to‘g‘ri keldi — shaharda 463 ta uy paydo bo‘ldi, ular asosan yetti qavatli bo‘lib, g‘ishtdan qurilgan. Hokimlikning Raqamli rivojlanish departamenti shahardagi 100 yillik qurilishlarga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.

11−12 fevral kunlari ayrim hududlarda chang-to‘zon kuzatiladi — O‘zgidromet
10 fevral 2022, 14:48

11−12 fevral kunlari ayrim hududlarda chang-to‘zon kuzatiladi — O‘zgidromet

O‘zgidromet 11−12 fevral kunlari O‘zbekistonning aksariyat hududlarida shamol sekundiga 17−22 metrgacha kuchayib, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishini ma’lum qildi.

«Toshkentga tramvayni qaytarmoqchimiz» — Shavkat Mirziyoyev
10 fevral 2022, 14:18

«Toshkentga tramvayni qaytarmoqchimiz» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentga tramvay qaytarilishini ma’lum qildi. Davlat rahbari tramvay bo‘yicha fuqarolardan ko‘plab xatlar va murojaatlar kelayotganligini ta’kidlagan.

Toshkentda harakatlanish tezligi 60 km/soatgacha pasaytiriladi — prezident
10 fevral 2022, 14:18

Toshkentda harakatlanish tezligi 60 km/soatgacha pasaytiriladi — prezident

Prezident Toshkentda avtomobil harakati tezligi 60 km/soatgacha pasaytirilishi kutilayotganini ma’lum qildi.

Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini olish yoshi 23 yoshgacha uzaytirildi
10 fevral 2022, 12:34 24

Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini olish yoshi 23 yoshgacha uzaytirildi

Qonunchilikka kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, endi o‘quvchilar va talabalar o‘qishi davomida 23 yoshgacha boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini olishi mumkin (ilgari 18 yoshgacha bo‘lgan). Qolaversa, bolani parvarishlash ta’tilining ish stajiga qo‘shiladigan davri 6 yil etib belgilandi (ilgari 3 yil edi).

Dori vositalarini mashhurlar va tibbiyot xodimlari reklama qilishi taqiqlanishi kutilmoqda
10 fevral 2022, 12:21

Dori vositalarini mashhurlar va tibbiyot xodimlari reklama qilishi taqiqlanishi kutilmoqda

Yangi tahrirdagi «Reklama to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq, dori vositalarini taniqli shaxslar va tibbiyot xodimlari reklama qilishi, qolaversa, olimlarning tavsiyalari, alohida shaxslarning minnatdorchiligi, dori ta’siri haqida fikrlaridan foydalanish taqiqlanishi kutilmoqda. Shuningdek, telekanallarda 10 daqiqadan kam bo‘lgan ko‘rsatuvlar orasida reklama berishga yo‘l qo‘yilmasligi mumkin. Hujjat senatorlar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Toshkentdagi eski shaharda 2 ta art-rezidensiya yaratiladi
10 fevral 2022, 11:53

Toshkentdagi eski shaharda 2 ta art-rezidensiya yaratiladi

Toshkentdagi eski shaharda joylangan «Matkarimboy» madrasasi va «Hast Imom» mahallasidagi sobiq bolalar bog‘chasi binosida art-rezidensiyalar tashkil etiladi. Loyihani Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Alisher Usmonov nomidagi jamg‘arma ko‘magida amalga oshirmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting