O‘zbekiston Davlat bayrog‘i qabul qilingan kuni munosabati bilan tashkil etilgan Yangi Nafas sport tadbirida mamlakatning 15 shahridan 50 mingdan ortiq kishi ishtirok etdi.
Toshkent vaqti bilan 13:01 Qirg‘izistonda zilzila qayd etildi. Uning kuchi Andijon viloyatining Xo‘jaobod, Buloqboshi va Jalaquduq tumanlarida sezildi.
Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura xodimlari tomonidan qalbaki 8300 dollar muomalaga chiqarilishining oldi olindi.
Andijon shahridagi 50-maktab stadioni o‘rnida ko‘p qavatli turar-joy binosi qurilmoqda. Yozda hibsga olingan shahar hokimining yer ajratish haqidagi tegishli qarori soxta bo‘lib chiqdi.
Metro bekatlari yaqinidagi veloturargohlar xavfli degan qarashlar bor. Bekatlarda velosipedlarini qoldirib, o‘z manziliga metroda yetib oluvchilarning turargohlar haqidagi fikrlari — «Gazeta.uz» muxbiri Madina A’zam fotoreportajida.
Buxoro — Samarqand — Toshkent yo‘nalishida harakatlangan Afrosiyob poyezdi 18 bosh qo‘yni urib yubordi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlandi. Hozirda qo‘ylarning egasi hamda yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
O‘zbekistonga chorshanba kuni Volga bo‘yidan sovuq havo massalari kirib keladi. Ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi hududlarda qorga aylanishi mumkin. Kechasi harorat -2 daraja, kunduzi +10 daraja atrofida bo‘ladi. 14−18 noyabr kunlari tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqinlari kuzatilishi mumkin.
Davlat OTMlarining magistraturasida qo‘shimcha to‘lov asosida o‘qish imkoniyati yaratildi. Qolaversa, qishki qabulda xorijiy tilni bilish darajasidan qat’i nazar sertifikati borlar hujjat topshirishi mumkin bo‘ladi.
14 noyabr kuni Farg‘ona xalqaro aeroportida noqulay ob-havo sharoiti tufayli rejalashtirilgan bir qator parvozlar majburiy kechiktirildi.
Qo‘shko‘pir tumanida imom masjid qurilishi uchun yig‘ilgan 40 mln so‘mni o‘zlashtirgani aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Dushanba kuni soat 03:07 da Tojikistonda 3,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Epitsentri Toshkentdan 149 km uzoqliqda bo‘lgan yer qimirlashi Bekobod, Shirin, Yangiyer va Guliston shaharlarida sezildi.
1 AQSh dollarining rasmiy kursi 11 206,90 so‘m etib belgilandi. Tijorat banklari ham dollarning sotish va sotib olish bo‘yicha yangi qiymatini e’lon qildi.
Sobiq «Ummon» guruhining xonandasi Jasur Rafiqov vafot etdi. U bir necha yillardan buyon saraton kasalligi bilan kurashib kelgani aytilmoqda.
14 noyabr kuni Toshkentning uchta tumanidagi ayrim massiv va ko‘chalar aholisi vaqtincha issiqlik ta’minotisiz qoladi. Veolia Energy Tashkent buni magistral quvurda rejadan tashqari ishlar olib borilishi bilan izohladi. Joylarda issiq suv ta’minoti saqlanib qoladi.
Qo‘qon shahar IIB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida 14 yoshli o‘smirning vafoti bo‘yicha IIV xizmat tekshiruvi yakunlandi. Unga ko‘ra, markaz direktori lavozimidan ozod etildi, 3 nafar xodimga «hayfsan» intizomiy jazosi tayinlandi.
«Amirsoy» dam olish maskanida dor yo‘li elektr energiyasi o‘chishi oqibatida to‘xtab qoldi. Energetika vazirligi holatga izoh berib, uzilishga yo‘lning elektr qurilmasida yuzaga kelgan nosozlik sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Hozirda dor yo‘li faoliyati qayta tiklangan.
Xiva shahar hokimi Temur Davletov «mas’uliyatsizligi va o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishdagi kamchiliklari» uchun o‘rtacha oylik ish haqining 20 foizi miqdorida jarimaga tortildi. U qariyb 2 yil avval mazkur lavozimga tayinlangan edi.
Surxondaryo viloyatida 26 ta maktabning chekka hududlardagi ta’mirtalab filiallari faoliyati tugatildi. Ularda ta’lim olayotgan o‘quvchilarning asosiy maktablarga qatnashlari uchun 26 dona Damas avtomobili ajratildi.
Mirobod hokimi «Moviy gumbazlar»dagi kitob rastalari sotuvchilarini qabul qilib, ular masalasini o‘rganishga va’da berdi. Sotuvchilar bu joy kimoshdi savdosiga qo‘yish rejasidan xabar topib, prezidentga murojaat qilishdi. Rastalar qariyb 30 yildan beri mavjud bo‘lib, poytaxtning o‘ziga xos ramziga aylangan.
Andijon viloyatida 12 noyabr kuni epitsentri Jalaquduq tumani bo‘lgan zilzila sodir bo‘ldi. Yer qimirlashining magnitudasi 3 ballni tashkil etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting