Qarshi shahrida ijarada yashovchi qiz hammomda is gazining ko‘payib ketishi oqibatida zaharlanib, vafot etdi. Shahar prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv harakatlarini boshladi. 17 yoshli qiz noyabrda is gazi sabab vafot etganlarning oltinchisi bo‘ldi.
Toshkent shahar transport boshqarmasi birinchi pullik avtoturargohlarni joylashtirish bo‘yicha rejalarini e’lon qildi. 10 ta markaziy ko‘chada 57 ta parkomat o‘rnatgan holda 2251 ta to‘xtash joyi tashkil etiladi. Shuningdek, 2 ta evakuator va 2 ta qoidalarni nazorat qiluvchi elektron tizim (parkon) xarid qilinadi.
UZDIGITAL TV Setanta 1 va Setanta 2 telekanallarini efirga uzatish huquqiga ega bo‘ldi. Endi sport muxlislari yirik futbol ligalari va boshqa musobaqalarni HD sifatida tomosha qilishlari mumkin.
Toshkent shahridagi xususiy maktablarning birida o‘qituvchi o‘quvchining qo‘lini qayirib, qulog‘idan tortdi. Poytaxt IIBB holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilayotganini ma’lum qildi. XTV matbuot kotibi bolalarni hech qachon va hech qanday holatda kaltaklash mumkin emasligini ta’kidladi.
Toshkent ko‘chalarini salkam 140 mingta chiroq yoritadi, bir oyda 29,5 mln kVt soat yoki 13 mlrd 279 mln so‘mlik elektr energiyasi sarflanadi. Tungi vaqtlarda chiroqlarni o‘chirib qo‘yish orqali 25% elektr energiyasi tejalmoqda, deya qayd etdi «Toshshaharnur» DUK. Bu 4400 ta xonadonning bir oylik iste’moliga teng.
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida mast erkak shar’iy nikohida bo‘lgan xotinini «nega meni haqorat qilasan», deya kaltakladi. Oqibatda ayol olgan tan jarohati bilan voqea joyida vafot etdi.
Urganch xalqaro aeroporti quyuq tuman va ko‘rish masofasi 300 metrdan kam bo‘lganligi sababli 3 ta aviareysni qabul qila olmadi. Moskva — Urganch yo‘lovchi reyslari Navoiy va Buxorodagi muqobil aeroportlarga yo‘naltirildi.
Namangan viloyatida Malibu va VAZ 2101 mashinalari to‘qnashdi. Oqibatda VAZ 2101 haydovchisi shifoxonada vafot etdi.
Tarmoqlarda Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi mahalla raisi qimorxona ochgani aytilgan xabar tarqaldi. Viloyat mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi rais vakolati muddatidan oldin tugatilganini ma’lum qildi.
Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov Germaniya turistik assotsiatsiyasi prezidenti Norbert Fiyebig bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda Germaniyadan Samarqandga to‘g‘ridan-to‘g‘ri charter reyslar yo‘lga qo‘yish borasida muzokaralar olib borildi.
Parkent tumanida qizlar yigit talashib janjallashgani aytilmoqda. Toshkent viloyati IIBB holat yozda sodir bo‘lgani va ariza kelib tushmaganini ma’lum qildi. Videoda huquqbuzarlik alomatlari bo‘lgani tufayli ma’muriy bayonnoma tuzilib, qonuniy chora ko‘rish maqsadida JIB Parkent tumani sudiga yuborildi.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti va Rosatomning «TVEL» kompaniyasi o‘rtasida institut hududida joylashgan binolardan biri va past aktivli chiqindilarni saqlash omborxonasini ni ekspluatatsiyadan chiqarishda hamkorlik qilish to‘g‘risida shartnoma imzolandi.
Fransiyaga kelgan Shavkat Mirziyoyev, o‘zi va 3 bolasini suvga tashlaganiga qamoqqa olingan ayol, Qozog‘istonning yangi prezidentini «ishonchli g‘alaba» bilan tabriklagan Mirziyoyev, Surxondaryodagi yo‘lto‘sarlar, «Ayollar daftari»dagi boshpanasizlarga ijtimoiy uy berilishi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti 4 ta holatda jami 7,2 mlrd so‘m kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan shaxslarni qo‘lga oldi. Kreditlarning asosiy qismi chorvachilik, parrandachilik bilan shug‘ullanish uchun olingan. Hozirda gumondorlarga nisbatan tegishli moddalar bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Toshkentning Shifokorlar ko‘chasida Onkologiya markazining yangi birlashgan kompleksi barpo etilmoqda. Unda Onkologiya markazi, uning Toshkent shahar va Toshkent viloyati filiali joylashtiriladi. Bo‘shagan 3 ta bino sotuvga qo‘yildi.
Poytaxtning Mirobod, Mirzo Ulug‘bek, Uchtepa, Chilonzor, Yakkasaroy va Yashnobod tuman hokimliklari qoshidagi «Ayollar daftari» jamg‘armasi hisobidan 29 ta xonadon sotib olindi. Xonadonlar boshpanasiz, og‘ir turmush sharoitidagi xotin-qizlarga ijtimoiy uy sifatida beriladi.
Kompaniya Pure Milky shaxsiy fermalar, korxonadagi texnologik jarayonlar va allaqachon ko‘pchilikning cyevimli bo‘lishga ulgurgan mahsulotlari to‘g‘risida iste’molchilarni qiziqtirayotgan savollarga javob berdi.
Seshanba kunidan boshlab ish haftasining oxirigacha O‘zbekistonga Eron hududlaridan quruq va iliq havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda. Harorat +15…+20 daraja atrofida bo‘lib, ba’zi joylarda esa +23 darajagacha ko‘tariladi. Respublika bo‘ylab ayrim hududlarda tuman tushishi mumkin.
Samarqand tumanida qaynonasi bilan kelisholmay, o‘zi va 3 bolasini «Darg‘om» kanaliga tashlagan 26 yosh ayolning farzandi murdasi oradan 10 kun o‘tib kanal qirg‘og‘idan topildi. Ayol va uning ikki bolasi voqea vaqtida suvdan chiqarib olingan edi. Hozirda onaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olingan.
Senatorlar tomonidan «Davlat boji to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, mol-mulkni ijaraga berish, qarz shartnomalarini tasdiqlash, avtomobilni boshqarish uchun ishonchnoma olishda to‘lanadigan davlat boji miqdori kamaytiriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting